Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Nikaragua

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 223–226-b. — ziyouz.com

    Nikaragua (Nicaragua), Nikaragua Respublikasi (Republika de Nicaragua) — Markaziy Amerikadagi davlat. Mayd. 129,494 ming km2. Aholisi 5 mln. kişi (2002). Poytaxti — Managua ş. Ma'muriy jihatdan 15 departament (departamento) va 2 muxtor regionga bölinadi.

    Davlat tuzumi. N. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987 y. 9 yanv. da kabul qilingan, unga 1995 va 2000 y.larda tu-zatişlar kiritilgan. Davlat boşliği — prezident (2002 y.dan Enrike Bolan-os Geyer). U töğri va yaşirin ovoz beriş yöli b-n 5 y. muddatga saylanadi, ketma-ket ikkinçi muddatga saylanişi mumkin emas. Qonun çiqaruvçi hokimi-yatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oşiradi.

    Tabiati. Karib dengizi qirğoğidagi ensiz (130 km gaça) allyuvial pasttekislik Moskito sohili deb ataladi. Mamlakat şim. va markazidagi yassi toğlikni daryolar kesib ötadi (Kordilyera-Isabelya togining eng baland çöqqisi 2438 m). Ğarbi va jan.da tek-tonik botiq, vulkanlar, köllar bor. Yirik köllari — Nikaragua va Managua. Zilzila bölib turadi. Oltin, kumuş, nikel, simob, mis, qörğoşin-rux, kumir, neft konlari bor. Iklimi tropik, passatli, doimiy nam. Oylik örtaça temperatura 25—28°, toğlarda 16—18°, yillik yoğin 2000— 4000 mm dan 6500 mm gaça. Daryolari şar-şarali, sersuv, eng katta daryosi — Rio-Grande. Mamlakat hududining 50% dan köproği örmon, içki hududlarida savanna köp. N.da buğu, maymun, tapir, pekar, çumolixör, şuningdek, juda köp kemiruvçilar, kurşapalaklar, quşlar, sudraluvçilar uçraydi. Vol-kan-Masaya, Saslaya milliy boglari bor.

    Aholisining 87,7% ga yaqini nikaraguanlar. Kolgan qismi sambo, mulatlar, toğli joylarda moskito (indeys) lar. Ispan-indeys metislari latino deb ataladi. Rasmiy tili — ispan tili. Köpçilik aholi katolik, bir qismi protestant. Şahar aholisi 61%. Yirik şaharlari: Managua, Leon, Matagal-pa, Granda.

