Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ohang

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 340-b. — ziyouz.com

    Ohang (fors. — tovuş, nağma, kuy) — musiqiy ifoda vositasi sifatida eng kiçik kuy bölagi, intonatsiya. O. bir neça tovuşlarning mantiqan ulanib bori-şidan hosil bölib, vokal musiqada şe'riy ruknga mos keladi. O.lar birikib yirikroq tuzilmalar — kuy jumlalarini taşkil etadi. O. kuyning boş (eng öziga xos) tuzilmasi va b. ma'nolarda ham, hindlarda esa «ohangit» musiqaning umumiy ifodasi sifatida, forsiyzabon xalklarda «ohangsoz» — bastakor ma'nosida ham qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОҲАНГ (форс. — товуш, нағма, куй) — мусиқий ифода воситаси сифатида энг кичик куй бўлаги, интонация. О. бир неча товушларнинг мантиқан уланиб бори-шидан ҳосил бўлиб, вокал мусиқада шеърий рукнга мос келади. О.лар бирикиб йирикроқ тузилмалар — куй жумлаларини ташкил этади. О. куйнинг бош (энг ўзига хос) тузилмаси ва б. маъноларда ҳам, ҳиндларда эса «оҳангит» мусиқанинг умумий ифодаси сифатида, форсийзабон халкларда «оҳангсоз» — бастакор маъносида ҳам қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.