Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Denitrifikatsiyalovçi bakteriyalar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 198-b. — ziyouz.com

    Denitrifikatsiyalovçi bakteriyalar — nitratlarning molekulyar azotgaça kaytarilişi jarayonida qatnaşuvçi bakteriyalar (q. Denitrifikatsiya). Asosan tuproq, suvda va suv qavzalari gruntlarida tarqalgan. Tuprokda uçraydigan denitrifikatorlarning asosiy turlari — Pseudo-monas, Bacillus, Achromobacter va Micrococcus. Barça D. b. aeroblar, ular organik moddalarni havo kislorodi hisobiga, anaerob şaroitda esa nitratlarning kislorodidan foydalanib oksidlaydi. D.b. nitratli va nitratlarning kaytarilişida rangini özgartiruvçi indikatorli ozuqada östiriladi.

    Q.: Denitrifikatsiya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕНИТРИФИКАЦИЯЛОВЧИ БАКТЕРИЯЛАР — нитратларнинг молекуляр азотгача кайтарилиши жараёнида қатнашувчи бактериялар (қ. Денитрификация). Асосан тупроқ, сувда ва сув қавзалари грунтларида тарқалган. Тупрокда учрайдиган денитрификаторларнинг асосий турлари — Pseudo-monas, Bacillus, Achromobacter ва Micrococcus. Барча Д. б. аэроблар, улар органик моддаларни ҳаво кислороди ҳисобига, анаэроб шароитда эса нитратларнинг кислородидан фойдаланиб оксидлайди. Д.б. нитратли ва нитратларнинг кайтарилишида рангини ўзгартирувчи индикаторли озуқада ўстирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.