Geniy
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 167-b. — ziyouz.com
Geniy (lot. genius) — 1) Rim mifologiyasida dastlab ma'bud, uruğning bobokaloni, keyinçalik erkaklik xudosi, erkak botiniy kuçi va qobiliyatlarining mujassami. Har bir erkak öz G.siga ega, deb hisoblangan. G. erkak fe'l-atvorini şakllantiradigan, uni umr davomida muhofaza qiladigan ezgu kuç sanalgan. Rimliklar G. timsolida oila, jamiyat, şahar va butun Rim xalqining homiylarini ham e'zozlaganlar; 2) oliy darajadagi ijodiy qobiliyat sohibi (q. Daho).
Q.: Daho
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЕНИЙ (лот. genius) — 1) Рим мифологиясида дастлаб маъбуд, уруғнинг бобокалони, кейинчалик эркаклик худоси, эркак ботиний кучи ва қобилиятларининг мужассами. Ҳар бир эркак ўз Г.сига эга, деб ҳисобланган. Г. эркак феъл-атворини шакллантирадиган, уни умр давомида муҳофаза қиладиган эзгу куч саналган. Римликлар Г. тимсолида оила, жамият, шаҳар ва бутун Рим халқининг ҳомийларини ҳам эъзозлаганлар; 2) олий даражадаги ижодий қобилият соҳиби (қ. Даҳо).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.