Birlaşgan Arab Amirliklari
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 374–376-b. — ziyouz.com
Birlaşgan Arab Amirliklari (Al-Imora al-Arabiyya al-Muttahida), BAA — Arabiston ya. o.ning şarqidagi davlat, 7 amirlik — Abu-Dabi, Dubay, Şarja, Ajman, Umm ul-Qayvayn, Al-Fujayra va Ra's ul-Xaymadan iborat federatsiya. Fors va Ummon qöltiqlari sohilida joylaşgan. Tub joy aholisi — arablar; aholining 70—75% boşqa arab mamlakatlari, Hindiston, Pokiston, Eron, Bangladeş, Şri Lanka kabilardan kelganlar. Davlat tili — arab tili. Mayd. 83,6 ming km2, aholisi 2,7 mln. kişi (1999). Aholining 77,8% şaharlarda yaşaydi. Poytaxti — Abu-Dabi ş. Davlat dini — islom.
Davlat tuzumi. Amaldagi konstitutsiya 1996 y.da qabul qilingan. Hokimiyatning oliy organi — amirliklarning şayxlaridan iborat Oliy kengaş. U öz içidan 5 y. muddatga davlat boşliği — prezidentni saylaydi. Ijroiya hokimiyatini boş vazir boşçiligidagi Vazirlar Kengaşi amalga oşiradi. Mamlakatda parlamentga öxşaş maslahat organi — Federal millat kengaşi mavjud, u mamlakat qabilalari va uruglari, savdo-sanoat doiralari va ziyolilarning nufuzli vakillaridan iborat. Uning barça qarorlari Oliy kengaş va prezident uçun tavsiya tusida böladi.
Tabiati. Dengiz qirğogi kam parçalangan. Sohilda şörxok botqoqyoki balçiqli yerlar köp. BAA hududining aksariyati — daşt tekislik, faqat şarqida 1127 m gaça balandlikka kötariladigan toşloq plato bor. Yer osti mukammal örganilmagan. Neft, birmunça mis va qörğoşin rudalari, oltingugurt, qizil temir oksidi (oxra) konlari topilgan. Iqlimi — tropik, quruq. Yanv.da örtaça harorat 20° atrofida, iyulda 30° dan 35° gaça, ba'zan 50° gaça. Yiliga 150 mm gaça yoğin yoğadi. Doimiy oqadigan daryolari yöq, vodiylar köp. Asosan daşt ösimliklari ösadi, vohalarda mevali daraxtlar, xurmo, tamariks, akatsiya va b. uçraydi.
Tarixi. Qadim zamonlarda BAA hududida tarixan Mesopotamiya davlatlari b-n aloqador somiy qabilalar yaşagan. Mil. av. 1-ming yillikning oxirlarida arablar örnaşib qolgan. 7-a.dan bir qança amirliklardan iborat bu hudud Arab xalifaligi, 14-a.dan esa Hörmuz davlati tarkibiga kirgan. 16—17-a.larda u qisman portugal mustamlakaçilar hokimiyati ostida bölgan. 18-a.dan uning kemalarda savdo-sotiq qiliş b-n şuğullanuvçi aholisi inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qarşi kuraşdi. Şuning uçun inglizlar bu yerni «qaroqçilar sohili» deb ataganlar. 1820, 1835, 1839, 1853, 1892 y.larda ingliz Ost-Indiya kompaniyasi mahalliy amirliklarning hukmdorlari b-n bitimlar imzoladi, bora-bora bu hudud inglizlar izmiga ötib qoldi. 20-a.ning 20-y.larida amirliklarda inglizlarga qarşi harakat boşlandi. 2-jahon uruşi y.larida bu hududdan Buyuk Britaniya va AQŞ harbiyhavo kuçlarining bazasi sifatida foydalanildi. Uruş tugagaç, Buyuk Britaniya bu joydagi ta'sirini saqlab qolişga intilib, 9 amirlikdan iborat (Bahrayn va Qatarni ham qöşib) öziga böysunuvçi federatsiya tuzmoqçi böldi. Biroq milliy ozodlik harakatining tazyiqi ostida 1971 y.da bu yerdan öz qöşinlarini olib çiqib ketişga majbur böldi. 1971 y. 2 dek.da 6 amirlik (Abu-Dabi, Ajman, Dubay, Umm ul-Qayvayn, Al-Fujayra, Şarja) suveren federativ davlat — BAA taşkil etilganini e'lon qildi.
