Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Molyar eritma

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 710-b. — ziyouz.com

    Molyar eritma — 1 l eritmada erigan moddaning grammmolekula (mol)lari soni b-n ifodalanadigan eritma konsentratsiyasi. Bunday eritma M harfi b-n belgilanadi. Bu harfning oldiga eritmaning «molyarligini», ya'ni uning 1 litrida erigan moddaning mollar sonini körsatadigan koeffitsiyent qöyiladi. Mac, 2 M eritmaning 1 litrida 2 mol erigan modda borligini, 0,3 M eritmaning 1 litrida 0,3 mol erigan modda borligini körsatadi (yana q. Konsentratsiya).

    Q.: Konsentratsiya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МОЛЯР ЭРИТМА — 1 л эритмада эриган модданинг грамммолекула (моль)лари сони б-н ифодаланадиган эритма концентрацияси. Бундай эритма М ҳарфи б-н белгиланади. Бу ҳарфнинг олдига эритманинг «молярлигини», яъни унинг 1 литрида эриган модданинг моллар сонини кўрсатадиган коэффициент қўйилади. Mac, 2 М эритманинг 1 литрида 2 моль эриган модда борлигини, 0,3 М эритманинг 1 литрида 0,3 моль эриган модда борлигини кўрсатади (яна қ. Концентрация).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.