Gvineya
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 114–117-b. — ziyouz.com
Gvineya (Guinee), Gvineya Respublikasi (Republique de Guinee) — Ğarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 246 ming km2. Aholisi 7,4 mln. kişi (1990-y.lar oxiri). Poytaxti — Konakri ş. Ma'muriy jihatdan 8 viloyat (provinsiya)ga, viloyatlar 35 prefekturaga bölinadi. Davlat tuzumi. G.— respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 23 dek.da kuçga kirgan. Davlat va hukumat boşliği — prezident (L. Konte; 1998 y. qayta saylangan). U umumiy yaşirin ovoz beriş yöli b-n 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanişi mumkin. Konun çiqaruvçi hoki-miyatni Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident boşçiligidagi hukumat amalga oşiradi. Tabiati. G. hududi subekvatorial mintaqada. Qirğoqlari parçalangan. Relyefi, asosan, örtaça baland (800—1000 m) va past toğlar, yassi platolardan (300—400 m) iborat. Eng baland joyi — Nimba toği, 1752 m. Okean sohili tor pasttekislik. Foydali qazilmalardan boksit, temir, olmos, oltin va b. bor. Iklimi ekvatorial-musson, issiq, yozi sernam. Eng issiq oyning (mart yoki apr.) örtaça t-rasi 27—30°, eng baland joylarida 23° gaça, eng salqin oyniki (avg.) 24—26°, balandliklarda 18° gaça. Örtaça yillik yoğin 1200—4000 mm. Yomğirli mavsum mamlakat şim.da 5 oy, jan.da 7—10 oy. Daryolari köp va sersuv. Asosiy daryolari: Gambiya, Bafing, Niger va Konkure. G. hududi qizil, qizil-sariq tuproqli. Eng köp ösimligi — savanna. Sohilda mangra örmonlari bor. G. da tartibsiz ovlaş natijasida fil, gippopotam, kiyik, yovvoyi çöçqa, qoplon, gepard kabi hayvonlar kam qolgan. Maymun, ilon, har xil quş, baliq, haşarotlar (jumladan, setse paşşa) juda köp. Aholisi. G.da fulbe, malinke, susu va b. xalqlar yaşaydi. Davlat tili — fransuz tili. Aholining 89% musulmon, 1,5% xristian, qolgani mahalliy dinlarda. Şahar aholisi 25,6%. Yirik şaharlari: Konakri, Kindia. Tarixi. Hoz. hududining bir qismi Gana (taxm. 4—13-a.lar) va Mali (taxm. 13— 16 a lar) kabi örta asr davlatlari tarkibiga kirgan. 1725 y.da Ğarbiy Afrikaning şim.dan kirib kelgan köçmançi çorvador fulbe kabilasi Futa-Jallonda harbiy feodal davlat tuzgan. 15-a. örtalarida G.da dastlabki yevropaliklar paydo bölgan. Köp ötmay uning qirğoq böyi yerlari mustamlakaçilar qöl ostiga ötgaç, ular 19-a. gaça minglab mahalliy aholini qul qilib Amerikaga olib borib sotgan. 19-a.da fransuzlar G.ni tobe etiş uçun keskin kuraş olib bordi. Fransiya bu kuraşda ğalaba qozondi va 1880—90-y. larda uni bosib oldi. 1895 y. Fransiya Gvineyasi nomi b-n alohida mustamlakaga aylantirildi. G. xalqi mustamlakaçilarga qarşi uzoq vaqt kuraşib keldi. 19-a.ning 70—90-y.larida malinke xalqining kuraşini, Futa-Jallondagi qözğolonlarni (1900) fransuzlar qiyinçilik b-n bostirdi. 1904 y.da G. Fransiya Ğarbiy Afrikasi tarkibiga qöşib olindi. Hukumatni fransuz gubernatori boşqardi. 1-jahon uruşidan söng G.da yevropaliklarning banan, ananas, kofe plantatsiyalari paydo böla boşladi. Keyinçalik sanoat korxonalari (asosan konçilik sanoati) vujudga keldi. 