1972 y. 10 fev.da Ra's ul-Xayma amirligi ham federatsiyaga qöşildi. 1971 y.dan BAA — BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. okt.da örnatgan. Milliy bayrami — 2 dek.— Mustaqillik kuni (1971).
Xöjaligi. Iqtisodiyotning asosi — neft qazib çiqariş. Aniqlangan neft zaxiralari — 7 mlrd. t dan ortiq, bu butun dunyodagi neft zahiralarining 10% ni taşkil qiladi. Neft konlarining aksariyati AbuDabida joylaşgan. Dubayda ham neft qazib olinadi. BAAda tabiiy gaz konlari ham bor. Aniqlangan zaxiralari—5,7 trillion kub metr. Asosiy gaz konlari Şarja amirligida.
1993 y. örtalaridan boşlab kuniga örta hisobda 2,16 mln. barrel neft qazib olinmoqda. 1994 y.da salkam 125 mln. tonnaga yaqin neft olindi. 1995 y.da neft va neft mahsulotlarini çetga çiqariş natijasida 12,7 mlrd. AQŞ dollari mikdorida daromad olindi. Neft va gaz yalpi milliy mahsulotining salkam 50% ini taşkil qiladi. Oz mikdorda mis, qörğoşin, tuz, oxra, oltingugurt ham qazib olinadi. Neftni qayta işlaş, neft kimyosi, gazni suyultiriş, metall buyumlar, alkogolsiz içimliklar, plastmassa quvurlar, baliq konserva z-dlari, yoğoçsozlik, tamaki fkalari, dengiz suvini çuçuklaştiriş qurilmasi va b. bor. Hunarmandçilik (gilamdözlik, töquvçilik, piçoqsozlik, asl metallardan buyumlar tayyorlaş va ş. k.) rivojlangan. 9 sement z-di yiliga salkam 5 mln. tonna mahsulot, Dubaydagi «Dubal» kompaniyasi yiliga 240 ming t alyuminiy işlab çiqaradi. Şu yerdagi dunyoda eng katta kemasozlik korxonasida 1 mln. tonnagaça bölgan hajmdagi supertankerlar ta'mirlanadi. Dubayning Jabel Ali porti atrofida Erkin iktisodiy zona barpo etilgan bölib, bu yerda 100% gaça xorijliklar egaligidagi korxonalar taşkil etilişiga yöl qöyiladi. Bu zonada mablağ sarflovçilarga heç qanday soliq solinmaydi, ularga eng zamonaviy infrastruktura (kömakçi tarmoqlar) xizmat körsatadi. BAA, avvalo Dubay, oltin savdosining jahon markazlaridan biridir. Har yili mamlakat orqali 170—175 t oltin ötadi, şundan qariyb 40 t si BAAda qoladi. BAAda aholi jon boşiga töğri keladigan daromad taxm. 2250 AQŞ dollarini taşkil etadi. Uşbu körsatkiç böyiça u Fors qöltiği mamlakatlari orasida birinçi va dunyoda 12-örinda turadi. Neftdan tuşgan daromadning hammasidan mamlakatda foydalanişning imkon yöqdigi sababli, uning ançagina qismi Ğarbdagi investitsiya loyixalari va moliya tuzilmalariga qöyiladi. BAAning xorijdagi 23 mlrd. AQŞ dollari mikdoridagi mablagi yiliga 3,5 mlrd. dollar daromad keltirmoqda. Aholining köpçiligi q. x.da band. Mamlakat maydonining 8% da dehqonçilik qilinadi. Irrigatsiya qurilişiga katta e'tibor beriladi. Vohalarda xurmo, uzum, mevalar, şuningdek ğalla, tamaki va paxta yetiştiriladi. Köçmançi çorvaçilik ustun. Qoramol va tuya boqiladi. Dengiz böyida baliq ovlanadi va marvarid qidirib topiladi. Q. x. mamlakatning oziq-ovqatga bölgan extiyojini qondirmaydi.
