Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Benin

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 241–244-b. — ziyouz.com

    Benin (Benin). Benin Respublika s i (Republique du Benin) (1975 y.gaça Dagomeya) — Ğarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qöltiği sohilida joylaşgan. Ma'muriy jihatdan 6 viloyatga bölinadi. Mayd. 112,6 ming km2. Aholisi 5,5 mln. kişi (1996). Poytaxti PortoNovo ş. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu ş.da).

    Davlat tuzumi. B. — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990 y.da qabul qilingan. Davlat boşliği — prezident, u 5 y. muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanişi mumkin. Qonun çiqaruvçi hokimiyat — bir palatali parlament — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident boşçiligidagi hukumat amalga oşiradi.

    Tabiati. B. qirğoklari kam parçalangan. Sohil böyida dengizdan ajralib hosil bölgan bir qança sayoz köllar bor. B. maydonining köp qismi—500 m balandlnkkaça bölgan plato. Eng baland joyi—635 m (şim. ğarbdagi Atakora tizmasida). Jan.da kengligi 50—100 km bölgan soqil böyi payettekisligi bor. Ma'dan boyliklari yaxşi örganilmagan. Neft, temir rudasi. oltin, olmos konlari bor. Iqlimi — ekvatorial iqlim. Yanv.da örtaça harorat 24°, iyulda 30°. Yiliga 1000—2000 mm yogin yoğadi. Asosiy daryosi — Veme, quyi oqimi kema qatnoviga yaroqli. Qizğiş laterit tuproqlar köp. Ösimliklari asosan baland böili ötlar ösadigan savannalardan, sohnl böyi doimiy yaşil sernam tropik örmonlardan iborat bölib, u mamlakat hududiiing 20% ni egallaydi. Savannalarda karkidon, qoplon, sirtlon va b.lar bor.

    Aholisi. B.da asosan fon, maxe, aja, ivi, aizo, filopi. fulbe, so.mba, bariba kabi etnik guruhdagi xalqiar yaşaG1di. Asosiy etnik guruh fon yoki dayo meyanlar bölib, ular barça aholining 25% ni taşkil qiladi va mamlakat jan. da yaşaydi. Şaharlarda yevropaliklar (asosan, fransuzlar), suriyaliklar, livanliklar va b.lar uçraydi. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining 70% mahalliy an'anaviy dinlarga e'tiqod qiladi; 15% xristianlar, 13% musulmonlar. Eng katta şaharlari — Kotonu, PortoNovo, Abomey.

    Tarixi. Poytaxti A6o.vieii bölgan Dagomeya qirolligi 17-a.dan 19-a. boşlarigaça Şim. Beninda hukm surdi va yevropaliklar b-n qul savdosi tufayli katta daromad olib turdi. 1851 y.da fransuzlar qirollik b-n savdo şartnomasi tuzdilar va astasekin Dagomeya ustidan nazorat örnatdplar. 1890—93 y.larda Fransiya bu hududni bosib oldi. 1904 y.da Dagomeya Fransiya Ğarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Mamlakat aholisining mustamlakaçilarga qarşi doimiy kuraşi natijasida u 1958 y.da Fransiya Hamjamiyati tarkibida muxtoriyatga ega böldi. 1960 y.da töliq mustaqillikka erişdi va Dagomeya Respublikasi deb nomlandi.

    Mamlakatda etnik guruhlarning köpligi haddan taşqari siyosiy beqarorlikka olib keldi, natijada fuqaro va harbiy hokimiyatlar tez-tez almaşinib turdi. 1970 y.dagi saylov natijasida mamlakat şim. va jan. vakillaridan iborat prezidentlik kengaşi saylandi. Biroq, 1972 y.dagi harbiy töntariş natijasida inqilobiy harbiy kengaş tuzildi. Bu kengaş marksizmleninizm mafkurasiga amal qilib, sotsialistik yöldan borişini e'lon qildi. 1975 y.da mamlakat B. Xalq Respublikasi deb atala boşladi. 1977 i. konstitutsiyasiga binoan 1979 y.da Inqilobiy harbiy kengaş tarqatib yuborildi va saylov ötkazildi. Mamlakat 1990 y.dan boşlab B. Respublikasi deb ataladigan böldi. 1996 y.da köp partiyalilik asosida prezident saylandi. B. 1960 y.dan — BMT a'zosi. 1992 i. 14 yanv.da ÖzRning suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami—1 avg.—Mustaqillik e'lon qilingan kun (1960).

    Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. «Beninning uyğonişi» partiyasi (1990), Demokratiya va taraqqist uçun milliy ittifoq partiyasi, «Umumiy işimiz» partiyasi, Demokratik yangilaniş partiyasi (1990), Sotsialdemokratik partiya. Demokratiya va milliy birdamlik uçun ittifoq partiyasi, Yangilaniş va rivojlaniş uçun xarakat jabhasi partiyasi (1990). Kasaba uyuşmalari: B. mehnatkaşlari kasaba uyuşmalari milliy birlaşmasi, Mustaqil kasaba uyuşmalari markazi.

    Xöjaligi. B. — agrar mamlakat. Q. x. paxta yetiştirişga ixtisoslaşgan (yiliga 70 ming t). Palma yoş, tamaki, makkajöxori, şoli, tariq, yams, yer yongoq, dukkaklilar, banan, mango yetiştiriladi. Yaylov çorvaçiligi yaxşi rivojlangan: qoramol, qöy va eçki hamda parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Örmonlarida qimmatbaho yoğoç tayyorlanadi.

    Sanoati zaif. uning yalpi milliy mahsulotdagi uluşi 9% ga ham yetmaydi. Mamlakatda asosan q. x. xom aşyosini qayta işlaydigan korxonalar bor. Pobe, Kotonu va b. şaharlarda palma yoği z-dlari, PortoNovo va Kotonu yaqinida sovun z-dlari, şuningdek turli joylarda paxta tozalaş z-dlari, töqimaçilik fkalari, çet ellarda tayyorlangan det&tlardan avtomobil yiğiş korxonalari, sement va elektr lampa z-dlari, binokorlik materiallari korxonasi bor. 45 mln. kVts elektr energiyasi işlab çiqaradi. Hunarmandçilik rivoj topgan. Asosiy sanoat markazlari — Kotonu, PortoNovo, Paraku. T. y.lar (uz. 578 km), avtomobil yöllari (uz. 8,4 ming km), jumladan qaggiq qoplamali yöllar mavjud. Kotonuda dengiz porti va xalqaro aeroport bor. B.dan çetga paxta, palma yoği, tamaki çiqariladi. Çetdan turli maşina va asbobuskunalar, keng iste'mol mollari, oziq-ovqat, töqimaçilik va neft mahsulotlari keltiriladi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, AQŞ, Germaniya. Pul birligi — Afrika franki.

    Maorifi. 1972 y. B.da majburiy bepul boşlanğiç ta'lim joriy etildi. Oliy ta'limni Kotonu un-ti (1970 y. taşkil etilgan) va çet ellarda oladilar. Bir qança i. t. institutlari, PortoNovoda Milliy kutubxona, Kotonuda unt kutubxonasi va muzey, Abomeyda tarixiy muzey bor.

    Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. «BeninPress enformason» — Benin press agentligining haftalik byulleteni, «Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Benin» jur., «Krua dyu Benin», «Gazet dyu Golf», «Nason» («Millat»), «Travayer» («Mehnatkaş») gaz.lari naşr etiladi. Beninpress hukumat axborot agentligi (1973 y.dan), B. radioeşittiriş va tslekörsatuv hukumat boşqarmasi (1975 y.dan) mavjud.

    Adabiyoti. B.da yaşovçi xalklar boy va rangbarang ogzaki ijod namunalarini yaratganlar. Fon xalqlarining oğzaki ijodiyoti birmunça yaxşi örganilgan. Unda ertaklar, maqol va matallar b-n bir qatorda B. davlati tarixini aks ettiruvçi afsonalar katta örin oladi. Zamonaviy adabiyot fransuz tilida 20-a. 30-y.larida şakllandi. P. Xazumening «Dogisimi» tarixiy romani (1937, Fransiya akademiyasining mukofoti), M. Kenumning «Mamlakatdagi vaziyat» (1938), «Uç afrika afsonasi» va b. asarlari yaratildi. Milliyozodlik harakati yillarida A. Tevoyojrning «Dargazab Afrika» (1958), O. BeliKenumning «Abadiy tuzoq» (1960), P. Joakinning «Negr hikoya qiladi» (1954) töplami va b. asarlar yaratildi. Mustaqillikka erişilgandan sönggi davrda şe'riyat yetakçi örin oddi. P. Joakin, R. Xazume («Afrika gullari» şe'riy töplami, 1966) şuhrat qozondi. R. Dogbening «Mono suvlari» (1963), «Mahkumlar qirğoği» (1964) asarlarida vatanparvarlik, insoniylik, uruşga nafrat goyalari kalamga olingan. Dramaturgiya rivojlana boşladi. J. Pliyning «KondoAkula» tarixiy dramasi (1966) fransuz mustamlakaçilariga qarşi kuraşga bağişlapgan. Ijtimoiy illatlar (poraxörlik, töraçilik)ni foş etuvçi «Şaxsiy kotiba» komediyasi (1973)da Ğarbiy Afrika dramaturgiyasi uçun yangi «işlab çiqariş» mojarosi tasvirlangan. Axloqiydiniy masalalariga oid «Baxtning qölga kiritilişi» essesi (1982), «Oşiq şimpanze» hikoyalar töplami (1977) ham uning qalamiga mansub. 1980 y.da Benin şe'riyati antalogiyasi naşr etildi.

