Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Etika

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 238–241-b. — ziyouz.com

    Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning şaxs hamda jamiyat hayotidagi örnini örganuvçi falsafiy fan. E. axloqşunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni öz içiga oladi. U insoniyat öz tajribasi orqali erişgan donişmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kişilarga axloqning mohiyatini tuşuntirib, falsafiy xulosalar çiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni örgatadi.

    E.ning quyidagi mezoniy tuşunçalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxşilik va yomonlik, halollik, rostgöylik, kamtarlik, adolat, burç, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning ma'nosi va boşqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barça (şaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni örganuvçi E. barça fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning ma'naviyat tizimidagi fanlarga ta'siri katta. E.ning estetika bilan boğliqligi san'at vositasida röy beradi; har bir san'at asarida axloqning dolzarb muammolari kötariladi, san'atkor öz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika örganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan böladi. E.ning dinşunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etişga qaratilgani bilan boğliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon böladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham e'tiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalaşga yönaltirilgan. Şuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uçun umumiy hisoblanadi; farq şundaki, E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondaşadi. E. huquqşunoslik bilan çambarças boğliq; köp hollarda axloqiy va huquqiy meyorlar mohiyatan bir xil böladi, ular faqat yondaşuvda — sanksiyalarning joriy etilişidagi usul orqali farqlanadi. Şunga köra, axloqni jamoatçilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylaştirilgan axloq deb ataş mumkin. E.ning huquqşunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. özining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; ta'lim tizimidagi ta'limtarbiya özini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Şuningdek, E. psixologiya, sotsiologiya, siyosatşunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilişda axloqiy nuqtai nazar, axloqşunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.

    E.ga doir dastlabki tuşunçalar şumerliklarning «Me» qonunlar majmuida uçraydi. Undagi «namlul» tuşunçasi insonparvarlik, ezgulik ma'nolarini anglatgan. Bobil podşosi Xammurapi qonunlarida, «Pxatoten ögitlari», «Misr mayyitlar kitobi», Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meyorlar qonunlar, e'tiqodiy da'vatlar şaklida berilgan; Hindistonning «Manuqonunlari», «Dhammapada», «Patanjali» kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daoçidonişmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yölidan boriş ekanini, barça yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan çekinişi oqibati ekanini ta'kidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoşlari fazilat egasi bölişni urf-odatlarga sözsiz böysunişda köradilar. qadimiy Şarqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy ğoyalar, qaraşlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos böldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qaraşlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi ta'kidlansa, Aristotel inson kamolotga biliş faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olişi tufayli erişadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqşunoslarining qaraşlarida esa qullik, erk, hayotning ma'nosi, baxt muammolari örtaga taşlanadi. Örta asrlar E.sida qadimgi Şarq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Ruşd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yönalişlarda Abu Lays Samarqandiy, Ğazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koşifiy tomonidan yozilgan kitoblar E. taraqqiyotiga katta hissa bölib qöşildi; Uyğoniş davri faylasuflari öz axloqiy qaraşlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu ta'sirni yangi davr axloqşunosligida ham yaqqol seziş mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi ma'rifatçilar axloqning şaxs va jamiyat hayotidagi örniga, demokratik özgarişlarning axloqiy ildizlariga e'tiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqşunosligi alohida ahamiyatga ega böddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Şiller, Fixte, Şelling, Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qaraşlarni (Kyerkegor, Şopengauer, Nitsşe) örtaga taşladi; Kant burçga asoslangan imperativ (qat'iy amr) ğoyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini ta'kidladilar. Noratsional yönaliş tarafdorlari insonni tuşunçalar (aql) yordamida biliş mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan ğolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitişga doimiy uriniş bilan boğliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yölida heç narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boşlaridagi rus mumtoz axloqşunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, B.Vişeslavsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini örtaga taşladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli ta'limotlar vujudga kelgan (q. gedonizm, evdemonizm, utilitarizm). Hoz. paytda ğayrizöravonlik axloqşunosligi (Gandi, King, Şarp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarşi zöravonlik işlatmasdan kuraşişni tavsiya etadi — terror qiliş, qon tökiş, isyon kötariş bilan emas, muhabbat, keçirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va iroda vositasida iş tutiş lozim. Şuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal E. (A.Şveyser), yangi tasavvuf E.si (M.Qutqu, M.Jöşon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qöymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — ösimlikka ham, hayvonlarga ham öz hayoti kabi oliy qadriyat deb qaraşni talab etsa, yangi tasavvuf axloqşunosligi industrial jamiyatda nafsga qarşi kuraşişning muhimligini isbotlab beradi.

