Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dezinfeksiya vositalari

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 159–160-b. — ziyouz.com

    Dezinfeksiya vositalari - taşqi muhitdagi yuqumli kasallik qözğatuvçilarini (odam, hayvon va ösimliklarda) yöqotiş uçun işlatiladigan fizik va kimyoviy vositalar. Qaynatiş, yuqori bosim b-n buğlantiriş, ultrabinafşa nurlar, quyoş nurlari va b. fizik D. v. hisoblanadi. Kimyoviy D. v.dan xlorli ohak, xloramin, lizol, karbol kislota, şuningdek, formalin, fenol, vodorod peroksid, margansovka va b. qöllaniladi (yana q. Dezinfeksiya).

    Q.: Dezinfeksiya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕЗИНФЕКЦИЯ ВОСИТАЛАРИ - ташқи муҳитдаги юқумли касаллик қўзғатувчиларини (одам, ҳайвон ва ўсимликларда) йўқотиш учун ишлатиладиган физик ва кимёвий воситалар. Қайнатиш, юқори босим б-н буғлантириш, ультрабинафша нурлар, қуёш нурлари ва б. физик Д. в. ҳисобланади. Кимёвий Д. в.дан хлорли оҳак, хлорамин, лизол, карбол кислота, шунингдек, формалин, фенол, водород пероксид, марганцовка ва б. қўлланилади (яна қ. Дезинфекция).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.