Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Deputatlarning fraksiyalari

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 203-b. — ziyouz.com

    Deputatlarning fraksiyalari DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI -deputatlarning özaro kelişuv asosida taşkil topgan birlaşmalari. Deputatlar siyosiy karaşlari, kasbi, qiziqişlari böyiça rasmiy fraksiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat deputatlar guruhlariga birlaşişlari mumkin. Özbekistan Respublikasida D. f. b. va g. faoliyati «Özbekistan Respublikasida deputatlarning maqomi töğrisida»gi qonunda (1995 y. 6 may) va «Özbekistan Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti»da (1995 y. 5 may) belgilab berilgan. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisida röyxatga olingan 4 ta fraksiya (Özbekiston Xalq demokratik partiyasi, Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Milliy tiklaniş demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraksiyalari) va 2 ta blok (Saylovçilarning taşabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki va hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki) bor (yana q. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).

    Q.: Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕПУТАТЛАРНИНГ ФРАКЦИЯЛАРИ, БЛОКЛАРИ ВА ГУРУҲЛАРИ -депутатларнинг ўзаро келишув асосида ташкил топган бирлашмалари. Депутатлар сиёсий карашлари, касби, қизиқишлари бўйича расмий фракциялар, блоклар, доимий ва муваққат депутатлар гуруҳларига бирлашишлари мумкин. Ўзбекистан Республикасида Д. ф. б. ва г. фаолияти «Ўзбекистан Республикасида депутатларнинг мақоми тўғрисида»ги қонунда (1995 й. 6 май) ва «Ўзбекистан Республикаси Олий Мажлисининг регламенти»да (1995 й. 5 май) белгилаб берилган. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисида рўйхатга олинган 4 та фракция (Ўзбекистон Халқ демократик партияси, Фидокорлар миллий демократик партияси, «Адолат» социал-демократик партияси, Миллий тикланиш демократик партиясидан сайланган депутатлар фракциялари) ва 2 та блок (Сайловчиларнинг ташаббускор гуруҳларидан сайланган депутатлар блоки ва ҳокимият вакиллик органларидан сайланган депутатлар блоки) бор (яна қ. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.