    Endilikda E. oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yaşab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlaşib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning öziga, uning mavjudligiga qarşi xavf sifatida ham maydonga çiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilişi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining zaharlanişi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham köra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlaştiriş, bir inson a'zosini boşqa insonga köçirib ötkaziş, evtanaziya (bemorning öz ölimini.tezlaştiriş töğrisidagi iltimosini qondiriş) va boşqalar muammolar ham axloqiy aralaşuvga muhtoj.

    Özbek milliy E.si boşqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega bölib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu söz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy ğoya barça davrlar özbek E.si uçun umumiy tadqiqiy asos bölib keldi. Tasavvufiy E.da mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu söz, ezgu amal va ma'rifat) şaklida namoyon böldi (Aziziddin Nasafiy, Koşifiy). Naqşbandiya tariqati axloqşunosligida esa asosiy e'tibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olişi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uyğunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqşband, Alişer Navoiy). Örta asrlar özbek E.sida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi közga taşlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poşşoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning «Mahbub ulqulub» asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng e'tiborli pandnoma Gulxaniyşşt «Zarbulmasal» asaridir. Jadidçilik harakati davrida axloqşunoslikka e'tibor yanada kuçaydi; jadidlar milliy ozodlikka erişiş yölini xalq axloqiy darajasini va ma'rifatni yuksaltirişda kördilar; Anbar Otinning «Qarolar falsafasi», Avloniyştg «Turkiy Guliston yoxud axloq», Fitratnit «Najot yöli», «Oila» asarlarida şaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri, yangiça turmuş tarzining axloqiylik bilan boğliqligi masalalari kötarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga böysundirgan şörolar davri E.si soxta fan sifatida öz vazifasini ötay olmadi. Özbekiston mustaqillikka erişgandan söng, keçmiş axloqiy qadriyatlari, an'anaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meyorlar jamiyatda öz örnini egallagaç, E. fani ham taraqqiyot yöliga kirdi, E. tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar e'lon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Özbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barça oliy öquv yurtlarida E. fani öqitiladi. Hoz. paytda olimlar (X.Şayxova, A.Şer, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boşqalar) E. tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.

    L L . A r i s t o t ye l , Nikomaxovaetika(soç. v 4x t., t. 4), M., 1983; N avoi y A., Mahbub ulqulub (Mukammal asarlar töplami, 20 j.li, 14j.), T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar şahri, T., 1993; Avloniy A., Turkiy Guliston yoxud axloq, T., 1992; Jum a b o ye v yil, Özbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997: Yusupov E., Inson kamolotining ma'naviy asoslari, T., 1998; Zagritdinova F ., Nekotorne problemn biomeditsinskoy etiki, T., 2005.

    Abdulla Şer.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭТИКА (юн. егпоз — хулқ, одат) — ахлоқ ва унинг шахс ҳамда жамият ҳаётидаги ўрнини ўрганувчи фалсафий фан. Э. ахлоқшуносликнинг фалсафийназарий муаммоларини ва ахлоққа доир дидактикамалий асарларни ўз ичига олади. У инсоният ўз тажрибаси орқали эришган донишмандлик намуналарини ҳикоятлар, ҳикматлар, нақллар, мақоллар тарзида баён этади, кишиларга ахлоқнинг моҳиятини тушунтириб, фалсафий хулосалар чиқаради, уларга ахлоқий қонунқоидаларни ўргатади.

