Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bosiş qurilmasi

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 550-b. — ziyouz.com

    Bosiş qurilmasi 1) hisoblaş texnikasida — axborotlarni örama qoğoz (rulon), lenta yoki varaqqa raqamlar yoki harflar — raqamlar b-n avtomatik tarzda bosadigan elektrmexanik qurilma. Bunday qurilmalar jumlasiga alfavitraqamli B.Q., elektr yozuv maşinkasi, telegraf apparati kiradi; 2) matbaada — bosma qolipdan matn, rasm va b.ning bir xil nusxasini oliş (kitob, gaz. va jur.lar adadi, ya'ni tirajini bosiş) uçun möljallangan matbaa maşinasi (q. Bosma maşina).

    Q.: Bosma maşina

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БОСИШ ҚУРИЛМАСИ 1) ҳисоблаш техникасида — ахборотларни ўрама қоғоз (рулон), лента ёки вараққа рақамлар ёки ҳарфлар — рақамлар б-н автоматик тарзда босадиган электрмеханик қурилма. Бундай қурилмалар жумласига алфавитрақамли Б.Қ., электр ёзув машинкаси, телеграф аппарати киради; 2) матбаада — босма қолипдан матн, расм ва б.нинг бир хил нусхасини олиш (китоб, газ. ва жур.лар адади, яъни тиражини босиш) учун мўлжалланган матбаа машинаси (қ. Босма машина).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.