Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Blastulyatsiya

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 399-b. — ziyouz.com

    Blastulyatsiya — köp hujayrali hayvonlar tuxumi bölinişining oxirgi davri. Bu jarayonda blastula hosil böladi. B.da markaziy böşliq (blastotsel) vujudga keladi, blastomerlar bölinişi asinxron holatga ötadi, mitoz sikli vaqti uzayadi, mitotik indeks ölçami kiçrayadi va interfaza muddati oşadi (q. Mitoz). B. davrida hujayralarning interfaza holatidagi yadrolarida yadroçalar paydo böladi. Informatsion ribonuklein kislota (iRNK) sintezi boşlanişi B.ning gastrulyatsiyaga ötişini ta'minlaydi.

    Q.: Mitoz

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЛАСТУЛЯЦИЯ — кўп ҳужайрали ҳайвонлар тухуми бўлинишининг охирги даври. Бу жараёнда бластула ҳосил бўлади. Б.да марказий бўшлиқ (бластоцель) вужудга келади, бластомерлар бўлиниши асинхрон ҳолатга ўтади, митоз цикли вақти узаяди, митотик индекс ўлчами кичраяди ва интерфаза муддати ошади (қ. Митоз). Б. даврида ҳужайраларнинг интерфаза ҳолатидаги ядроларида ядрочалар пайдо бўлади. Информацион рибонуклеин кислота (иРНК) синтези бошланиши Б.нинг гаструляцияга ўтишини таъминлайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.