Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Doro qabri kitobalari

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 370-b. — ziyouz.com

    Doro qabri kitobalari - Şeroz ş. (Eron) dan 50 km şim.-şarqda, Doro I qabri ustidagi toşlarga mixxat b-n öyilgan bitiklar. Unda Doro I tomonidan bosib olingan ölka va viloyatlar, jumladan Turonning qad. viloyatlari (Parfiya, Baqtriya, Suğdiyona, Xorazm) va xalqlari, jumladan Amudaryoning öng sohilida yaşagan saklar, Sirdaryoning örta va quyi oqimlarida yaşagan çöqqi qalpokli saklar haqida ham ma'lumot keltirilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДОРО ҚАБРИ КИТОБАЛАРИ - Шероз ш. (Эрон) дан 50 км шим.-шарқда, Доро I қабри устидаги тошларга миххат б-н ўйилган битиклар. Унда Доро I томонидан босиб олинган ўлка ва вилоятлар, жумладан Туроннинг қад. вилоятлари (Парфия, Бақтрия, Суғдиёна, Хоразм) ва халқлари, жумладан Амударёнинг ўнг соҳилида яшаган саклар, Сирдарёнинг ўрта ва қуйи оқимларида яшаган чўққи қалпокли саклар ҳақида ҳам маълумот келтирилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.