    Tarixi. Kadimda N. hududida çibça, atstek, toltek kabi indeys qabilalari yaşagan. Mamlakat kabilalardan birining boşliği Nikarao nomi b-n atalgan. N.ga 1502 y. 16 sent.da yevropaliklardan birinçi bölib X. Kolumb borgan. 1524 y.da ispanlar uni mustamlaka qilib oldilar. 1573 y.da Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga ki-ritildi. Mahalliy aholining köpçiligi qirib taşlandi, bir qismi qul qilindi. Ispan konkistadorlari va ularning avlodlari — kreollar mamlakat yerlarining köp qismini egalladilar. Plantatsiyalarda işlatiş uçun Afrikadan qul negrlar keltirildi. 19-a. oxiriga kelib, N.da Liberal va Konservativ partiyalar paydo böddi. 1821 y. 15 sent.da N. mustaqillikka erişdi. 1824 y. quddorlik bekor qilindi. N. 1822 y. Meksika imperiyasi, 1823—38 y.larda Markaziy Amerika qöşma provinsiyalari tarkibida böldi. 1855 y. N.ni AQŞ qöşinlari bosib oldi. 1856 y. amerikalik U. Uoker özini N. prezidenti deb e'lon qildi, ammo Gvatemala, Salvador va Gondu-rasning birlaşgan qöşinlari Uokerni N.dan haydab yubordi. Bu kuraşda faol katnaşgan T. Martines 1857—67 y.lar N. prezidenti böldi. Şundan keyin hokimiyat goh konservatorlar, goh liberallar qöliga ötdi. X.S. Selaya boşliq liberallarning milliy siyosatini yoqtirmagan AQŞ qöşinlari 1911 y. intervensiya uyuştirib, N. hukumatini ağdarib taşladi va mamlakatni okkupatsiya qilib oldi (1912—33). 1927 y. A. S. Sandino boşçiligida milliy ozodlik kuraşi kuçayib, vatanparvarlar ğalabasi b-n tugadi. Ammo milliy gvardiya qömondoni A. Somosa xiyonat yöliga kirib, A. Sandino joniga qasd qildi va 1936 y.da davlat töntarişi uyuştirdi. Mamlakatda Somosa xona-donining harbiysiyosiy istibdodi hukmron bölib oldi. 60-y.lar boşida mamlakatda keng xalq harakati boşlandi. 1961 y. Sandinoçilar milliy ozodlik fronti tuzildi, u Somosa rejimini ağdariş uçun kuraşda yetakçi siyosiy va harbiy kuçga aylandi. 1974 y. tuzilgan Ozodlik demokratik ittifoqi mamlakatning yetakçi muxolifat partiyalarini birlaştirdi, 1978 y. Keng muxolifat fronti tuzildi. Somosa diktaturasi butunlay yakkalanib qoldi. Öşa yil avg.da butun mamlakatda xalq qözğoloni boşlandi va 1979 y. 19 iyudda xalq inqilobi ğalaba qozon-di, A. Somosa diktaturasi ağdarib taşlandi. Butun hokimiyat Milliy tikla-niş hukumati qöliga ötdi. 1984 y. 4 noyab. da erkin yalpi saylov ötkazildi. Sandinoçilar milliy ozodlik frontining nomzodi D. Ortega prezident etib saylandi. 2001 y. 4 noyab.dagi saylovda ğalaba qozongan prezident E.B. Geyer Liberal konstitutsiyaçilar partiyasining rahbaridir. N. — 1945 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayram — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).

    Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. N. sotsialistik partiyasi, 1939 y. asos solingan, 1944 y. 3 iyulda taşki-liy jihatdan rasmiylaştirilgan; Musta -qil liberal partiya, 1944 y. taşkil etilgan; N. sotsial xristian partiyasi, 1957 y. tuzilgan; Sandinoçilar milliy ozodlik fronti partiyasi, 1961 y. taşkil etilgan; Liberal konstitutsiyaçilar partiyasi, 1967 y. tuzilgan; Milliy birlik mustaqil liberal partiyasi, 1988 y. tuzilgan; N. konservativ partiyasi, 1922 y. Konservativ demokratik partiya b-n Sotsial-konservativ partiyaning qöşilişi natijasida vu-judga kelgan; Sandinoçilar yangilaniş harakati, 1995 y. mayda tuzilgan. N.da 5 ta kasaba uyuşmasi bor, ularning yiriklari: Mexnatkaşlar milliy fronti, 1979 y.da asos solingan; Q.x. mahnatkaşlari uyuşmasi, 1979 y.da tuzilgan; N. mehnatkaşlari kasaba uyuşma markazi, 1962 y. taşkil etilgan.

    Xöjaligi. N. — agrar mamlakat, sanoati sust rivojlangan. Mamlakatda qimmatbaho qizil daraxt, kedr, kebraço, kauçukli daraxtlar köp. Foydali qazilmalarni kavlab oliş yaxşi yölga qöyilmagan. Yalpi içki mahsulotda q.x. uluşi — 30,8%, sanoatning uluşi — 17,5%.

