Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Muhammad

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 911–913-b. — ziyouz.com

    Muhammad MUHAMMAD, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinçi musulmonlar jamoasi asosçisi. Musulmonlar e'tiqodiga köra, Allohning oxirgi payğambari va uning elçisi. Şu ma'noda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb ataş odat tusiga kirgan. Ba'zi diniy manbalarda M.ning 99 nomi keltiriladi. Islom ta'limotiga köra, M. nomini aytgan yoki eşitgan kişi «sallalohu alayhi vasallam» (sav) yoki «alayhissalom» (as) deb salovat aytib qöyiş vojib hisoblanadi. M. orqali odamlarga Kur'on nozil qilingan. Qurayş qabilasining hoşimiylar uruğiga mansub, unça boy bölmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tuğilgan. M.ning bolalik va ösmirlik yillari haqidagi ma'lumotlar juda kam. M. gödakligidayoq yetim qolgan; tuğilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoşligida esa — onasi Omina vafot etgan. M.ni öz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham köp ötmay olamdan ötadi. Yetim bolani tarbiya qilişni amakisi Abu Tolib öz zimmasiga oladi. 12 yoşida M. bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat işlariga jalb qilinadi. Abu Tolib M.ni 21 yoşida Huvaylid ibn As'adning qizi, badavlat beva ayol Xadiça xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadiçaning savdo işlari b-n şuğullangan M. Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damaşq şaharlariga boradi. M. 25 yoşida (595 y.) 40 yoşlarga borib qolgan Xadiçaga uylanadi. M.dan Xadiça 3 öğil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) körgan. Uğillari gödakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina M. naslini davom ettirgan. Xadiça vafotidan söng M. bir neça bor uylangan (lekin, Oyşadan boşqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand körmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli öğli bölgan. U ham juda yoşligida olamdan ötgan.

    M. 40 yoşga tölganida özini boşqaça seza boşlaydi. Yolğizlikni qömsab, Makka yonidagi Hiro toğida joylaşgan ğorga borib ibodat b-n maşğul bölar, öyga tolardi. Taxm. 610 y.da M. Makkada özining xudodan vahiy olayotganligini e'lon qiladi. Buni birinçilardan bölib Xadiça, M.ning amakivaççasi Ali ibn Abu Tolib hamda asrandi öğli Zayd ibn Horisa e'tirof etib imon keltirişgan. Köp ötmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon M.ni çin payğambar deb tan olişgan. M. izdoşlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kişidan oşmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayşlilar esa M. ta'limotini oçikdan-oçiq duşmanlik b-n qarşi olgan. Buning natijasida M. tarafdorlaridan 11 xonadon Habaşiston (hoz. Efiopiya) ga köçib ketgan. M. jamoasiga jasur jangçilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qöşilişi jamoaning mavqeini oşirdi. Ayni vaqtda qurayş zodagonlarining M. va uning tarafdorlariga duşmanligi yanada kuçaydi. 620 y.da Xadiçaning, söngra Abu Tolibning vafotidan söng Makkada vaziyat yomonlaşadi, M. muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi an'anaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari M. b-n uçraşib, sodiklik bildirişadi va yordam qilişga va'da berişadi, M.ni Yasribga köçib borişga da'vat qilişadi. Avval M.ning izdoşlari (ashoblar) öz oilalari b-n qurayş zodagonlaridan maxfiy ravişda guruh-guruh bölib köçadi. Oxirida M.ning özi Abu Bakr b-n jönab ketadi. 622 y.da yuz bergan bu köçiş payti (arab, hijrat)dan musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi boşlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy («Payğambar şaxri») yoki qisqaça, Madina deb ataladigan böldi.