2-jahon uruşidan söng G.da milliy ozodlik harakati avj olib ketdi. 1945—46 y.larda mamlakatda siyosiy partiyalar, tögaraklar tuzildi. Afrika Demokratax Birlaşmasining seksiyasi sifatida 1947 y.da taşkil topgan G. Demokratik partiyasi mustamlakaçilikka qarşi bölgan barça kuçlarni birlaştiriş vazifasini öz zimmasiga oldi. 1958 y. 2 okt. referendumiga muvofiq G. mustaqil respublika deb e'lon qilindi. 1978 y.dan 1984 y.gaça G. Xalq Revolyutsion Respublikasi deb ataldi. 1984 y. apr. da G. Respublikasi nomini oldi. G. 1958 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 24 iyunda örnatgan. Milliy bayrami —2 okt.— Mustaqillik kuni (1958). Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmasi. G. xalqi birlaşmasi (1992 y.da tuzilgan), Birlik va taraqqiyot partiyasi (1992 y.da tuzilgan), Taraqqiyot va yangilaniş uçun ittifoq partiyasi (1998 y.da tuzilgan). G. mehnatkaşlari kon-federatsiyasi (1984 y. tuzilgan) mamlakatning yagona kasaba uyuşmasi markazidir. Xujaligi. G.— kon sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x. uluşi 28%, sanoat uluşi 27,5% (jumladan, kon sanoati uluşi 23,9%)ni taşkil etadi. Mustaqillikka erişgaç, G. milliy iqtisodiyoti ança tez ösa boşladi. Ajnabiylarga qaraşli kompaniyalar, banklar, elektr st-yalar, bir qança korxonalar davlat ixtiyoriga o l i n d i . Qişloq xöjaligi — G. iqtisodiyotining negizi. Mehnatga qobiliyatli aholining 74% q.x.da band. Asosiy q.x. ekinlari — kofe, banan, ananas, şoli; şuningdek oqjöxori, makkajöxori, tariq, maniok, batat, yer yonğoq va b. ekinlar ham ekiladi. Eng muhim texnika ekini — yoğli palma. Çorvaçilik — q.x.da qoloq tarmoq; qoramol, qöy va eçki boqiladi, baliq ovlanadi. Elektr energiyaning köpini GESlar beradi. Yiliga 521 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. G.da gugurt-tamaki va töqimaçilik k-tlari, ğişt, mebel, avtomobil va velosiped yiğiş, konserva, yoğ, sabzavot-meva konservalaş, yoğoç tiliş z-dlari bor. T. i. uz.—662 km, avtomobil yöllari uz.— 28,4 ming km. Muhim avtomagistrali Konakri, Kindia, Kankan, Beyla, Nzerekore ş.lari orqali ötadi. Yirik dengiz portlari: Konakri, Kamsar. Mamlakat içkarisida yuklarning kupi Milo daryosida taşiladi. G. çetga alyuminiy oksidi, kofe, banan, olmos, oltin, boksit, palma yoği, ananas, temir ruda çiqaradi. Çetdan asbob-uskuna, q.x. maşinalari, avtomobil, neft mahsulotlari, metall buyumlar, oziq-ovqat va b. oladi. AQŞ, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Kamerun b-n savdo qiladi. Pul birligi — G. f r a n k i . Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy muassasalari. G.da aholini emlaş va kambağallarga tibbiy xizmat — bepul. Şifokorlar Konakri politexnika in-tining tibbiyot f-tida va çet ellarda tayyorlanadi. Mustaqillik e'lon qilingan paytda katta yoşli aholining 90% savodsiz, odiy öquv yurtlari yöq edi. 1968 y.da savodsizlikni tugatiş milliy boşqarmasi tuzildi, boşlanğiç maktabda milliy tillar öqitila boşladi. 7 yoşdan boşlab bolalar uçun 6 y.lik majburiy boşlanğiç ta'lim joriy etildi. Örta maktab 6 y.lik. Hunar-texnika ta'limi malakali işçilar tayyorlaydi. Oliy uquv yurtlari: Konakri politexnika in-ti. Kankan politexnika in-ti, Fulayya q.x. in-ti. I.