    Qişloq xöjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini taşkil eta-di, unda paxta, kofe, şakarqamiş yetiştiriladi. Şoli, kunjut, loviya, makkajöxori, banan, tamaki, kakao ham ekiladi. Yaylov çorvaçiligida qoramol, çöçqa boqiladi. Iqtisodiy faol aholining 47% q.x.da band. Sohil aholisi baliq va dengiz jonivorlarini ovlaş b-n şuğullanadi.

    Sanoati. Oltin, kumuş, mis, qörğoşin-rux rudalari, neft qazib olinadi. Oziq-ovqat va yengil (asosan, töqimaçilik va poyabzal) sanoat — qayta işlaş sanoatining yetakçi tarmoklari hisoblanadi. Kuşxonalar, qand-şakar, paxta tozalaş korxonalari, könçilik z-dlari, metallsozlik, kimyo, farmatsevtika, sement, qoğoz, yoğoçsozlik tarmoklarining mayda korxonalari bor. Managua yaqinida neft mahsulotlari z-di qurilgan. Yiliga örtaça 1,07 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat mar-kazlari — Managua, Leon, Masaya. T.y. uzunligi — 403 km, avtomobil yöllari — 14,4 ming km. Dengiz portlari — Korinto, Blufilds, San-Xuan-del-Sur. N. çetga paxta tolasi, çigit, kofe, göşt, qand-şakar, yoğoç, mineral xom aşyo çiqaradi. Çetdan maşina va asbob-uskuna, tayyor buyumlar, xom aşyo va b.ni sotib oladi. Sav-do-sotiqdagi asosiy hamkorlari: AQŞ, Markaziy Amerika mamlakatlari, Germaniya, Yaponiya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Italiya. Pul birligi — oltin kordoba (oro).

    Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Davlatga qaraşli tibbiy muassasalar b-n bir qatorda xususiy şifoxonalar ham mavjud. Vraçlar Leondagi N. Milliy muxtor un-tining tibbiyot f-tida va Managuadagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. N. maorifi A. Somosa hukmronligi davrida inqiroz holatida edi. 1978—79 y.larda mamlakat aholisining 70%, qişloq aholisining 90% savodsiz bölgan. 1979 y.dan yalpi majburiy umumiy boşlanğiç ta'lim joriy etila boşladi. Örta ta'lim [örta maktabda 5 (3+2) yoki 6 (3+3) yillik] bepul böldi. Oliy öquv yurtlari: Leondagi N. Milliy muxtor un-ti (1812 y.da asos solingan), Managuadagi Markaziy Amerika un-tining N. bölimi (1961), Managuadagi un-t (1976). Ilmiy muassa-salari: N. tillar akademiyasi (1928), Geogr. va tarix akademiyasi (1934), Milliy falsafa akademiyasi (1964), Geol. mahkamasi, Q.x. in-ti (hammasi Managuada). Managuada Markaziy ku-tubxona, Leonda un-t markaziy kutubxonasi va Munitsipal kutubxona, Managuada Markaziy muzey (1896), Masaya ş.da «Tenderi» muzeyi va b. bor.

    Matbuoti, radioeşitgirişi va tele-körsatuvi. Yirik gaz. va jur.lari: «Barrikada» (kundalik gaz., 1979 y.dan), «Brigadista» (oyiga 2 marta çiqadigan gaz., 1981 y.dan), «Gaseta» (kundalik rasmiy gaz., 1912 y.dan), «Nuevo diario» («Yangi gazeta», kundalik gaz., 1980 y.dan), «Prensa» («Matbuot», kundalik gaz., 1926 y.dan), «Sentroamerikano» («Markaziy amerikalik», kundalik keçki gaz., 1917 y.dan), «Poder sandinista» («Sandinoçilar hokimiyati», haftalik jur., 1980 y.dan) va b. Axensia Nikaraguense de No-tisias — ANN hukumat axborot agent-ligi 1979 y. tuzilgan. «Telkor» davlat aloqa korporatsiyasi, N. radiosi hukumat radio st-yasi (1979) va Milliy televideniye tizimi (1979) mavjud.