    Madinada birinçi masjid qurildi, islom arkon (rukn)lari işlab çiqila boşlandi, Ka'ba qibla qilib belgilandi. Jamoani jipslaştiriş va uni kengaytiriş uçun makkalik muşriklarga qarşi kuraşiş zarur edi. Makkaliklarga qarşi uyuştirilgan iqtisodiy uruş ular farovonligining asosiy manbai bölgan savdo karvonlari işini çippakka çiqardi. 624 y.da Badr quduqlari oldida (q. Badr jangi), 625 y.da Uhud toği etagida (q. Uhud jangi) janglar böldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba beriş maqsadida yirik harbiy safarga otlanişdi. M. Madinani uzoq qamal şaroitiga tayyorladi, şahar atrofiga çuqur xandaklar qazildi va u yerlarga kamonçi öqçilar joylaştirildi. Kutilmagandagi izğirin, kuçli şamollar qamal qiluvçilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boşlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu ğalaba Madina jamoasini yanada jipslaştiriş b-n birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qöşilişiga olib keldi. Hijraning 6-yilida makkalik qurayş zodagonlari mavjud muammolarni kelişuvçilik yöli b-n bartaraf etiş uçun M. b-n tengmateng muzokara olib borişga majbur bölişdi (q. Xudaybiya bitimi). Madinaga qarşi kuraşning yetakçilaridan biri bölgan Abu Sufyon M. tarafiga ötdi. 630 y.da Makka M.ga jangsiz taslim böldi, makkaliklar M. jamoalariga qöşildi. 631 y.da köp qabilalar M.ga böysundi va islomni qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. öz oila a'zolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kişi b-n Makkaga birinçi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolaşuv haji bölgan. Mana şu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Öşandan buyon ötgan barça asrlar davomida musulmonlar bu şaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan söng M. Madinada vafot etdi. Payğambar (as)ni öz hujrasiga dafn qilişgan, maqbarasi keyinçalik u yerda qurilgan katta masjid içida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.

    M.ning hayoti va tarjimai holi siyradya, uning sözlari va qilgan işlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom ta'limotida M. komil inson sifatida ta'riflanadi. Sunnat payğambarning hayoti barça musulmonlar uçun namuna bölişi kerakligi ta'kidlanadi. Islom an'anasida M. heç qanday ğayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning çin va oxirgi payğambari ekanligi qayd etiladi.

    M.ning şaklu şamoillari, siyratu sifatlari, insoniy fazilatlari, boşqa payğambarlardan farq etadigan xususiyatlari töğrisida u b-n birga yurgan, suhbatlaridan bahramand bölgan sahobalar hamda nikohida bölgan ayollari tomonidan nakl qilingan rivoyatlar asosida köplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning «Şamoili nabaviya», Muhammad Busiriyning «Qasidai burda», Abu Ja'far Barzanjiyning «Mavlidin-Nabiy», Muhammad ibn Solihning «Muhammadiya», Mavlono Mu'inning «Siyari şarif», Akbarobodiyning «Nodirul-me'roj», Sayyid Mahmud Taroziyning «Şirin kalom», «Nurul kalom», «Nurulbasar» va b. köplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltiriş mumkin. Imom Termiziyning «Şamoili Muhammadiyya» kitobi ular içida qadimiyligi va rivoyatlarining sahixligi b-n ajralib turadi. Unda M.ning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil ta'rif berilgan. Mas, ikki kiftlari örtasida «Muhammadun rasululloh» deya bitilgan muhri nubuvvatlari bölgani, soçsoqollarining oqu qorasi neçta bölganidan tortib, kiyim-keçaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qiliçqalqonlari, salla-çoponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin öqigan duolari, suv içişlari, xuşböy narsalarni iste'mol qilişlari, sözlaşiş odoblari, xulq-odoblari, kuliş va hazil-mutoyibalari, musiqa va şe'riyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotiş-turişlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikçiliklari, nomu laqablari, umrlarining mikdori, xastalik va va-fotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari töğrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilişlari töğrisida jumladan şunday nakl qilinadi: «Ul zotning böylari unçalik novça ham, past qam emas, boş, qöl, oyoq va kiftlari yöğon, yuzlari qizğiş, közlari katta, oqi juda oq, qorasi öta qora, ötkir, soçlari quloqlarining yumşoklaritaça yopib, yelkalariga tegibtegmay turar, böyinlari soçlari orasidan tovlanib, göyo kumuş közdek körinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kişiga qayrilib qaramoqçi bölsalar boşlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari b-n ögirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday körsalar, orqa tomonlarini ham şunday körar edilar. M.ning soyasi yer uzra namoyon bölmas edi».