Çetga çiqariladigan va çetdan keltiriladigan yuklar asosan dengiz orqali taşiladi. Özining dengiz transporti unçalik rivojlanmagan — yuklarning aksariyati xorijiy kemalarda taşiladi. Umumiy yuk oboroti yiliga 30 mln. tonnani taşkil etadi. Eng muhim portlari: Jabel Ali, Raşid, Zaid, Fujayra, Xamriya. Havo transportida ham ançagina yuk taşiladi. Abu-Dabi, Dubay, Şarja, Ra's ul-Xayma, Al-Ayna va Fujayrada xalqaro aeroportlar bor. Mamlakat içkarisida yuklar faqat avtomobil transportida taşiladi (avtomobil yullari uz. 4,3 ming km). BAAdan çetga neft va neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, alyuminiy, sement, quritilgan baliq, marvarid, tamaki, xom teri, xurmo çiqariladi, çetdan keng iste'mol mollari, oziq-ovqat, maşina va asbobuskuna, transport vositalari, harbiy texnika, binokorlik materiallari va b. keltiriladi. Asosan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQŞ, Fransiya, Jan. Koreya, Italiya, Xitoy b-n savdo qiladi. Pul birligi — dirham.
Madaniyati. BAA qonunlarida mamlakat fuqarolari uçun majburiy örta ta'lim közda tutilgan. Al-Aynadagi un-t BAAdagi yagona oliy öquv yurti hisoblanadi. Unda 5 mingga yaqin talaba ta'lim oladi. BAAda un-t kutubxonasi, Abu-Dabi va Dubayda xalq kutubxonalari, Abu-Dabida arxeologiya muzeyi bor. BAAda «Axbor. Dubay» («Dubay axboroti», 1965 y.dan), «Albayon» («Bayonot», 1980 y.dan), «Alvahda» («Birlik», 1973 y.dan), «Alittifoq» (1972 y.dan), «Al-xolij» («Körfaz», 1970 y.dan) gaz.lari çiqadi. Hukumatning radioeşittiriş va telekörsatuv taşkiloti 1968 y.da, BAA axborot agentligi 1980 y.da taşkil etilgan. Telekörsatuvlar 1968 y.dan boşlangan. Radioeşittirişlar arab, ingliz, fransuz va urdu tillarida olib boriladi.
ÖzR b-n BAA örtasidagi özaro aloqalar, asosan, savdo-iqtisodiy va sayyohlik sohasida rivojlanib bormoqsa. Özdavmakroiqtisodiyot qömitasining ma'lumotlariga köra, ikki mamlakat örtasida tovar ayirboşlaş 1995 y.da 79,2 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi, 1997 y.da taxm. 200 mln. dollarga yetdi, şundan eksport salkam 10 mln. dollar, import esa 190 mln. dollar böldi. Özbekiston BAAga paxta, xom ipak va b.ni yetkazib bermoqda; oziq-ovqat mahsulotlari, rözğor elektronikasi, kiyim-keçak va gazlamalarni sotib olmoqda.