    Adabiyoti ispanlar Markaziy Amerikaga kelgandan keyin 16-a. 2-yarmidan ispan tilida vujudga kelib, rivojlana boşladi. Fernandes de Ovye-do-i-Valdesning «Nikaragua tarixi» (16-a. oxiri)ni birinçi adabiy yodgorlik deb hisoblaydilar. 18-a. oxirlarida M. Larraynaga va R.F. Osexo ilmiy-ommabop asarlar va siyosiy makrlalar b-n maydonga çikdi. Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalari mustaqilligi uçun uruş (1810—26) mamlakatda adabiyotni rivojlantirişga turtki böddi. Şu uruş qatnaşçisi F. Kin-ones Sunsinning qöşiqlar va hajviyalardan iborat «Şe'rlar» töplami ada-biyotda romantizmga asos böldi. 19-a. oxi-rigaça davom etgan mazkur oqim A. Aragon, L. A. Vilya, K. Dias kabi adiblarni voyaga yetkazdi. 19- a. oxiri prozasida kos-tumbrizm qaror toddi. Bu oqim Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlari adabiyoti va tasviriy san'atida xalq turmuşini real aks ettirişga intiliş tamoyilini ifodalar edi (G. Gusman romanlari, X. D. Games, A. F. Bala-nos oçerklari). R. Dario poeziyada modernizmga asos soldi. Şoirning «Lo-juvard», «Hayot va umid qöşiqlari» va b. töplamlariga kiritilgan asarlari vatanparvarlik tuyğularini kuylaydi. 20-a. boşlarida S. Arguelo, X. Oliva-res, X. Salgado, S. Sakas, S. de la Selva şe'rlari, E. Robleto romanlari şuhrat qozondi. 30-y.lardan keyin köpgina şoir va yozuvçilar ta'q-ibga uçradi. Somosa rejimi agdaril-gaç, adabiyot gurkirab rivojlandi. J. Belli, E. Ilyeskas, K. Peres Alonso, E. Gutyerres, Fanor Telyes, X. Valye-Kastilo kabi şoirlar ozodlikni madh etuvçi şe'rlar yaratişdi. Adiblardan L.A. Kabrales, B.Morales, S. Ramires asarlari şuhrat qozondi.

    Me'morligi va tasviriy san'ati. N.dagi qad. indeys madaniyati Meksika, Kolumbiya, Panama madaniyatlari ta'sirida bölgan. Qoyalardagi tasvirlar, börtma toş ustunlar, toş haykal va haykalçalar, sopol guldon va b. saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli, qalin devorli uylar (hovlisi b-n), töğri, tor köçalar va maydonlardan iborat şaharlar barpo etilgan. 17—19-a. larda qurilgan çerkovlarda barokko (Leondagi sobor, 1747— 1825), söng klassitsizm (Granadadagi San-Fransisko çerkovi, 1862) uslu-biga xos naqşlar b-n bezatilgan. 20-a.da Managua ş.da zamonaviy me'morlik uslubida qurilgan imoratlar paydo böldi (me'mor P. Dambax va b.). Keyingi asrlarda tasviriy san'at ravnaq topdi. Zamonaviy ustalardan rassom A. Alonso Roçi, öymakor X. Amador Lira, gravyuraçi S. _l^_:__2_ Baraonalar maşhur.

    Xalq amaliy san'atining yoğoç öymakorligi, kulolçilik, kaştaçilik kabi turlari ommalaşgan. Managua ş.da nafis san'at maktabi mavjud.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    НИКАРАГУА (Nicaragua), Никарагуа Республикаси (Republika de Nicaragua) — Марказий Америкадаги давлат. Майд. 129,494 минг км2. Аҳолиси 5 млн. киши (2002). Пойтахти — Манагуа ш. Маъмурий жиҳатдан 15 департамент (departamento) ва 2 мухтор регионга бўлинади.

