Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Eroziya

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 195-b. — ziyouz.com

    Eroziya (lot. yego8yu — yemiriliş) — toğ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta'sirida yemiriliş jarayoni. E. relyef hosil qiluvçi asosiy omillardan biridir. Yer yuzasidagi E. (notekis relyefning tekislanişi) va çiziqli E. (relyef bölaklarga bölinib, vodiy va jarliklarni hosil bölişi), yonlama E. (daryo sohillarining yuvilişi) va çuqurlikdagi E. (daryo özanining çuqur öyilişi)lar farq qilinadi. Tuproqning eng yuqori qatlamlarida sodir böladigan E. tuprok eroziyasi deyiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭРОЗИЯ (лот. его8ю — емирилиш) — тоғ жинслари ва тупроқнинг оқар сувлар таъсирида емирилиш жараёни. Э. рельеф ҳосил қилувчи асосий омиллардан биридир. Ер юзасидаги Э. (нотекис рельефнинг текисланиши) ва чизиқли Э. (рельеф бўлакларга бўлиниб, водий ва жарликларни ҳосил бўлиши), ёнлама Э. (дарё соҳилларининг ювилиши) ва чуқурликдаги Э. (дарё ўзанининг чуқур ўйилиши)лар фарқ қилинади. Тупроқнинг энг юқори қатламларида содир бўладиган Э. тупрок эрозияси дейилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.