    Э.нинг қуйидаги мезоний тушунчалари — категориялари бор: фазилат ва иллат, яхшилик ва ёмонлик, ҳалоллик, ростгўйлик, камтарлик, адолат, бурч, виждон, номус, идеал, бахт, ҳаётнинг маъноси ва бошқалар Ахлоқ инсон ва жамият ҳаётининг барча (шахсий, жамоавий, касбий ва ҳ.к.) жабҳаларини қамраб олганлиги туфайли уни ўрганувчи Э. барча фанлар билан алоқадор. Айниқса, унинг маънавият тизимидаги фанларга таъсири катта. Э.нинг эстетика билан боғлиқлиги санъат воситасида рўй беради; ҳар бир санъат асарида ахлоқнинг долзарб муаммолари кўтарилади, санъаткор ўз даври ахлоқий даражасини ва унга муносабатини бадиий қиёфалар орқали бевосита ёхуд билвосита акс эттиради. Демак, эстетика ўрганаётган ҳар бир бадиий асар айни пайтда Э. нуқтаи назаридан ҳам тадқиқ этилаётган бўлади. Э.нинг диншунослик билан муносабати ҳар иккала фаннинг ахлоқий мезонлар муаммосини ҳал этишга қаратилгани билан боғлиқ. Бунда дин — восита, ахлоқ — мақсад тарзида намоён бўлади. Ҳар бир диннинг муқаддас китоби худонинг бандаларини ҳам эътиқодий, ҳам ахлоқий инсонлар қилиб тарбиялашга йўналтирилган. Шунингдек, комил инсон муаммоси ҳар иккала фан учун умумий ҳисобланади; фарқ шундаки, Э. бу муаммога замонавий тарбия нуктаи назаридан ёндашади. Э. ҳуқуқшунослик билан чамбарчас боғлиқ; кўп ҳолларда ахлоқий ва ҳуқуқий меъёрлар моҳиятан бир хил бўлади, улар фақат ёндашувда — санкцияларнинг жорий этилишидаги усул орқали фарқланади. Шунга кўра, ахлоқни жамоатчилик асосидаги ҳуқуқ, ҳуқуқни эса қонунийлаштирилган ахлоқ деб аташ мумкин. Э.нинг ҳуқуқшунос одоби деб аталган махсус соҳаси ҳам мавжуд. Э. ўзининг назарий ва айниқса, амалий жиҳатлари билан пед. фанининг асоси ҳисобланади; таълим тизимидаги таълимтарбия ўзини ҳар қадамда ахлоқий тарбия сифатида намоён қилади. Шунингдек, Э. психология, социология, сиёсатшунослик, экология каби қатор фанлар билан ҳам мустаҳкам алоқадор, улар муаммоларини ҳал қилишда ахлоқий нуқтаи назар, ахлоқшунослик назариялари муҳим аҳамиятга эга.