    Me'morligi, tasviriy san'ati, teatri. B.dagi turar joylar töğri burçakli yoki doira şaklida guvaladan qurilgan, tomi poxol yoki xaşak b-n böğotli qilib yopilgan. Saroy va ibodatxonalar ham şu tarzda, ammo kattaroq qilib qurilgan. Qişloq va şaharçalardagi imoratlar tartibsiz joylaşgan. Keyingi ön yilliklarda B. poytaxti — PortoNovoda yangi kökalamzor şoh köçalar barpo etildi, ayrim jamoat binolari, 1 va 2 qavatli turar joylar qurildi. Ularni qurişda an'anaviy me'moriy şakllardan, naqşlar va yoğoç haykallardan foydalanilgan. Boy va öziga xos badiiy hunarmandçilik qadimdan yuksak darajada bölgan: kulolçilik, quyuvçilik, yoğoç öymakorligi, fil suyagidan turli buyumlar yasaş, kaştaçilik, matoga naqş va gul soliş san'ati azaldan rivojlangan. Mum modellarga bronza va kumuşdan odamlar hamda jonivorlarning tasvirlari, ov manzaralariöi tuşiriş rasm bölgan. B. teatr san'atiga liniy urfodatlar va rasmrusumlar, imoişoralar (paitomimalar) va ş. k. asos bölgan. 20-a. da sşlarning tögaraklari pyesalarni saqnalaştira boşladi. Drama va opera teatrlari taşkil etildi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕНИН (Benin). Бенин Республика с и (Republique du Benin) (1975 й.гача Дагомея) — Ғарбий Африкадаги давлат. Атлантика океанининг Гвинея қўлтиғи соҳилида жойлашган. Маъмурий жиҳатдан 6 вилоятга бўлинади. Майд. 112,6 минг км2. Аҳолиси 5,5 млн. киши (1996). Пойтахти ПортоНово ш. (президент ва ҳукумат қароргоҳи Котону ш.да).

    Давлат тузуми. Б. — республика. Амалдаги конституция 1990 й.да қабул қилинган. Давлат бошлиғи — президент, у 5 й. муддатга сайланади, яна бир муддатга қайта сайланиши мумкин. Қонун чиқарувчи ҳокимият — бир палатали парламент — Миллат мажлиси. Ижроия ҳокимиятни президент бошчилигидаги ҳукумат амалга оширади.

    Табиати. Б. қирғоклари кам парчаланган. Соҳил бўйида денгиздан ажралиб ҳосил бўлган бир қанча саёз кўллар бор. Б. майдонининг кўп қисми—500 м баландлнккача бўлган плато. Энг баланд жойи—635 м (шим. ғарбдаги Атакора тизмасида). Жан.да кенглиги 50—100 км бўлган соқил бўйи паеттекислиги бор. Маъдан бойликлари яхши ўрганилмаган. Нефть, темир рудаси. олтин, олмос конлари бор. Иқлими — экваториал иқлим. Янв.да ўртача ҳарорат 24°, июлда 30°. Йилига 1000—2000 мм ёгин ёғади. Асосий дарёси — Веме, қуйи оқими кема қатновига яроқли. Қизғиш латерит тупроқлар кўп. Ўсимликлари асосан баланд бўили ўтлар ўсадиган саванналардан, соҳнл бўйи доимий яшил сернам тропик ўрмонлардан иборат бўлиб, у мамлакат ҳудудииинг 20% ни эгаллайди. Саванналарда каркидон, қоплон, сиртлон ва б.лар бор.

    Аҳолиси. Б.да асосан фон, махе, ажа, иви, аизо, филопи. фульбе, со.мба, бариба каби этник гуруҳдаги халқиар яшаГ1ди. Асосий этник гуруҳ фон ёки дайо мейанлар бўлиб, улар барча аҳолининг 25% ни ташкил қилади ва мамлакат жан. да яшайди. Шаҳарларда европаликлар (асосан, французлар), сурияликлар, ливанликлар ва б.лар учрайди. Расмий тили — француз тили. Аҳолининг 70% маҳаллий анъанавий динларга эътиқод қилади; 15% христианлар, 13% мусулмонлар. Энг катта шаҳарлари — Котону, ПортоНово, Абомей.

