Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Meniskli teleskop

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 426-b. — ziyouz.com

    Meniskli teleskop - astronomik kuzatişlar uçun möljallangan optik asbob. Asosiy qismlari — menisk va botiq sferik közgu (rayem). Barça optik sirtlari sferik şaklga ega. M.t.ning optik qismlari barça optik tasvir buzilişlari (aberratsiya) ni bartaraf etişi tufayli yuqori sifatli va keng kölamli tasvirlarni hosil qiladi. M.t. fotografik teleobyektiv vazifasini ham ötaşi mumkin. Öz FA Astronomiya institutida közgusining diametri 1500 mm bölgan M.t. örnatilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МЕНИСКЛИ ТЕЛЕСКОП - астрономик кузатишлар учун мўлжалланган оптик асбоб. Асосий қисмлари — мениск ва ботиқ сферик кўзгу (раем). Барча оптик сиртлари сферик шаклга эга. М.т.нинг оптик қисмлари барча оптик тасвир бузилишлари (аберрация) ни бартараф этиши туфайли юқори сифатли ва кенг кўламли тасвирларни ҳосил қилади. М.т. фотографик телеобъектив вазифасини ҳам ўташи мумкин. Ўз ФА Астрономия институтида кўзгусининг диаметри 1500 мм бўлган М.т. ўрнатилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.