    Ad.: Hadis (Al-Jomi' assahih), 1—4-j.lar (2-naşri), T., 1997; Imom at-Termiziy, Şamoili Muhammadiyya, T., 1991; Soğuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-kitob), T., 1997; Hazrati payğambar hayoti (2naşri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob: Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T., 2003.

    Abdulaziz Mansur.

    Q.: Badr jangi, Uhud jangi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МУҲАММАД, Муҳаммад ибн Абдуллоҳ (570/571, Макка — 632, Мадина) — ислом дини ва биринчи мусулмонлар жамоаси асосчиси. Мусулмонлар эътиқодига кўра, Аллоҳнинг охирги пайғамбари ва унинг элчиси. Шу маънода уни Расулуллоҳ, Расули Акрам деб аташ одат тусига кирган. Баъзи диний манбаларда М.нинг 99 номи келтирилади. Ислом таълимотига кўра, М. номини айтган ёки эшитган киши «саллалоҳу алайҳи васаллам» (сав) ёки «алайҳиссалом» (ас) деб саловат айтиб қўйиш вожиб ҳисобланади. М. орқали одамларга Куръон нозил қилинган. Қурайш қабиласининг ҳошимийлар уруғига мансуб, унча бой бўлмаган, лекин Макка зодагонларига яқин оилада туғилган. М.нинг болалик ва ўсмирлик йиллари ҳақидаги маълумотлар жуда кам. М. гўдаклигидаёқ етим қолган; туғилмасидан аввал отаси Абдуллоҳ, 6 ёшлигида эса — онаси Омина вафот этган. М.ни ўз тарбиясига олган бобоси Абдулмутталиб ҳам кўп ўтмай оламдан ўтади. Етим болани тарбия қилишни амакиси Абу Толиб ўз зиммасига олади. 12 ёшида М. бир муддат Абу Толибнинг подасини боқади, кейин тижорат ишларига жалб қилинади. Абу Толиб М.ни 21 ёшида Ҳувайлид ибн Асъаднинг қизи, бадавлат бева аёл Хадича хонадонига дастёрликка беради. Хадичанинг савдо ишлари б-н шуғулланган М. Сурияга сафар қилади, хусусан, Ҳалаб ва Дамашқ шаҳарларига боради. М. 25 ёшида (595 й.) 40 ёшларга бориб қолган Хадичага уйланади. М.дан Хадича 3 ўғил (Қосим, Тоҳир, Таййиб) ва 4 қиз (Руқия, Зайнаб, Умму Кулсум, Фотима) кўрган. Уғиллари гўдаклигидаёқ вафот этган. Қизларидан Фотимагина М. наслини давом эттирган. Хадича вафотидан сўнг М. бир неча бор уйланган (лекин, Ойшадан бошқа бокира хотин олмаган), улардан фарзанд кўрмаган. Фақат жорияси Мориядан Иброҳим исмли ўғли бўлган. У ҳам жуда ёшлигида оламдан ўтган.

    М. 40 ёшга тўлганида ўзини бошқача сеза бошлайди. Ёлғизликни қўмсаб, Макка ёнидаги Ҳиро тоғида жойлашган ғорга бориб ибодат б-н машғул бўлар, ўйга толарди. Тахм. 610 й.да М. Маккада ўзининг худодан ваҳий олаётганлигини эълон қилади. Буни биринчилардан бўлиб Хадича, М.нинг амакиваччаси Али ибн Абу Толиб ҳамда асранди ўғли Зайд ибн Ҳориса эътироф этиб имон келтиришган. Кўп ўтмай, Макканинг энг нуфузли савдогарларидан Абу Бакр, Зубайр, Талҳа, Саъд ибн Абу Ваққос, Абдураҳмон ибн Авф ва Усмон ибн Аффон М.ни чин пайғамбар деб тан олишган. М. издошлари жамоаси дастлабки пайтларда 50 кишидан ошмаган. Макканинг асосий аҳолиси, айниқса, нуфузли қурайшлилар эса М. таълимотини очикдан-очиқ душманлик б-н қарши олган. Бунинг натижасида М. тарафдорларидан 11 хонадон Ҳабашистон (ҳоз. Эфиопия) га кўчиб кетган. М. жамоасига жасур жангчилар сифатида танилган Ҳамза ва Умар ибн Хаттобнинг қўшилиши жамоанинг мавқеини оширди. Айни вақтда қурайш зодагонларининг М. ва унинг тарафдорларига душманлиги янада кучайди. 620 й.да Хадичанинг, сўнгра Абу Толибнинг вафотидан сўнг Маккада вазият ёмонлашади, М. муайян хатар остида қолади. Ҳар йилги анъанавий Макка зиёратига келган ясриблик Авс ва Ҳазраж қабилаларининг вакиллари М. б-н учрашиб, содиклик билдиришади ва ёрдам қилишга ваъда беришади, М.ни Ясрибга кўчиб боришга даъват қилишади. Аввал М.нинг издошлари (асҳоблар) ўз оилалари б-н қурайш зодагонларидан махфий равишда гуруҳ-гуруҳ бўлиб кўчади. Охирида М.нинг ўзи Абу Бакр б-н жўнаб кетади. 622 й.да юз берган бу кўчиш пайти (араб, ҳижрат)дан мусулмонлар эраси — ҳижрий йил ҳисоби бошланади. Ясриб эса Мадина ан-Набий («Пайғамбар шахри») ёки қисқача, Мадина деб аталадиган бўлди.

