Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gaz-elektr payvand

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 41-b. — ziyouz.com

    Gaz-elektr payvand - elektr payvand turi. Bu usulda metallar argon, geliy, vodorod, azot, karbonat angidrid gazlari va suv buğlari iştirokida elektrodlar b-n payvandlanadi. Bular (gazlar va suv buğlari) payvand çoklarni atmosferadagi kislorod va azot ta'siridan asraydi. G.-e.p. eriydigan yoki erimaydigan elektrodlar yordamida bajariladi. Sifatli pölatlar va rangli metallar şu usulda payvandlanadi (yana q. Payvandlaş).

    Q.: Payvandlaş, Payvandlaş

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАЗ-ЭЛЕКТР ПАЙВАНД - электр пайванд тури. Бу усулда металлар аргон, гелий, водород, азот, карбонат ангидрид газлари ва сув буғлари иштирокида электродлар б-н пайвандланади. Булар (газлар ва сув буғлари) пайванд чокларни атмосферадаги кислород ва азот таъсиридан асрайди. Г.-э.п. эрийдиган ёки эримайдиган электродлар ёрдамида бажарилади. Сифатли пўлатлар ва рангли металлар шу усулда пайвандланади (яна қ. Пайвандлаш).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.