Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gemoterapiya

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 154-b. — ziyouz.com

    Gemoterapiya (gemo... va terapiya) — qon b-n davolaş. Buning uçun bemorga konservalangan qon va uning tarkibiy qismlari (plazma, eritrotsitlar, lepkotsitlar va trombotsitlar) quyiladi, şuningdek qondan tayyorlanadigan preparatlar: albumin (organizmda oqsil yetişmaganda), fibrinogen, gemofiliyaga qarşi globulin, gamma-globulin, trombin va b. qöllaniladi. Bemorning öz qonini öziga (teri ostiga yoki muskul orasiga) yoki donordan olib quyiş — autogemoterapiya amalda keng rasm bölgan (yana q. Qon quyiş).

    Q.: Qon quyiş

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГЕМОТЕРАПИЯ (гемо... ва терапия) — қон б-н даволаш. Бунинг учун беморга консерваланган қон ва унинг таркибий қисмлари (плазма, эритроцитлар, лепкоцитлар ва тромбоцитлар) қуйилади, шунингдек қондан тайёрланадиган препаратлар: альбумин (организмда оқсил етишмаганда), фибриноген, гемофилияга қарши глобулин, гамма-глобулин, тромбин ва б. қўлланилади. Беморнинг ўз қонини ўзига (тери остига ёки мускул орасига) ёки донордан олиб қуйиш — аутогемотерапия амалда кенг расм бўлган (яна қ. Қон қуйиш).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.