Daryolar gidrologiyasi
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 100-b. — ziyouz.com
Daryolar gidrologiyasi - quruqlik gidrologiyasining bölimi. Daryolar, ularning özani va havzalaridagi suv oqimi va oqiziklarning gidrologik rejimini örganadi. D. g. daryo özanining holatini, tabiiy omillar — Yer sirti holati (geologik tuzilişi, relyefi, ösimlik qoplami, tuproq şaroiti) va iqlimi (atmosfera yoğinlari, havo harorati) hamda inson faoliyati b-n boğliq bölgan omillarning oqimga ta'sirini örganadi. D.g. özan jarayonlari, özan oqimi dinamikasi, daryolarning t-ra rejimi, muzlaş hodisalari, minerallaşuv darajasi, şuningdek, daryolarning suv rejimi elementlarini oldindan aytiş — başorat qiliş b-n şuğullanadi (yana q. Gidrologiya).
Q.: Gidrologiya
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДАРЁЛАР ГИДРОЛОГИЯСИ - қуруқлик гидрологиясининг бўлими. Дарёлар, уларнинг ўзани ва ҳавзаларидаги сув оқими ва оқизикларнинг гидрологик режимини ўрганади. Д. г. дарё ўзанининг ҳолатини, табиий омиллар — Ер сирти ҳолати (геологик тузилиши, рельефи, ўсимлик қоплами, тупроқ шароити) ва иқлими (атмосфера ёғинлари, ҳаво ҳарорати) ҳамда инсон фаолияти б-н боғлиқ бўлган омилларнинг оқимга таъсирини ўрганади. Д.г. ўзан жараёнлари, ўзан оқими динамикаси, дарёларнинг т-ра режими, музлаш ҳодисалари, минераллашув даражаси, шунингдек, дарёларнинг сув режими элементларини олдиндан айтиш — башорат қилиш б-н шуғулланади (яна қ. Гидрология).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.