Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Detektor

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 213-b. — ziyouz.com

    Detektor (lot. detector — soçuvçi) — 1) radiotexnikada — elektr tebranişlarni detektirlaydigan qurilma (q. Detektirlaş). Radioeşittiriş, televizion körsatuvlar, aloqa, ölçaş qurilmalari va b.da yuqori çastotali modulyatsiyalangan tebranişlarni modulyatsiyalangan tebraniş çastotalariga aylantiradi. Amplitudali, çastotali va fazali D.larga bölinadi; 2) zarralar va nurlarni aniqlaydigan asbob. Mas, gamma-nurlar D.lari, neytron D.lari va b.; 3) elektr ölçaş asboblarida — indikatorga ta'sir etadigan kam quvvatli töğrilagiç; 4) yoruglik (fotoelement) va issiqlikni (termopara) aniqlaydigan qurilma.

    Q.: Detektirlaş

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕТЕКТОР (лот. detector — сочувчи) — 1) радиотехникада — электр тебранишларни детектирлайдиган қурилма (қ. Детектирлаш). Радиоэшиттириш, телевизион кўрсатувлар, алоқа, ўлчаш қурилмалари ва б.да юқори частотали модуляцияланган тебранишларни модуляцияланган тебраниш частоталарига айлантиради. Амплитудали, частотали ва фазали Д.ларга бўлинади; 2) зарралар ва нурларни аниқлайдиган асбоб. Мас, гамма-нурлар Д.лари, нейтрон Д.лари ва б.; 3) электр ўлчаш асбобларида — индикаторга таъсир этадиган кам қувватли тўғрилагич; 4) ёруглик (фотоэлемент) ва иссиқликни (термопара) аниқлайдиган қурилма.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.