-t. işlari Konakri i.-t. va hujjatlaştiriş in-ti, Kindia mikrobiologiya in-ti, Kankan şoli, Kindia meva in-tlari, okeanşunoslik, geliofizika va tropik iqlim şaroitida konstruktiv materiallarni sinaş i. t. markazida olib boriladi. Matbuoti, radioeşittirişi va telekursatuvi. G.da bir qança gaz. va jur.lar naşr etiladi. Yiriklari: «Jur-nal ofisyel de Gine» («Gvineya rasmiy gazetasi», fransuz tilidagi hukumat xabarnomasi, oyiga 2 marta çiqadi), «Xoroyya» («Qadr-qimmat», fransuz tilidagi haftalik gaz., 1961 y.dan çikadi), «Fonike» (oylik jur., 1974 y.da asos solingan). G. matbuot agentligi 1960 y.da tuzilgan. G. radioeşittiriş va telekursatuvi xizmati hukumatga qaraşli. Milliy telekursatuv 1977 y. maydan buyon berib boriladi. Adabiyoti. G. xalklari folklor namunalariga boy. Yozma adabiyotida qasida tarzida yozilgan dostonlar keng tarqalgan. Tarixiy va diniy mavzulardagi qasidalardan ba'zilari (Muhammad Ali Tyamning «Xoja Umar hayoti», 1935) xalq orasida maşhur. G. adabiyotida yangi poeziya qad. an'analar asosida fransuz tilida tarkib topdi. Keyta Fodeba siyosiy mavzudagi «Afrikada tong», «Yarim keça» (1950) dostonlarini xalq afsonalari asosida yaratgan. Ray Otra (Mamadu Traore) mustamlakaçilikka karşi şe'rlar yezdi («Ozodlik sari» tuplami). Öz ijodini avtobiografik qissa («Qora bola», 1953) b-n boşlagan Kamara Ley «Qirolning qaraşi» modernistik romanini, «Haykal közlari» hikoyasini naşr ettirdi. «Faralako», «Assiatu sentyabrda» romanlarining muallifi E. Sisse mustaqillik uçun kuraş ğoyasini ilgari surgan. A. Fanturening «Tropiklar doirasi» va «Saxel qöşinidagi kişi» romanlarida mustamlakaçilikdai keyingi voqelik muammolari kötarilgan. Me'morligi va tasviriy san'ati. G. xalqlarining qad. turar joylari yumaloq şaklda qurilib (ötovga öxşaş), tomi qamiş b-n yopilgan. 2-jahon uruşidan keyingi binolar qurilişida zamonaviy me'morlik namunalari yaqqol körindi. Bu binolarda xonalarni quyoşdan saklovçi buğot, panjaralardan foydalanilgan. Mustaqillik yillarida Konakrida jamoat va sanoat binolari: politexnika in-ti, stadion, radiomarkaz, bosmaxona va b. qurildi. G. hududidan odam va hayvonlarning haykalçalari, uyma bezakli va buyalgan yoğoç buyumlar, odamlarning yoğoç şakllari (afsonaviy hayvon boşli, geometrik şaklli), yoğoç va suyakdan yasalib turli rangga böyalgan niqoblar (diniy marosimlarda kiyilgan) topilgan. Qamişdan buyum yasaş (turli rangga böyalgan sumka, yelpiğiç, savat va b.), geometrik hoşiyali rangdor matolar tuqiş rivojlangan. G.da professional san'at rivojlanmag a n . Teatr san'ati qad. Qişloq bayramlarida yuzi va tanalari böyalgan, serhaşam kiyim va niqoblardagi raqqoslar öyini köpinça teatr tomoşalariga aylanib ketadi. 1948 y. G. şoiri K. Fodeba Parijda «Afrika baleti» ansamblini tuzdi. Şu asosda «G. Afrika baletlari» taşkil topdi (1958). 1964 y.da «Joliba» millim ansambli tuzildi. Har yili badiiy havaskorlar tögaraklarining körigi ötkaziladi. Viloyatlarda bahordan kuzgaça drama, folklor, balet, qöşiq musobaqalari ötkaziş odat tusiga kirgan. Mamlakatda yiliga 2—3 film yaratiladi. 