Dubayda ÖzRning konsulxonasi oçilgan. 1994 y.da uning maqomi Boş konsulxona darajasiga kötarildi. Har oyda 1000—1500 özbekistonlik sayyoh BAAga, köproq, Dubay va Şarja amirliklariga borib kelmoqda.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БИРЛАШГАН АРАБ АМИРЛИКЛАРИ (Ал-Имора ал-Арабиййа ал-Муттаҳида), БАА — Арабистон я. о.нинг шарқидаги давлат, 7 амирлик — Абу-Даби, Дубай, Шаржа, Ажман, Умм ул-Қайвайн, Ал-Фужайра ва Раъс ул-Хаймадан иборат федерация. Форс ва Уммон қўлтиқлари соҳилида жойлашган. Туб жой аҳолиси — араблар; аҳолининг 70—75% бошқа араб мамлакатлари, Ҳиндистон, Покистон, Эрон, Бангладеш, Шри Ланка кабилардан келганлар. Давлат тили — араб тили. Майд. 83,6 минг км2, аҳолиси 2,7 млн. киши (1999). Аҳолининг 77,8% шаҳарларда яшайди. Пойтахти — Абу-Даби ш. Давлат дини — ислом.
Давлат тузуми. Амалдаги конституция 1996 й.да қабул қилинган. Ҳокимиятнинг олий органи — амирликларнинг шайхларидан иборат Олий кенгаш. У ўз ичидан 5 й. муддатга давлат бошлиғи — президентни сайлайди. Ижроия ҳокимиятини бош вазир бошчилигидаги Вазирлар Кенгаши амалга оширади. Мамлакатда парламентга ўхшаш маслаҳат органи — Федерал миллат кенгаши мавжуд, у мамлакат қабилалари ва уруглари, савдо-саноат доиралари ва зиёлиларнинг нуфузли вакилларидан иборат. Унинг барча қарорлари Олий кенгаш ва президент учун тавсия тусида бўлади.
Табиати. Денгиз қирғоги кам парчаланган. Соҳилда шўрхок ботқоқёки балчиқли ерлар кўп. БАА ҳудудининг аксарияти — дашт текислик, фақат шарқида 1127 м гача баландликка кўтариладиган тошлоқ плато бор. Ер ости мукаммал ўрганилмаган. Нефть, бирмунча мис ва қўрғошин рудалари, олтингугурт, қизил темир оксиди (охра) конлари топилган. Иқлими — тропик, қуруқ. Янв.да ўртача ҳарорат 20° атрофида, июлда 30° дан 35° гача, баъзан 50° гача. Йилига 150 мм гача ёғин ёғади. Доимий оқадиган дарёлари йўқ, водийлар кўп. Асосан дашт ўсимликлари ўсади, воҳаларда мевали дарахтлар, хурмо, тамарикс, акация ва б. учрайди.
Тарихи. Қадим замонларда БАА ҳудудида тарихан Месопотамия давлатлари б-н алоқадор сомий қабилалар яшаган. Мил. ав. 1-минг йилликнинг охирларида араблар ўрнашиб қолган. 7-а.дан бир қанча амирликлардан иборат бу ҳудуд Араб халифалиги, 14-а.дан эса Ҳўрмуз давлати таркибига кирган. 16—17-а.ларда у қисман португал мустамлакачилар ҳокимияти остида бўлган. 18-а.дан унинг кемаларда савдо-сотиқ қилиш б-н шуғулланувчи аҳолиси инглизларнинг Ост-Индия компаниясига қарши курашди. Шунинг учун инглизлар бу ерни «қароқчилар соҳили» деб атаганлар. 1820, 1835, 1839, 1853, 1892 й.ларда инглиз Ост-Индия компанияси маҳаллий амирликларнинг ҳукмдорлари б-н битимлар имзолади, бора-бора бу ҳудуд инглизлар измига ўтиб қолди. 20-а.нинг 20-й.ларида амирликларда инглизларга қарши ҳаракат бошланди. 2-жаҳон уруши й.ларида бу ҳудуддан Буюк Британия ва АҚШ ҳарбийҳаво кучларининг базаси сифатида фойдаланилди. Уруш тугагач, Буюк Британия бу жойдаги таъсирини сақлаб қолишга интилиб, 9 амирликдан иборат (Баҳрайн ва Қатарни ҳам қўшиб) ўзига бўйсунувчи федерация тузмоқчи бўлди. Бироқ миллий озодлик ҳаракатининг тазйиқи остида 1971 й.да бу ердан ўз қўшинларини олиб чиқиб кетишга мажбур бўлди. 1971 й. 2 дек.да 6 амирлик (Абу-Даби, Ажман, Дубай, Умм ул-Қайвайн, Ал-Фужайра, Шаржа) суверен федератив давлат — БАА ташкил этилганини эълон қилди.