    Давлат тузуми. Н. — республика. Амалдаги конституцияси 1987 й. 9 янв. да кабул қилинган, унга 1995 ва 2000 й.ларда ту-затишлар киритилган. Давлат бошлиғи — президент (2002 й.дан Энрике Болань-ос Гейер). У тўғри ва яширин овоз бериш йўли б-н 5 й. муддатга сайланади, кетма-кет иккинчи муддатга сайланиши мумкин эмас. Қонун чиқарувчи ҳокими-ятни Миллий ассамблея (бир палатали парламент), ижроия ҳокимиятни президент амалга оширади.

    Табиати. Кариб денгизи қирғоғидаги энсиз (130 км гача) аллювиал пасттекислик Москито соҳили деб аталади. Мамлакат шим. ва марказидаги ясси тоғликни дарёлар кесиб ўтади (Кордильера-Исабелья тогининг энг баланд чўққиси 2438 м). Ғарби ва жан.да тек-тоник ботиқ, вулканлар, кўллар бор. Йирик кўллари — Никарагуа ва Манагуа. Зилзила бўлиб туради. Олтин, кумуш, никель, симоб, мис, қўрғошин-рух, кумир, нефть конлари бор. Иклими тропик, пассатли, доимий нам. Ойлик ўртача температура 25—28°, тоғларда 16—18°, йиллик ёғин 2000— 4000 мм дан 6500 мм гача. Дарёлари шар-шарали, серсув, энг катта дарёси — Рио-Гранде. Мамлакат ҳудудининг 50% дан кўпроғи ўрмон, ички ҳудудларида саванна кўп. Н.да буғу, маймун, тапир, пекар, чумолихўр, шунингдек, жуда кўп кемирувчилар, куршапалаклар, қушлар, судралувчилар учрайди. Воль-кан-Масая, Саслая миллий боглари бор.

    Аҳолисининг 87,7% га яқини никарагуанлар. Колган қисми самбо, мулатлар, тоғли жойларда москито (индейс) лар. Испан-индейс метислари латино деб аталади. Расмий тили — испан тили. Кўпчилик аҳоли католик, бир қисми протестант. Шаҳар аҳолиси 61%. Йирик шаҳарлари: Манагуа, Леон, Матагаль-па, Гранда.