    Э.га доир дастлабки тушунчалар шумерликларнинг «Ме» қонунлар мажмуида учрайди. Ундаги «намлул» тушунчаси инсонпарварлик, эзгулик маъноларини англатган. Бобил подшоси Хаммурапи қонунларида, «Пхатотен ўгитлари», «Миср маййитлар китоби», Авесто каби қадимий ёдгорликларда ахлоқий тамойиллар ва меъёрлар қонунлар, эътиқодий даъватлар шаклида берилган; Ҳиндистоннинг «Мануқонунлари», «Дҳаммапада», «Патанжали» каби ёдгорликларида эса панднома ва ҳикмат усули устувор. қадимий Хитой даочидонишмандлари инсонни табиатнинг бир қисми сифатида олиб қарайдилар ва унинг вазифаси фазилат йўлидан бориш эканини, барча ёвузликлар, бахтсизликлар инсоннинг табиат жорий этган қонунлардан чекиниши оқибати эканини таъкидлайдилар. Конфуций ва унинг издошлари фазилат эгаси бўлишни урф-одатларга сўзсиз бўйсунишда кўрадилар. қадимий Шарқдаги, хусусан, Миср ва Ҳиндистондаги ахлоқий ғоялар, қарашлар антик давр эстетикасига илмийназарий асос бўлди; юнон мутафаккирлари Сократ ва Платон қарашларида илоҳийлик ахлоқнинг асоси, инсонга ахлоқийлик азалдан берилганлиги таъкидланса, Аристотель инсон камолотга билиш фаолияти, воқеликка фаол муносабати орқали, ҳирсу эҳтирослар устидан ҳукмронлик қила олиши туфайли эришади, дейди. Цицерон, Сенека, Эпиктет сингари қадимий Рим ахлоқшуносларининг қарашларида эса қуллик, эрк, ҳаётнинг маъноси, бахт муаммолари ўртага ташланади. Ўрта асрлар Э.сида қадимги Шарқ мутафаккирлари (Розий, Форобий, Ибн Сино, Ибн Рушд) асарлари ва фикҳий тасаввуфий йўналишларда Абу Лайс Самарқандий, Ғаззолий, Румий, Азизиддин Насафий, Навоий, Кошифий томонидан ёзилган китоблар Э. тараққиётига катта ҳисса бўлиб қўшилди; Уйғониш даври файласуфлари ўз ахлоқий қарашларида улардан самарали фойдаландилар (Валла, Монтень). Бу таъсирни янги давр ахлоқшунослигида ҳам яққол сезиш мумкин; Гоббс, Спиноза, Гельвеций, Гольбах, Руссо каби маърифатчилар ахлоқнинг шахс ва жамият ҳаётидаги ўрнига, демократик ўзгаришларнинг ахлоқий илдизларига эътиборни қаратдилар. Бу даврда немис мумтоз ахлоқшунослиги алоҳида аҳамиятга эга бўдди; у бир томондан рационал назарияларни (Кант, Шиллер, Фихте, Шеллинг, Гегель, Фейербах), 2томондан, норационал қарашларни (Кьеркегор, Шопенгауэр, Ницше) ўртага ташлади; Кант бурчга асосланган императив (қатъий амр) ғоясини илгари сурди, Гегель ахлоқнинг миқёсийлигини, ҳуқуқнинг асоси, жамиятнинг қони ва жони эканини, Фейербах ахлоқий хаттиҳаракатларда ҳиссиётнинг, айниқса, муҳаббат ҳиссининг аҳамиятини таъкидладилар. Норационал йўналиш тарафдорлари инсонни тушунчалар (ақл) ёрдамида билиш мумкин эмаслигини, ёвузликнинг эзгуликдан ғолиб келаётганлиги ахлоқсизликни ахлоқий ниқоб билан беркитишга доимий уриниш билан боғлиқлигига, инсон ихтиёр исканжасида, манфаат ва ҳукмронлик йўлида ҳеч нарсадан тоймайдиган жонзотга айланиб бораётганига диққатни қаратдилар. 19-асрнинг 2-ярми — 20-аср бошларидаги рус мумтоз ахлоқшунослиги ахлоқийликни динийлик билан яхлитликда олиб қаради (В.Соловьёв, Ф.Достоевский, Н.Бердяев, Б.Вишеславцев), эзгулик билан ёвузликнинг диалектик алоқадорлиги масаласини ўртага ташлади. Этик тафаккурлар тарихида ахлоқ табиати ҳақидаги турли таълимотлар вужудга келган (қ. гедонизм, эвдемонизм, утилитаризм). Ҳоз. пайтда ғайризўравонлик ахлоқшунослиги (Ганди, Кинг, Шарп, Гусейнов) муҳим аҳамиятга эга. У ёвузликка қарши зўравонлик ишлатмасдан курашишни тавсия этади — террор қилиш, қон тўкиш, исён кўтариш билан эмас, муҳаббат, кечиримлилик, юксак ахлоқийлик, эзгу ихтиёр ва ирода воситасида иш тутиш лозим. Шунингдек, бугунги кунда ҳаётга эҳтиром ёки универсал Э. (А.Швейцер), янги тасаввуф Э.си (М.Қутқу, М.Жўшон) инсоният олдига долзарб ахлокий вазифаларни қўймоқда. Ҳаётга эҳтиром инсондан мавжудликдаги ҳар бир жонзотга — ўсимликка ҳам, ҳайвонларга ҳам ўз ҳаёти каби олий қадрият деб қарашни талаб этса, янги тасаввуф ахлоқшунослиги индустриал жамиятда нафсга қарши курашишнинг муҳимлигини исботлаб беради.

    Эндиликда Э. олдида қатор глобал муаммолар турибди; инсоният ҳозир ноосфера (техникавий муҳит)да яшаб, биосфера (биологик муҳит)дан тобора узоқлашиб бормоқда, инсон тафаккури вужудга келтирган фантехника тараққиёти эндиликда инсоннинг ўзига, унинг мавжудлигига қарши хавф сифатида ҳам майдонга чиқмоқда: атом, водород, нейтрон бомбаларнинг, ядровий каллакли баллистик ракеталарнинг яратилиши, оламий океаннинг, ер ости ва ер усти сувларининг заҳарланиши каби ҳодисалар экологик тозаликдан ҳам кўра ахлоқий покликни талаб қилмоқда. Клонлаштириш, бир инсон аъзосини бошқа инсонга кўчириб ўтказиш, эвтаназия (беморнинг ўз ўлимини.тезлаштириш тўғрисидаги илтимосини қондириш) ва бошқалар муаммолар ҳам ахлоқий аралашувга муҳтож.

