Gidrofitlar
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 306-b. — ziyouz.com
Gidrofitlar (gidro... va yun. phyton —ösimlik) —suvda ösadigan ösimliklar. Pastki qismi suvda, ustki qismi suvdan kötarilib ösadi (mas, qamiş). Ba'zi G. daryo, dengiz, köl qirğoqlarida va suvi qurib qolgan nam yerlarda ham ösaveradi. G.da ildiz bölmaydi yoki juda kuçsiz rivojlangan böladi. Bargi tuksiz. Poyasi va barglarining hujayraaro böşliqlari katta, havoga töla böladi. Şu sababli G. suvda qalqib turadi. Köpçilik G. torf hosil qiladi. Ba'zi G., ayniqsa bir yilliklari çorva mollari uçun ozuqadir.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИДРОФИТЛАР (гидро... ва юн. phyton —ўсимлик) —сувда ўсадиган ўсимликлар. Пастки қисми сувда, устки қисми сувдан кўтарилиб ўсади (мас, қамиш). Баъзи Г. дарё, денгиз, кўл қирғоқларида ва суви қуриб қолган нам ерларда ҳам ўсаверади. Г.да илдиз бўлмайди ёки жуда кучсиз ривожланган бўлади. Барги туксиз. Пояси ва баргларининг ҳужайрааро бўшлиқлари катта, ҳавога тўла бўлади. Шу сабабли Г. сувда қалқиб туради. Кўпчилик Г. торф ҳосил қилади. Баъзи Г., айниқса бир йилликлари чорва моллари учун озуқадир.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.