Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bosim datçigi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 549-b. — ziyouz.com

    Bosim datçigi — gaz yoki suyuqlik bosimini mexanik, elektr yoki pnevmatik signalga aylantirib beradigan ölçov özgartirgiçi. Yuqori va past bosimlarga möljallangan xillari böladi. Yuqori (10 MN/m2 dan ortiq) bosimga möljallangan B.d. (mas, magnitoelastik va pyezoelektr B.d.) ölçanadigan kattalik (qiymat)ni bevosita çiqiş signaliga aylantirib beradi. Past bosimga möljallangan B.d. oldin bosimni mexanik siljişga aylantirib, keyin uni çiqiş signaliga aylantiradi (q. Datçik).

    Q.: Datçik

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОСИМ ДАТЧИГИ — газ ёки суюқлик босимини механик, электр ёки пневматик сигналга айлантириб берадиган ўлчов ўзгартиргичи. Юқори ва паст босимларга мўлжалланган хиллари бўлади. Юқори (10 МН/м2 дан ортиқ) босимга мўлжалланган Б.д. (мас, магнитоэластик ва пьезоэлектр Б.д.) ўлчанадиган катталик (қиймат)ни бевосита чиқиш сигналига айлантириб беради. Паст босимга мўлжалланган Б.д. олдин босимни механик силжишга айлантириб, кейин уни чиқиш сигналига айлантиради (қ. Датчик).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.