    Ўзбек миллий Э.си бошқа фалсафий фанлар каби минтақавий табиатга эга бўлиб, унинг илдизлари Авестот бориб тақалади. Авестода илгари сурилган 3 фазилат — эзгу фикр, эзгу сўз, эзгу амал яхлитлигидан иборат ахлоқий ғоя барча даврлар ўзбек Э.си учун умумий тадқиқий асос бўлиб келди. Тасаввуфий Э.да мазкур яхлитлик 4 фазилат яхлитлиги (эзгу фикр, эзгу сўз, эзгу амал ва маърифат) шаклида намоён бўлди (Азизиддин Насафий, Кошифий). Нақшбандия тариқати ахлоқшунослигида эса асосий эътибор инсоннинг замон ва макондаги ролига, ахлоқий хаттиҳаракатнинг замон эҳтиёжларини ҳисобга олиши, илоҳий ва инсоний фазилатларнинг уйғунлиги масаласига қаратилди (Баҳоуддин Яақшбанд, Алишер Навоий). Ўрта асрлар ўзбек Э.сида назарий фикрлар билан панднома усулидаги ҳикоятлар омухталиги кўзга ташланади (Юсуф Хос Ҳожиб, Аҳмад Югнакий, Яссавий, Пошшохожа). Бу жиҳатдан темурийлар давридаги пандномалар, айниқса, Навоийнинг «Маҳбуб улқулуб» асари ноёб ҳисобланади. Кейинги даврлардаги энг эътиборли панднома Гулханийшшт «Зарбулмасал» асаридир. Жадидчилик ҳаракати даврида ахлоқшуносликка эътибор янада кучайди; жадидлар миллий озодликка эришиш йўлини халқ ахлоқий даражасини ва маърифатни юксалтиришда кўрдилар; Анбар Отиннинг «Қаролар фалсафаси», Авлонийштг «Туркий Гулистон ёхуд ахлоқ», Фитратнит «Нажот йўли», «Оила» асарларида шахс ахлоқий ҳаётининг жамият тараққиётига таъсири, янгича турмуш тарзининг ахлоқийлик билан боғлиқлиги масалалари кўтарилди. Ахлоқийликни синфийлик ва партиявийлик каби тамойилларга бўйсундирган шўролар даври Э.си сохта фан сифатида ўз вазифасини ўтай олмади. Ўзбекистон мустақилликка эришгандан сўнг, кечмиш ахлоқий қадриятлари, анъанавий урф-одатлар, миллий ва ахлоқий тамойил ҳамда меъёрлар жамиятда ўз ўрнини эгаллагач, Э. фани ҳам тараққиёт йўлига кирди, Э. тарихи ва назариясига доир йирик тадқиқотлар эълон қилинди (Й.Жумабоев, Э.Юсупов). Ўзбекистон миллий унтида этика ва эстетика кафедраси мавжуд; барча олий ўқув юртларида Э. фани ўқитилади. Ҳоз. пайтда олимлар (Х.Шайхова, А.Шер, Ф.Загритдинова, М.Маҳмуд ва бошқалар) Э. тарихи ва назариясининг долзарб муаммоларига доир янги тадқиқотлар олиб бормоқда.

    Л Л . А р и с т о т е л ь , Никомаховаэтика(соч. в 4х т., т. 4), М., 1983; Н авои й А., Маҳбуб улқулуб (Мукаммал асарлар тўплами, 20 ж.ли, 14ж.), Т., 1998; Форобий, Фозил одамлар шаҳри, Т., 1993; Авлоний А., Туркий Гулистон ёхуд ахлоқ, Т., 1992; Жум а б о е в йил, Ўзбекистонда фалсафа ва ахлоқий фикрлар тараққиёти тарихидан, Т., 1997: Юсупов Э., Инсон камолотининг маънавий асослари, Т., 1998; Загритдинова Ф ., Некоторне проблемн биомедицинской этики, Т., 2005.

    Абдулла Шер.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.