    Тарихи. Пойтахти A6o.vieii бўлган Дагомея қироллиги 17-а.дан 19-а. бошларигача Шим. Бенинда ҳукм сурди ва европаликлар б-н қул савдоси туфайли катта даромад олиб турди. 1851 й.да французлар қироллик б-н савдо шартномаси туздилар ва астасекин Дагомея устидан назорат ўрнатдплар. 1890—93 й.ларда Франция бу ҳудудни босиб олди. 1904 й.да Дагомея Франция Ғарбий Африкаси таркибига киритилди. Мамлакат аҳолисининг мустамлакачиларга қарши доимий кураши натижасида у 1958 й.да Франция Ҳамжамияти таркибида мухториятга эга бўлди. 1960 й.да тўлиқ мустақилликка эришди ва Дагомея Республикаси деб номланди.

    Мамлакатда этник гуруҳларнинг кўплиги ҳаддан ташқари сиёсий беқарорликка олиб келди, натижада фуқаро ва ҳарбий ҳокимиятлар тез-тез алмашиниб турди. 1970 й.даги сайлов натижасида мамлакат шим. ва жан. вакилларидан иборат президентлик кенгаши сайланди. Бироқ, 1972 й.даги ҳарбий тўнтариш натижасида инқилобий ҳарбий кенгаш тузилди. Бу кенгаш марксизмленинизм мафкурасига амал қилиб, социалистик йўлдан боришини эълон қилди. 1975 й.да мамлакат Б. Халқ Республикаси деб атала бошлади. 1977 и. конституциясига биноан 1979 й.да Инқилобий ҳарбий кенгаш тарқатиб юборилди ва сайлов ўтказилди. Мамлакат 1990 й.дан бошлаб Б. Республикаси деб аталадиган бўлди. 1996 й.да кўп партиялилик асосида президент сайланди. Б. 1960 й.дан — БМТ аъзоси. 1992 и. 14 янв.да ЎзРнинг суверенитетини тан олган. Миллий байрами—1 авг.—Мустақиллик эълон қилинган кун (1960).

    Сиёсий партиялари, касаба уюшмалари. «Бениннинг уйғониши» партияси (1990), Демократия ва тараққист учун миллий иттифоқ партияси, «Умумий ишимиз» партияси, Демократик янгиланиш партияси (1990), Социалдемократик партия. Демократия ва миллий бирдамлик учун иттифоқ партияси, Янгиланиш ва ривожланиш учун харакат жабҳаси партияси (1990). Касаба уюшмалари: Б. меҳнаткашлари касаба уюшмалари миллий бирлашмаси, Мустақил касаба уюшмалари маркази.

    Хўжалиги. Б. — аграр мамлакат. Қ. х. пахта етиштиришга ихтисослашган (йилига 70 минг т). Пальма ёш, тамаки, маккажўхори, шоли, тариқ, ямс, ер ёнгоқ, дуккаклилар, банан, манго етиштирилади. Яйлов чорвачилиги яхши ривожланган: қорамол, қўй ва эчки ҳамда парранда боқилади. Балиқ овланади. Ўрмонларида қимматбаҳо ёғоч тайёрланади.

    Саноати заиф. унинг ялпи миллий маҳсулотдаги улуши 9% га ҳам етмайди. Мамлакатда асосан қ. х. хом ашёсини қайта ишлайдиган корхоналар бор. Побе, Котону ва б. шаҳарларда пальма ёғи з-длари, ПортоНово ва Котону яқинида совун з-длари, шунингдек турли жойларда пахта тозалаш з-длари, тўқимачилик фкалари, чет элларда тайёрланган дет&тлардан автомобиль йиғиш корхоналари, цемент ва электр лампа з-длари, бинокорлик материаллари корхонаси бор. 45 млн. кВтс электр энергияси ишлаб чиқаради. Ҳунармандчилик ривож топган. Асосий саноат марказлари — Котону, ПортоНово, Параку. Т. й.лар (уз. 578 км), автомобиль йўллари (уз. 8,4 минг км), жумладан қаггиқ қопламали йўллар мавжуд. Котонуда денгиз порти ва халқаро аэропорт бор. Б.дан четга пахта, пальма ёғи, тамаки чиқарилади. Четдан турли машина ва асбобускуналар, кенг истеъмол моллари, озиқ-овқат, тўқимачилик ва нефть маҳсулотлари келтирилади. Ташқи савдодаги асосий мижозлари: Франция, АҚШ, Германия. Пул бирлиги — Африка франки.