    Мадинада биринчи масжид қурилди, ислом аркон (рукн)лари ишлаб чиқила бошланди, Каъба қибла қилиб белгиланди. Жамоани жипслаштириш ва уни кенгайтириш учун маккалик мушрикларга қарши курашиш зарур эди. Маккаликларга қарши уюштирилган иқтисодий уруш улар фаровонлигининг асосий манбаи бўлган савдо карвонлари ишини чиппакка чиқарди. 624 й.да Бадр қудуқлари олдида (қ. Бадр жанги), 625 й.да Уҳуд тоғи этагида (қ. Уҳуд жанги) жанглар бўлди. 626 й.да маккаликлар мадиналикларга узил-кесил зарба бериш мақсадида йирик ҳарбий сафарга отланишди. М. Мадинани узоқ қамал шароитига тайёрлади, шаҳар атрофига чуқур хандаклар қазилди ва у ерларга камончи ўқчилар жойлаштирилди. Кутилмагандаги изғирин, кучли шамоллар қамал қилувчиларни толиқтирди, улар орасида низолар бошланди. Натижада Мадина қамали бекор қилинди, бу ғалаба Мадина жамоасини янада жипслаштириш б-н бирга, унга янги-янги бадавий қабилаларнинг қўшилишига олиб келди. Ҳижранинг 6-йилида маккалик қурайш зодагонлари мавжуд муаммоларни келишувчилик йўли б-н бартараф этиш учун М. б-н тенгматенг музокара олиб боришга мажбур бўлишди (қ. Худайбия битими). Мадинага қарши курашнинг етакчиларидан бири бўлган Абу Суфён М. тарафига ўтди. 630 й.да Макка М.га жангсиз таслим бўлди, маккаликлар М. жамоаларига қўшилди. 631 й.да кўп қабилалар М.га бўйсунди ва исломни қабул қилди. Ҳижранинг 10-йили (632 й. мартида) М. ўз оила аъзоларини олиб, Мадина атрофларидаги 100 мингдан ортиқ киши б-н Маккага биринчи ва охирги марта зиёрат (ҳаж)га борди. Бу видолашув ҳажи бўлган. Мана шу зиёрат Макканинг ислом дини маркази сифатидаги мавқеини узил-кесил ҳал этди. Ўшандан буён ўтган барча асрлар давомида мусулмонлар бу шаҳарни зиёрат қилади. Ҳаж сафаридан 81 кун кейин узоқ давом этмаган касалликдан сўнг М. Мадинада вафот этди. Пайғамбар (ас)ни ўз ҳужрасига дафн қилишган, мақбараси кейинчалик у ерда қурилган катта масжид ичида қолган, мусулмонларнинг зиёратгоҳига айлантирилган.