1972 й. 10 фев.да Раъс ул-Хайма амирлиги ҳам федерацияга қўшилди. 1971 й.дан БАА — БМТ аъзоси. ЎзР б-н дипломатия муносабатларини 1992 й. окт.да ўрнатган. Миллий байрами — 2 дек.— Мустақиллик куни (1971).
Хўжалиги. Иқтисодиётнинг асоси — нефть қазиб чиқариш. Аниқланган нефть захиралари — 7 млрд. т дан ортиқ, бу бутун дунёдаги нефть заҳираларининг 10% ни ташкил қилади. Нефть конларининг аксарияти АбуДабида жойлашган. Дубайда ҳам нефть қазиб олинади. БААда табиий газ конлари ҳам бор. Аниқланган захиралари—5,7 триллион куб метр. Асосий газ конлари Шаржа амирлигида.
1993 й. ўрталаридан бошлаб кунига ўрта ҳисобда 2,16 млн. баррель нефть қазиб олинмоқда. 1994 й.да салкам 125 млн. тоннага яқин нефть олинди. 1995 й.да нефть ва нефть маҳсулотларини четга чиқариш натижасида 12,7 млрд. АҚШ доллари микдорида даромад олинди. Нефть ва газ ялпи миллий маҳсулотининг салкам 50% ини ташкил қилади. Оз микдорда мис, қўрғошин, туз, охра, олтингугурт ҳам қазиб олинади. Нефтни қайта ишлаш, нефть кимёси, газни суюлтириш, металл буюмлар, алкоголсиз ичимликлар, пластмасса қувурлар, балиқ консерва з-длари, ёғочсозлик, тамаки фкалари, денгиз сувини чучуклаштириш қурилмаси ва б. бор. Ҳунармандчилик (гиламдўзлик, тўқувчилик, пичоқсозлик, асл металлардан буюмлар тайёрлаш ва ш. к.) ривожланган. 9 цемент з-ди йилига салкам 5 млн. тонна маҳсулот, Дубайдаги «Дубал» компанияси йилига 240 минг т алюминий ишлаб чиқаради. Шу ердаги дунёда энг катта кемасозлик корхонасида 1 млн. тоннагача бўлган ҳажмдаги супертанкерлар таъмирланади. Дубайнинг Жабел Али порти атрофида Эркин иктисодий зона барпо этилган бўлиб, бу ерда 100% гача хорижликлар эгалигидаги корхоналар ташкил этилишига йўл қўйилади. Бу зонада маблағ сарфловчиларга ҳеч қандай солиқ солинмайди, уларга энг замонавий инфраструктура (кўмакчи тармоқлар) хизмат кўрсатади. БАА, аввало Дубай, олтин савдосининг жаҳон марказларидан биридир. Ҳар йили мамлакат орқали 170—175 т олтин ўтади, шундан қарийб 40 т си БААда қолади. БААда аҳоли жон бошига тўғри келадиган даромад тахм. 2250 АҚШ долларини ташкил этади. Ушбу кўрсаткич бўйича у Форс қўлтиғи мамлакатлари орасида биринчи ва дунёда 12-ўринда туради. Нефтдан тушган даромаднинг ҳаммасидан мамлакатда фойдаланишнинг имкон йўқдиги сабабли, унинг анчагина қисми Ғарбдаги инвестиция лойихалари ва молия тузилмаларига қўйилади. БААнинг хориждаги 23 млрд. АҚШ доллари микдоридаги маблаги йилига 3,5 млрд. доллар даромад келтирмоқда. Аҳолининг кўпчилиги қ. х.да банд. Мамлакат майдонининг 8% да деҳқончилик қилинади. Ирригация қурилишига катта эътибор берилади. Воҳаларда хурмо, узум, мевалар, шунингдек ғалла, тамаки ва пахта етиштирилади. Кўчманчи чорвачилик устун. Қорамол ва туя боқилади. Денгиз бўйида балиқ овланади ва марварид қидириб топилади. Қ. х. мамлакатнинг озиқ-овқатга бўлган эхтиёжини қондирмайди.
