Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gipertonik eritmalar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 333-b. — ziyouz.com

    Gipertonik eritmalar - osmotik bosimi odam, hayvon va ösimlik hujayralari içidagi suyuqlikning osmotik bosimidan yuqori eritmalar. G. e. mikrobga qarşi ta'sir etganda töqimalar, jumladan, ayrim hujayralar (mikroblar) suvini yöqotib, bujmayib qoladi (q. Plazmoliz) va ularning hayot faoliyati keskin pasayadi. G. e. gipotonik eritmalar va izotonik eritmalar b-n birga tirik töqima va hujayralardagi osmotik bosimni ölçaş uçun qöllaniladi. Göşt, baliq va sabzavot mahsulotlari tuzlanganda oş tuzi G. e.i konservalovçi ta'sir körsatadi. Yalliğlaniş jarayonlarini tuzatişda ham G.e.dan foydalaniladi.

    Q.: Plazmoliz

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИПЕРТОНИК ЭРИТМАЛАР - осмотик босими одам, ҳайвон ва ўсимлик ҳужайралари ичидаги суюқликнинг осмотик босимидан юқори эритмалар. Г. э. микробга қарши таъсир этганда тўқималар, жумладан, айрим ҳужайралар (микроблар) сувини йўқотиб, бужмайиб қолади (қ. Плазмолиз) ва уларнинг ҳаёт фаолияти кескин пасаяди. Г. э. гипотоник эритмалар ва изотоник эритмалар б-н бирга тирик тўқима ва ҳужайралардаги осмотик босимни ўлчаш учун қўлланилади. Гўшт, балиқ ва сабзавот маҳсулотлари тузланганда ош тузи Г. э.и консерваловчи таъсир кўрсатади. Яллиғланиш жараёнларини тузатишда ҳам Г.э.дан фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.