Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Lopolit

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 182-b. — ziyouz.com

    Lopolit (yun. lopas — tovoq va lithos — toş) — magmatik toğ jinslarining örtasi çökkan va çekkalari kötarilgan yassi tovoq körinişida yotişi. Hozirda L.ning köndalang kesimi voronkasimon va içki strukturasi tovoqsimon ekanligi aniklangan. L. Yer pöstiga singgan magma yer yuzasiga yaqin kelsa va L. yuzasini qoplagan çökindi jinslar magma öçoği zonasi tomon egilganda yuzaga keladi. Yana q. Toğ jinslarining yotişi.

    Q.: Toğ jinslarining yotişi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛОПОЛИТ (юн. lopas — товоқ ва lithos — тош) — магматик тоғ жинсларининг ўртаси чўккан ва чеккалари кўтарилган ясси товоқ кўринишида ётиши. Ҳозирда Л.нинг кўндаланг кесими воронкасимон ва ички структураси товоқсимон эканлиги аникланган. Л. Ер пўстига сингган магма ер юзасига яқин келса ва Л. юзасини қоплаган чўкинди жинслар магма ўчоғи зонаси томон эгилганда юзага келади. Яна қ. Тоғ жинсларининг ётиши.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.