Четга чиқариладиган ва четдан келтириладиган юклар асосан денгиз орқали ташилади. Ўзининг денгиз транспорти унчалик ривожланмаган — юкларнинг аксарияти хорижий кемаларда ташилади. Умумий юк обороти йилига 30 млн. тоннани ташкил этади. Энг муҳим портлари: Жабел Али, Рашид, Заид, Фужайра, Хамрия. Ҳаво транспортида ҳам анчагина юк ташилади. Абу-Даби, Дубай, Шаржа, Раъс ул-Хайма, Ал-Айна ва Фужайрада халқаро аэропортлар бор. Мамлакат ичкарисида юклар фақат автомобиль транспортида ташилади (автомобиль йуллари уз. 4,3 минг км). БААдан четга нефть ва нефть маҳсулотлари, суюлтирилган газ, алюминий, цемент, қуритилган балиқ, марварид, тамаки, хом тери, хурмо чиқарилади, четдан кенг истеъмол моллари, озиқ-овқат, машина ва асбобускуна, транспорт воситалари, ҳарбий техника, бинокорлик материаллари ва б. келтирилади. Асосан, Буюк Британия, Япония, АҚШ, Франция, Жан. Корея, Италия, Хитой б-н савдо қилади. Пул бирлиги — дирҳам.
Маданияти. БАА қонунларида мамлакат фуқаролари учун мажбурий ўрта таълим кўзда тутилган. Ал-Айнадаги ун-т БААдаги ягона олий ўқув юрти ҳисобланади. Унда 5 мингга яқин талаба таълим олади. БААда ун-т кутубхонаси, Абу-Даби ва Дубайда халқ кутубхоналари, Абу-Дабида археология музейи бор. БААда «Ахбор. Дубай» («Дубай ахбороти», 1965 й.дан), «Албаён» («Баёнот», 1980 й.дан), «Алваҳда» («Бирлик», 1973 й.дан), «Алиттифоқ» (1972 й.дан), «Ал-холиж» («Кўрфаз», 1970 й.дан) газ.лари чиқади. Ҳукуматнинг радиоэшиттириш ва телекўрсатув ташкилоти 1968 й.да, БАА ахборот агентлиги 1980 й.да ташкил этилган. Телекўрсатувлар 1968 й.дан бошланган. Радиоэшиттиришлар араб, инглиз, француз ва урду тилларида олиб борилади.
ЎзР б-н БАА ўртасидаги ўзаро алоқалар, асосан, савдо-иқтисодий ва сайёҳлик соҳасида ривожланиб бормоқца. Ўздавмакроиқтисодиёт қўмитасининг маълумотларига кўра, икки мамлакат ўртасида товар айирбошлаш 1995 й.да 79,2 млн. АҚШ долларини ташкил этди, 1997 й.да тахм. 200 млн. долларга етди, шундан экспорт салкам 10 млн. доллар, импорт эса 190 млн. доллар бўлди. Ўзбекистон БААга пахта, хом ипак ва б.ни етказиб бермоқда; озиқ-овқат маҳсулотлари, рўзғор электроникаси, кийим-кечак ва газламаларни сотиб олмоқда.
Дубайда ЎзРнинг консулхонаси очилган. 1994 й.да унинг мақоми Бош консулхона даражасига кўтарилди. Ҳар ойда 1000—1500 ўзбекистонлик сайёҳ БААга, кўпроқ, Дубай ва Шаржа амирликларига бориб келмоқда.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.