    Маорифи. 1972 й. Б.да мажбурий бепул бошланғич таълим жорий этилди. Олий таълимни Котону ун-ти (1970 й. ташкил этилган) ва чет элларда оладилар. Бир қанча и. т. институтлари, ПортоНовода Миллий кутубхона, Котонуда унт кутубхонаси ва музей, Абомейда тарихий музей бор.

    Матбуоти, радиоэшиттириши, телекўрсатуви. «БенинПресс энформасьон» — Бенин пресс агентлигининг ҳафталик бюллетени, «Журнал офисьел де ла Репюблик дю Бенин» жур., «Круа дю Бенин», «Газет дю Гольф», «Насьон» («Миллат»), «Травайер» («Меҳнаткаш») газ.лари нашр этилади. Бенинпресс ҳукумат ахборот агентлиги (1973 й.дан), Б. радиоэшиттириш ва тслекўрсатув ҳукумат бошқармаси (1975 й.дан) мавжуд.

    Адабиёти. Б.да яшовчи халклар бой ва рангбаранг огзаки ижод намуналарини яратганлар. Фон халқларининг оғзаки ижодиёти бирмунча яхши ўрганилган. Унда эртаклар, мақол ва маталлар б-н бир қаторда Б. давлати тарихини акс эттирувчи афсоналар катта ўрин олади. Замонавий адабиёт француз тилида 20-а. 30-й.ларида шаклланди. П. Хазуменинг «Догисими» тарихий романи (1937, Франция академиясининг мукофоти), М. Кенумнинг «Мамлакатдаги вазият» (1938), «Уч африка афсонаси» ва б. асарлари яратилди. Миллийозодлик ҳаракати йилларида А. Тевоёжрнинг «Даргазаб Африка» (1958), О. БелиКенумнинг «Абадий тузоқ» (1960), П. Жоакиннинг «Негр ҳикоя қилади» (1954) тўплами ва б. асарлар яратилди. Мустақилликка эришилгандан сўнгги даврда шеърият етакчи ўрин одди. П. Жоакин, Р. Хазуме («Африка гуллари» шеърий тўплами, 1966) шуҳрат қозонди. Р. Догбенинг «Моно сувлари» (1963), «Маҳкумлар қирғоғи» (1964) асарларида ватанпарварлик, инсонийлик, урушга нафрат гоялари каламга олинган. Драматургия ривожлана бошлади. Ж. Плийнинг «КондоАкула» тарихий драмаси (1966) француз мустамлакачиларига қарши курашга бағишлапган. Ижтимоий иллатлар (порахўрлик, тўрачилик)ни фош этувчи «Шахсий котиба» комедияси (1973)да Ғарбий Африка драматургияси учун янги «ишлаб чиқариш» можароси тасвирланган. Ахлоқийдиний масалаларига оид «Бахтнинг қўлга киритилиши» эссеси (1982), «Ошиқ шимпанзе» ҳикоялар тўплами (1977) ҳам унинг қаламига мансуб. 1980 й.да Бенин шеърияти анталогияси нашр этилди.

    Меъморлиги, тасвирий санъати, театри. Б.даги турар жойлар тўғри бурчакли ёки доира шаклида гуваладан қурилган, томи похол ёки хашак б-н бўғотли қилиб ёпилган. Сарой ва ибодатхоналар ҳам шу тарзда, аммо каттароқ қилиб қурилган. Қишлоқ ва шаҳарчалардаги иморатлар тартибсиз жойлашган. Кейинги ўн йилликларда Б. пойтахти — ПортоНовода янги кўкаламзор шоҳ кўчалар барпо этилди, айрим жамоат бинолари, 1 ва 2 қаватли турар жойлар қурилди. Уларни қуришда анъанавий меъморий шакллардан, нақшлар ва ёғоч ҳайкаллардан фойдаланилган. Бой ва ўзига хос бадиий ҳунармандчилик қадимдан юксак даражада бўлган: кулолчилик, қуювчилик, ёғоч ўймакорлиги, фил суягидан турли буюмлар ясаш, каштачилик, матога нақш ва гул солиш санъати азалдан ривожланган. Мум моделларга бронза ва кумушдан одамлар ҳамда жониворларнинг тасвирлари, ов манзаралариўи тушириш расм бўлган. Б. театр санъатига линий урфодатлар ва расмрусумлар, имоишоралар (паитомималар) ва ш. к. асос бўлган. 20-а. да сшларнинг тўгараклари пьесаларни сақналаштира бошлади. Драма ва опера театрлари ташкил этилди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.