Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Koks

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 479-b. — ziyouz.com

    Koks (nem. Koks, ing. soke) — tabiiy yoqilğilar (toşkömir, neft, torf va b.) yoki ularning qayta işlangan mahsulotlarini havo iştirokisiz 950— 1050° gaça qizdiriş (kokslaş) jarayonida hosil böladigan uglerodli qattiq qoldiq. Toşkömirli (domna, quyiş peçlarida işlatiladigan), elektrodli va neftdan olinadigan turlari bor. K. domna i.ç.da yoqilği va qaytargiç sifatida, quymakorliksya, rudalarni aglomeratsiyalaşda, polimetall çiqindilarni qizdirib haydaşda yoqilği sifatida, elektrodlar i.ç.da xom aşyo sifatida va b. maqsadlarda işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОКС (нем. Кокс, инг. соке) — табиий ёқилғилар (тошкўмир, нефть, торф ва б.) ёки уларнинг қайта ишланган маҳсулотларини ҳаво иштирокисиз 950— 1050° гача қиздириш (кокслаш) жараёнида ҳосил бўладиган углеродли қаттиқ қолдиқ. Тошкўмирли (домна, қуйиш печларида ишлатиладиган), электродли ва нефтдан олинадиган турлари бор. К. домна и.ч.да ёқилғи ва қайтаргич сифатида, қуймакорликця, рудаларни агломерациялашда, полиметалл чиқиндиларни қиздириб ҳайдашда ёқилғи сифатида, электродлар и.ч.да хом ашё сифатида ва б. мақсадларда ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.