    М.нинг ҳаёти ва таржимаи ҳоли сийрадя, унинг сўзлари ва қилган ишлари ҳақидаги ривоятлар ҳадисларда баён этилган. Ислом таълимотида М. комил инсон сифатида таърифланади. Суннат пайғамбарнинг ҳаёти барча мусулмонлар учун намуна бўлиши кераклиги таъкидланади. Ислом анъанасида М. ҳеч қандай ғайритабиий, илоҳий хусусиятга эга эмаслиги, балки ҳамма каби оддий одам, лекин Аллоҳнинг чин ва охирги пайғамбари эканлиги қайд этилади.

    М.нинг шаклу шамоиллари, сийрату сифатлари, инсоний фазилатлари, бошқа пайғамбарлардан фарқ этадиган хусусиятлари тўғрисида у б-н бирга юрган, суҳбатларидан баҳраманд бўлган саҳобалар ҳамда никоҳида бўлган аёллари томонидан накл қилинган ривоятлар асосида кўплаб асарлар битилган. Улардан Абу Исо Термизийнинг «Шамоили набавия», Муҳаммад Бусирийнинг «Қасидаи бурда», Абу Жаъфар Барзанжийнинг «Мавлидин-Набий», Муҳаммад ибн Солиҳнинг «Муҳаммадия», Мавлоно Муъиннинг «Сияри шариф», Акбарободийнинг «Нодирул-меърож», Саййид Маҳмуд Тарозийнинг «Ширин калом», «Нурул калом», «Нурулбасар» ва б. кўплаб му-аллифларнинг асарларини мисол қилиб келтириш мумкин. Имом Термизийнинг «Шамоили Муҳаммадийя» китоби улар ичида қадимийлиги ва ривоятларининг саҳихлиги б-н ажралиб туради. Унда М.нинг жисмоний ва ахлоқий хусусиятларига батафсил таъриф берилган. Мас, икки кифтлари ўртасида «Муҳаммадун расулуллоҳ» дея битилган муҳри нубувватлари бўлгани, сочсоқолларининг оқу қораси нечта бўлганидан тортиб, кийим-кечаклари, оёқ кийимлари, таққан узуклари, қиличқалқонлари, салла-чопонлари, еган ва ёқтирган таомлари, овқатдан олдин ва кейин ўқиган дуолари, сув ичишлари, хушбўй нарсаларни истеъмол қилишлари, сўзлашиш одоблари, хулқ-одоблари, кулиш ва ҳазил-мутойибалари, мусиқа ва шеъриятга муносабатлари, ибодат ва риёзатлари, тиловат ва муножотлари, ётиш-туришлари, тиббиётга муносабатлари, кундалик тирикчиликлари, ному лақаблари, умрларининг микдори, хасталик ва ва-фотлари, қолдирган мерослари ва б. сифатлари тўғрисида алоҳида-алоҳида боб ва фасллар орқали баён этилган. Жисмоний тузилишлари тўғрисида жумладан шундай накл қилинади: «Ул зотнинг бўйлари унчалик новча ҳам, паст қам эмас, бош, қўл, оёқ ва кифтлари йўғон, юзлари қизғиш, кўзлари катта, оқи жуда оқ, қораси ўта қора, ўткир, сочлари қулоқларининг юмшокларитача ёпиб, елкаларига тегибтегмай турар, бўйинлари сочлари орасидан товланиб, гўё кумуш кўздек кўриниб турар, терласалар, маржондек терларидан муаттар ҳид таралар, бирор кишига қайрилиб қарамоқчи бўлсалар бошларинигина буриб қарамай, балки бутун гавдалари б-н ўгирилиб қарар эдилар. Олд томонларини қандай кўрсалар, орқа томонларини ҳам шундай кўрар эдилар. М.нинг сояси ер узра намоён бўлмас эди».

    Ад.: Ҳадис (Ал-Жомиъ ассаҳиҳ), 1—4-ж.лар (2-нашри), Т., 1997; Имом ат-Термизий, Шамоили Муҳаммадийя, Т., 1991; Соғуний А., Тарихи Муҳаммадий (1—2-китоб), Т., 1997; Ҳазрати пайғамбар ҳаёти (2нашри), Т., 1997; Ҳасанов А., Қадимги Арабистон ва илк ислом (1китоб: Жоқилия асри). Т., 2001.; Лутфий Аҳмад, Саодат асри қиссалари [1-китоб. Интизор кутилган тонг], Т., 2003.

    Абдулазиз Мансур.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.