30 ga yaqin kinoteatr bor.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГВИНЕЯ (Guinee), Гвинея Республикаси (Republique de Guinee) — Ғарбий Африкадаги давлат. Майд. 246 минг км2. Аҳолиси 7,4 млн. киши (1990-й.лар охири). Пойтахти — Конакри ш. Маъмурий жиҳатдан 8 вилоят (провинция)га, вилоятлар 35 префектурага бўлинади. Давлат тузуми. Г.— республика. Амалдаги конституцияси 1991 й. 23 дек.да кучга кирган. Давлат ва ҳукумат бошлиғи — президент (Л. Конте; 1998 й. қайта сайланган). У умумий яширин овоз бериш йўли б-н 5 й. муддатга сайланади ва яна бир марта қайта сайланиши мумкин. Конун чиқарувчи ҳоки-миятни Миллат мажлиси (бир палатали парламент), ижроия ҳокимиятни президент бошчилигидаги ҳукумат амалга оширади. Табиати. Г. ҳудуди субэкваториал минтақада. Қирғоқлари парчаланган. Рельефи, асосан, ўртача баланд (800—1000 м) ва паст тоғлар, ясси платолардан (300—400 м) иборат. Энг баланд жойи — Нимба тоғи, 1752 м. Океан соҳили тор пасттекислик. Фойдали қазилмалардан боксит, темир, олмос, олтин ва б. бор. Иклими экваториал-муссон, иссиқ, ёзи сернам. Энг иссиқ ойнинг (март ёки апр.) ўртача т-раси 27—30°, энг баланд жойларида 23° гача, энг салқин ойники (авг.) 24—26°, баландликларда 18° гача. Ўртача йиллик ёғин 1200—4000 мм. Ёмғирли мавсум мамлакат шим.да 5 ой, жан.да 7—10 ой. Дарёлари кўп ва серсув. Асосий дарёлари: Гамбия, Бафинг, Нигер ва Конкуре. Г. ҳудуди қизил, қизил-сариқ тупроқли. Энг кўп ўсимлиги — саванна. Соҳилда мангра ўрмонлари бор. Г. да тартибсиз овлаш натижасида фил, гиппопотам, кийик, ёввойи чўчқа, қоплон, гепард каби ҳайвонлар кам қолган. Маймун, илон, ҳар хил қуш, балиқ, ҳашаротлар (жумладан, цеце пашша) жуда кўп. Аҳолиси. Г.да фульбе, малинке, сусу ва б. халқлар яшайди. Давлат тили — француз тили. Аҳолининг 89% мусулмон, 1,5% христиан, қолгани маҳаллий динларда. Шаҳар аҳолиси 25,6%. Йирик шаҳарлари: Конакри, Киндиа. Тарихи. Ҳоз. ҳудудининг бир қисми Гана (тахм. 4—13-а.лар) ва Мали (тахм. 13— 16 а лар) каби ўрта аср давлатлари таркибига кирган. 1725 й.да Ғарбий Африканинг шим.дан кириб келган кўчманчи чорвадор фульбе кабиласи Фута-Жаллонда ҳарбий феодал давлат тузган. 15-а. ўрталарида Г.да дастлабки европаликлар пайдо бўлган. Кўп ўтмай унинг қирғоқ бўйи ерлари мустамлакачилар қўл остига ўтгач, улар 19-а. гача минглаб маҳаллий аҳолини қул қилиб Америкага олиб бориб сотган. 19-а.да французлар Г.ни тобе этиш учун кескин кураш олиб борди. Франция бу курашда ғалаба қозонди ва 1880—90-й. ларда уни босиб олди. 1895 й. Франция Гвинеяси номи б-н алоҳида мустамлакага айлантирилди. Г. халқи мустамлакачиларга қарши узоқ вақт курашиб келди. 19-а.нинг 70—90-й.ларида малинке халқининг курашини, Фута-Жаллондаги қўзғолонларни (1900) французлар қийинчилик б-н бостирди. 1904 й.да Г. Франция Ғарбий Африкаси таркибига қўшиб олинди. Ҳукуматни француз губернатори бошқарди. 1-жаҳон урушидан сўнг Г.да европаликларнинг банан, ананас, кофе плантациялари пайдо бўла бошлади. Кейинчалик саноат корхоналари (асосан кончилик саноати) вужудга келди. 2-жаҳон урушидан сўнг Г.