Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kooperatsiya

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 598-b. — ziyouz.com

    Kooperatsiya (lot. cooperatio — hamkorlik, birgalikda işlaş) — 1) jismoniy şaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib boriş uçun ixtiyoriylik asosida birlaşuvi; 2) ikki yoki bir neça mamlakatlarning xorijiy şeriklar iştirokida qöşma yoki özaro muvofiklaştirilgan i. ç.ni taşqil etişining universal şakli. Bunday K. mahsulot i. ç.ni taqsimlaşga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni özaro kafolatlaş, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilişga asoslanadi. Özbekistonda işga tuşirilgan «SamKoçavto», «Kabul-Özbek», «Özdunrobita», «ÖzKeysmaş» va b. korxonalar K. asosida faoliyat yuritadi (q. Mehnat kooperatsiyasi, Matlubot kooperatsiyasi, Uy-joy kooperatsiyasi, Qişloq xöjaligi kooperatsiyasi va b.).

    Q.: Mehnat kooperatsiyasi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КООПЕРАЦИЯ (лот. cooperatio — ҳамкорлик, биргаликда ишлаш) — 1) жисмоний шахсларнинг биргаликда тадбиркорлик фаолиятини олиб бориш учун ихтиёрийлик асосида бирлашуви; 2) икки ёки бир неча мамлакатларнинг хорижий шериклар иштирокида қўшма ёки ўзаро мувофиклаштирилган и. ч.ни ташқил этишининг универсал шакли. Бундай К. маҳсулот и. ч.ни тақсимлашга, коммерция ҳамкорлиги, хатарларни ўзаро кафолатлаш, инвестицияларни ва саноат сирларини умумий ҳимоя қилишга асосланади. Ўзбекистонда ишга туширилган «СамКочавто», «Кабул-Ўзбек», «Ўздунробита», «ЎзКейсмаш» ва б. корхоналар К. асосида фаолият юритади (қ. Меҳнат кооперацияси, Матлубот кооперацияси, Уй-жой кооперацияси, Қишлоқ хўжалиги кооперацияси ва б.).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.