    Тарихи. Кадимда Н. ҳудудида чибча, ацтек, толтек каби индейс қабилалари яшаган. Мамлакат кабилалардан бирининг бошлиғи Никарао номи б-н аталган. Н.га 1502 й. 16 сент.да европаликлардан биринчи бўлиб X. Колумб борган. 1524 й.да испанлар уни мустамлака қилиб олдилар. 1573 й.да Гватемала генерал-капитанлиги таркибига ки-ритилди. Маҳаллий аҳолининг кўпчилиги қириб ташланди, бир қисми қул қилинди. Испан конкистадорлари ва уларнинг авлодлари — креоллар мамлакат ерларининг кўп қисмини эгалладилар. Плантацияларда ишлатиш учун Африкадан қул негрлар келтирилди. 19-а. охирига келиб, Н.да Либерал ва Консерватив партиялар пайдо бўдди. 1821 й. 15 сент.да Н. мустақилликка эришди. 1824 й. қуддорлик бекор қилинди. Н. 1822 й. Мексика империяси, 1823—38 й.ларда Марказий Америка қўшма провинциялари таркибида бўлди. 1855 й. Н.ни АҚШ қўшинлари босиб олди. 1856 й. америкалик У. Уокер ўзини Н. президенти деб эълон қилди, аммо Гватемала, Сальвадор ва Гонду-раснинг бирлашган қўшинлари Уокерни Н.дан ҳайдаб юборди. Бу курашда фаол катнашган Т. Мартинес 1857—67 й.лар Н. президенти бўлди. Шундан кейин ҳокимият гоҳ консерваторлар, гоҳ либераллар қўлига ўтди. Х.С. Селая бошлиқ либералларнинг миллий сиёсатини ёқтирмаган АҚШ қўшинлари 1911 й. интервенция уюштириб, Н. ҳукуматини ағдариб ташлади ва мамлакатни оккупация қилиб олди (1912—33). 1927 й. А. С. Сандино бошчилигида миллий озодлик кураши кучайиб, ватанпарварлар ғалабаси б-н тугади. Аммо миллий гвардия қўмондони А. Сомоса хиёнат йўлига кириб, А. Сандино жонига қасд қилди ва 1936 й.да давлат тўнтариши уюштирди. Мамлакатда Сомоса хона-донининг ҳарбийсиёсий истибдоди ҳукмрон бўлиб олди. 60-й.лар бошида мамлакатда кенг халқ ҳаракати бошланди. 1961 й. Сандиночилар миллий озодлик фронти тузилди, у Сомоса режимини ағдариш учун курашда етакчи сиёсий ва ҳарбий кучга айланди. 1974 й. тузилган Озодлик демократик иттифоқи мамлакатнинг етакчи мухолифат партияларини бирлаштирди, 1978 й. Кенг мухолифат фронти тузилди. Сомоса диктатураси бутунлай яккаланиб қолди. Ўша йил авг.да бутун мамлакатда халқ қўзғолони бошланди ва 1979 й. 19 июдда халқ инқилоби ғалаба қозон-ди, А. Сомоса диктатураси ағдариб ташланди. Бутун ҳокимият Миллий тикла-ниш ҳукумати қўлига ўтди. 1984 й. 4 нояб. да эркин ялпи сайлов ўтказилди. Сандиночилар миллий озодлик фронтининг номзоди Д. Ортега президент этиб сайланди. 2001 й. 4 нояб.даги сайловда ғалаба қозонган президент Э.Б. Гейер Либерал конституциячилар партиясининг раҳбаридир. Н. — 1945 й.дан БМТ аъзоси. Миллий байрам — 15 сент. — Мустақиллик куни (1821).

    Сиёсий партиялари, касаба уюшмалари. Н. социалистик партияси, 1939 й. асос солинган, 1944 й. 3 июлда ташки-лий жиҳатдан расмийлаштирилган; Муста -қил либерал партия, 1944 й. ташкил этилган; Н. социал христиан партияси, 1957 й. тузилган; Сандиночилар миллий озодлик фронти партияси, 1961 й. ташкил этилган; Либерал конституциячилар партияси, 1967 й. тузилган; Миллий бирлик мустақил либерал партияси, 1988 й. тузилган; Н. консерватив партияси, 1922 й. Консерватив демократик партия б-н Социал-консерватив партиянинг қўшилиши натижасида ву-жудга келган; Сандиночилар янгиланиш ҳаракати, 1995 й. майда тузилган. Н.да 5 та касаба уюшмаси бор, уларнинг йириклари: Мехнаткашлар миллий фронти, 1979 й.да асос солинган; Қ.х. маҳнаткашлари уюшмаси, 1979 й.да тузилган; Н. меҳнаткашлари касаба уюшма маркази, 1962 й. ташкил этилган.

    Хўжалиги. Н. — аграр мамлакат, саноати суст ривожланган. Мамлакатда қимматбаҳо қизил дарахт, кедр, кебрачо, каучукли дарахтлар кўп. Фойдали қазилмаларни кавлаб олиш яхши йўлга қўйилмаган. Ялпи ички маҳсулотда қ.х. улуши — 30,8%, саноатнинг улуши — 17,5%.

    Қишлоқ хўжалиги мамлакат иқтисодиётининг асосини ташкил эта-ди, унда пахта, кофе, шакарқамиш етиштирилади. Шоли, кунжут, ловия, маккажўхори, банан, тамаки, какао ҳам экилади. Яйлов чорвачилигида қорамол, чўчқа боқилади. Иқтисодий фаол аҳолининг 47% қ.х.да банд. Соҳил аҳолиси балиқ ва денгиз жониворларини овлаш б-н шуғулланади.