да миллий озодлик ҳаракати авж олиб кетди. 1945—46 й.ларда мамлакатда сиёсий партиялар, тўгараклар тузилди. Африка Демократах Бирлашмасининг секцияси сифатида 1947 й.да ташкил топган Г. Демократик партияси мустамлакачиликка қарши бўлган барча кучларни бирлаштириш вазифасини ўз зиммасига олди. 1958 й. 2 окт. референдумига мувофиқ Г. мустақил республика деб эълон қилинди. 1978 й.дан 1984 й.гача Г. Халқ Революцион Республикаси деб аталди. 1984 й. апр. да Г. Республикаси номини олди. Г. 1958 й.дан БМТ аъзоси. ЎзР б-н дипломатия муносабатларини 1993 й. 24 июнда ўрнатган. Миллий байрами —2 окт.— Мустақиллик куни (1958). Сиёсий партиялари, касаба уюшмаси. Г. халқи бирлашмаси (1992 й.да тузилган), Бирлик ва тараққиёт партияси (1992 й.да тузилган), Тараққиёт ва янгиланиш учун иттифоқ партияси (1998 й.да тузилган). Г. меҳнаткашлари кон-федерацияси (1984 й. тузилган) мамлакатнинг ягона касаба уюшмаси марказидир. Хужалиги. Г.— кон саноати нисбатан ривожланган аграр мамлакат. Ялпи ички маҳсулотда қ.х. улуши 28%, саноат улуши 27,5% (жумладан, кон саноати улуши 23,9%)ни ташкил этади. Мустақилликка эришгач, Г. миллий иқтисодиёти анча тез ўса бошлади. Ажнабийларга қарашли компаниялар, банклар, электр ст-ялар, бир қанча корхоналар давлат ихтиёрига о л и н д и . Қишлоқ хўжалиги — Г. иқтисодиётининг негизи. Меҳнатга қобилиятли аҳолининг 74% қ.х.да банд. Асосий қ.х. экинлари — кофе, банан, ананас, шоли; шунингдек оқжўхори, маккажўхори, тариқ, маниок, батат, ер ёнғоқ ва б. экинлар ҳам экилади. Энг муҳим техника экини — ёғли пальма. Чорвачилик — қ.х.да қолоқ тармоқ; қорамол, қўй ва эчки боқилади, балиқ овланади. Электр энергиянинг кўпини ГЭСлар беради. Йилига 521 млн. кВт-соат электр энергия ҳосил қилинади. Г.да гугурт-тамаки ва тўқимачилик к-тлари, ғишт, мебель, автомобиль ва велосипед йиғиш, консерва, ёғ, сабзавот-мева консервалаш, ёғоч тилиш з-длари бор. Т. и. уз.—662 км, автомобиль йўллари уз.— 28,4 минг км. Муҳим автомагистрали Конакри, Киндиа, Канкан, Бейла, Нзерекоре ш.лари орқали ўтади. Йирик денгиз портлари: Конакри, Камсар. Мамлакат ичкарисида юкларнинг купи Мило дарёсида ташилади. Г. четга алюминий оксиди, кофе, банан, олмос, олтин, боксит, пальма ёғи, ананас, темир руда чиқаради. Четдан асбоб-ускуна, қ.х. машиналари, автомобиль, нефть маҳсулотлари, металл буюмлар, озиқ-овқат ва б. олади. АҚШ, Франция, Германия, Испания, Камерун б-н савдо қилади. Пул бирлиги — Г. ф р а н к и . Тиббий хизмати, маорифи, илмий муассасалари. Г.да аҳолини эмлаш ва камбағалларга тиббий хизмат — бепул. Шифокорлар Конакри политехника ин-тининг тиббиёт ф-тида ва чет элларда тайёрланади. Мустақиллик эълон қилинган пайтда катта ёшли аҳолининг 90% саводсиз, одий ўқув юртлари йўқ эди. 1968 й.да саводсизликни тугатиш миллий бошқармаси тузилди, бошланғич мактабда миллий тиллар ўқитила бошлади. 7 ёшдан бошлаб болалар учун 6 й.лик мажбурий бошланғич таълим жорий этилди. Ўрта мактаб 6 й.лик. Ҳунар-техника таълими малакали ишчилар тайёрлайди. Олий уқув юртлари: Конакри политехника ин-ти. Канкан политехника ин-ти, Фулайя қ.х. ин-ти. И.-т. ишлари Конакри и.-т. ва ҳужжатлаштириш ин-ти, Киндиа микробиология ин-ти, Канкан шоли, Киндиа мева ин-тлари, океаншунослик, гелиофизика ва тропик иқлим шароитида конструктив материалларни синаш и. т. марказида олиб борилади. Матбуоти, радиоэшиттириши ва телекурсатуви. Г.да бир қанча газ. ва жур.лар нашр этилади. Йириклари: «Жур-наль офисьель де Гине» («Гвинея расмий газетаси», француз тилидаги ҳукумат хабарномаси, ойига 2 марта чиқади), «Хоройя» («Қадр-қиммат», француз тилидаги ҳафталик газ., 1961 й.дан чикади), «Фонике» (ойлик жур., 1974 й.да асос солинган). Г. матбуот агентлиги 1960 й.да тузилган. Г. радиоэшиттириш ва телекурсатуви хизмати ҳукуматга қарашли. Миллий телекурсатув 1977 й. майдан буён бериб борилади. Адабиёти. Г. халклари фольклор намуналарига бой. Ёзма адабиётида қасида тарзида ёзилган достонлар кенг тарқалган. Тарихий ва диний мавзулардаги қасидалардан баъзилари (Муҳаммад Али Тьямнинг «Хожа Умар ҳаёти», 1935) халқ орасида машҳур. Г. адабиётида янги поэзия қад. анъаналар асосида француз тилида таркиб топди. Кейта Фодеба сиёсий мавзудаги «Африкада тонг», «Ярим кеча» (1950) достонларини халқ афсоналари асосида яратган. Рай Отра (Мамаду Траоре) мустамлакачиликка карши шеърлар езди («Озодлик сари» туплами). Ўз ижодини автобиографик қисса («Қора бола», 1953) б-н бошлаган Камара Лей «Қиролнинг қараши» модернистик романини, «Ҳайкал кўзлари» ҳикоясини нашр эттирди. «Фаралако», «Ассиату сентябрда» романларининг муаллифи Э. Сиссе мустақиллик учун кураш ғоясини илгари сурган. А. Фантуренинг «Тропиклар доираси» ва «Сахел қўшинидаги киши» романларида мустамлакачиликдаи кейинги воқелик муаммолари кўтарилган. Меъморлиги ва тасвирий санъати. Г. халқларининг қад. турар жойлари юмалоқ шаклда қурилиб (ўтовга ўхшаш), томи қамиш б-н ёпилган. 2-жаҳон урушидан кейинги бинолар қурилишида замонавий меъморлик намуналари яққол кўринди. Бу биноларда хоналарни қуёшдан сакловчи буғот, панжаралардан фойдаланилган. Мустақиллик йилларида Конакрида жамоат ва саноат бинолари: политехника ин-ти, стадион, радиомарказ, босмахона ва б. қурилди. Г. ҳудудидан одам ва ҳайвонларнинг ҳайкалчалари, уйма безакли ва буялган ёғоч буюмлар, одамларнинг ёғоч шакллари (афсонавий ҳайвон бошли, геометрик шаклли), ёғоч ва суякдан ясалиб турли рангга бўялган ниқоблар (диний маросимларда кийилган) топилган. Қамишдан буюм ясаш (турли рангга бўялган сумка, елпиғич, сават ва б.), геометрик ҳошияли рангдор матолар туқиш ривожланган. Г.да профессионал санъат ривожланмаг а н . Театр санъати қад. Қишлоқ байрамларида юзи ва таналари бўялган, серҳашам кийим ва ниқоблардаги раққослар ўйини кўпинча театр томошаларига айланиб кетади. 1948 й. Г. шоири К. Фодеба Парижда «Африка балети» ансамблини тузди. Шу асосда «Г. Африка балетлари» ташкил топди (1958). 1964 й.да «Жолиба» миллим ансамбли тузилди. Ҳар йили бадиий ҳаваскорлар тўгаракларининг кўриги ўтказилади. Вилоятларда баҳордан кузгача драма, фольклор, балет, қўшиқ мусобақалари ўтказиш одат тусига кирган. Мамлакатда йилига 2—3 фильм яратилади. 30 га яқин кинотеатр бор.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.