    Саноати. Олтин, кумуш, мис, қўрғошин-рух рудалари, нефть қазиб олинади. Озиқ-овқат ва енгил (асосан, тўқимачилик ва пойабзал) саноат — қайта ишлаш саноатининг етакчи тармоклари ҳисобланади. Кушхоналар, қанд-шакар, пахта тозалаш корхоналари, кўнчилик з-длари, металлсозлик, кимё, фармацевтика, цемент, қоғоз, ёғочсозлик тармокларининг майда корхоналари бор. Манагуа яқинида нефть маҳсулотлари з-ди қурилган. Йилига ўртача 1,07 млрд. кВт-соат электр энергия ҳосил қилинади. Асосий саноат мар-казлари — Манагуа, Леон, Масая. Т.й. узунлиги — 403 км, автомобиль йўллари — 14,4 минг км. Денгиз портлари — Коринто, Блуфилдс, Сан-Хуан-дель-Сур. Н. четга пахта толаси, чигит, кофе, гўшт, қанд-шакар, ёғоч, минерал хом ашё чиқаради. Четдан машина ва асбоб-ускуна, тайёр буюмлар, хом ашё ва б.ни сотиб олади. Сав-до-сотиқдаги асосий ҳамкорлари: АҚШ, Марказий Америка мамлакатлари, Германия, Япония, Канада, Испания, Мексика, Италия. Пул бирлиги — олтин кордоба (оро).

    Тиббий хизмати, маорифи, илмий ва маданий-маърифий муассасалари. Давлатга қарашли тиббий муассасалар б-н бир қаторда хусусий шифохоналар ҳам мавжуд. Врачлар Леондаги Н. Миллий мухтор ун-тининг тиббиёт ф-тида ва Манагуадаги тиббиёт коллежида тайёрланади. Н. маорифи А. Сомоса ҳукмронлиги даврида инқироз ҳолатида эди. 1978—79 й.ларда мамлакат аҳолисининг 70%, қишлоқ аҳолисининг 90% саводсиз бўлган. 1979 й.дан ялпи мажбурий умумий бошланғич таълим жорий этила бошлади. Ўрта таълим [ўрта мактабда 5 (3+2) ёки 6 (3+3) йиллик] бепул бўлди. Олий ўқув юртлари: Леондаги Н. Миллий мухтор ун-ти (1812 й.да асос солинган), Манагуадаги Марказий Америка ун-тининг Н. бўлими (1961), Манагуадаги ун-т (1976). Илмий муасса-салари: Н. тиллар академияси (1928), Геогр. ва тарих академияси (1934), Миллий фалсафа академияси (1964), Геол. маҳкамаси, Қ.х. ин-ти (ҳаммаси Манагуада). Манагуада Марказий ку-тубхона, Леонда ун-т марказий кутубхонаси ва Муниципал кутубхона, Манагуада Марказий музей (1896), Масая ш.да «Тендери» музейи ва б. бор.

    Матбуоти, радиоэшитгириши ва теле-кўрсатуви. Йирик газ. ва жур.лари: «Баррикада» (кундалик газ., 1979 й.дан), «Бригадиста» (ойига 2 марта чиқадиган газ., 1981 й.дан), «Гасета» (кундалик расмий газ., 1912 й.дан), «Нуэво диарио» («Янги газета», кундалик газ., 1980 й.дан), «Пренса» («Матбуот», кундалик газ., 1926 й.дан), «Сентроамерикано» («Марказий америкалик», кундалик кечки газ., 1917 й.дан), «Подер сандиниста» («Сандиночилар ҳокимияти», ҳафталик жур., 1980 й.дан) ва б. Ахенсиа Никарагуэнсе де Но-тисиас — АНН ҳукумат ахборот агент-лиги 1979 й. тузилган. «Телкор» давлат алоқа корпорацияси, Н. радиоси ҳукумат радио ст-яси (1979) ва Миллий телевидение тизими (1979) мавжуд.

    Адабиёти испанлар Марказий Америкага келгандан кейин 16-а. 2-ярмидан испан тилида вужудга келиб, ривожлана бошлади. Фернандес де Овье-до-и-Вальдеснинг «Никарагуа тарихи» (16-а. охири)ни биринчи адабий ёдгорлик деб ҳисоблайдилар. 18-а. охирларида М. Ларрайнага ва Р.Ф. Осехо илмий-оммабоп асарлар ва сиёсий макрлалар б-н майдонга чикди. Испаниянинг Америкадаги мустамлакалари мустақиллиги учун уруш (1810—26) мамлакатда адабиётни ривожлантиришга туртки бўдди. Шу уруш қатнашчиси Ф. Кинь-онес Сунсиннинг қўшиқлар ва ҳажвиялардан иборат «Шеърлар» тўплами ада-биётда романтизмга асос бўлди. 19-а. охи-ригача давом этган мазкур оқим А. Арагон, Л. А. Вилья, К. Диас каби адибларни вояга етказди. 19- а. охири прозасида кос-тумбризм қарор тодди. Бу оқим Испания ва Лотин Америкаси мамлакатлари адабиёти ва тасвирий санъатида халқ турмушини реал акс эттиришга интилиш тамойилини ифодалар эди (Г. Гусман романлари, X. Д. Гамес, А. Ф. Бала-ньос очерклари). Р. Дарио поэзияда модернизмга асос солди. Шоирнинг «Ло-жувард», «Ҳаёт ва умид қўшиқлари» ва б. тўпламларига киритилган асарлари ватанпарварлик туйғуларини куйлайди. 20-а. бошларида С. Аргуэльо, X. Олива-рес, X. Сальгадо, С. Сакас, С. де ла Сельва шеърлари, Э. Роблето романлари шуҳрат қозонди. 30-й.лардан кейин кўпгина шоир ва ёзувчилар таъқ-ибга учради. Сомоса режими агдарил-гач, адабиёт гуркираб ривожланди. Ж. Белли, Э. Ильескас, К. Перес Алонсо, Э. Гутьеррес, Фанор Тельес, X. Валье-Кастильо каби шоирлар озодликни мадҳ этувчи шеърлар яратишди. Адиблардан Л.А. Кабралес, Б.Моралес, С. Рамирес асарлари шуҳрат қозонди.

    Меъморлиги ва тасвирий санъати. Н.даги қад. индейс маданияти Мексика, Колумбия, Панама маданиятлари таъсирида бўлган. Қоялардаги тасвирлар, бўртма тош устунлар, тош ҳайкал ва ҳайкалчалар, сопол гулдон ва б. сақланиб қолган. Мустамлака даврида бир қаватли, қалин деворли уйлар (ҳовлиси б-н), тўғри, тор кўчалар ва майдонлардан иборат шаҳарлар барпо этилган. 17—19-а. ларда қурилган черковларда барокко (Леондаги собор, 1747— 1825), сўнг классицизм (Гранададаги Сан-Франциско черкови, 1862) услу-бига хос нақшлар б-н безатилган. 20-а.да Манагуа ш.да замонавий меъморлик услубида қурилган иморатлар пайдо бўлди (меъмор П. Дамбах ва б.). Кейинги асрларда тасвирий санъат равнақ топди. Замонавий усталардан рассом А. Алонсо Рочи, ўймакор X. Амадор Лира, гравюрачи С. _л^_:__2_ Бараоналар машҳур.

    Халқ амалий санъатининг ёғоч ўймакорлиги, кулолчилик, каштачилик каби турлари оммалашган. Манагуа ш.да нафис санъат мактаби мавжуд.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.