Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Optik tasvir

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 194-b. — ziyouz.com

    Optik tasvir — biron bir obyektning şu obyekt çiqarayotgan yoki qaytarayotgan yoruğlik nurlariga optik tizim (q. Optik tizimlar) ta'sir qilişi natijasida hosil böladigan tasviri. O.t. haqiqiy va tasavvurdagi xillarga bölinadi (rasmga q.). Haqiqiy O.t. uçraşuvi nurlar dastasi kesişgan nuqtada hosil böladi. Bu tasvirni ekranda hosil qiliş mumkin. Tasavvurdagi O.t.ni ekranda hosil qilib bölmaydi, çunki ba'zi hollarda optik tizimdan çiqqan nurlar uçraşmaydi. O.t.da obyektning qiyofasi va detallari bir oz buzilib çiqadi. Bunga aberratsiya sabab böladi.

    Q.: Optik tizimlar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОПТИК ТАСВИР — бирон бир объектнинг шу объект чиқараётган ёки қайтараётган ёруғлик нурларига оптик тизим (қ. Оптик тизимлар) таъсир қилиши натижасида ҳосил бўладиган тасвири. О.т. ҳақиқий ва тасаввурдаги хилларга бўлинади (расмга қ.). Ҳақиқий О.т. учрашуви нурлар дастаси кесишган нуқтада ҳосил бўлади. Бу тасвирни экранда ҳосил қилиш мумкин. Тасаввурдаги О.т.ни экранда ҳосил қилиб бўлмайди, чунки баъзи ҳолларда оптик тизимдан чиққан нурлар учрашмайди. О.т.да объектнинг қиёфаси ва деталлари бир оз бузилиб чиқади. Бунга аберрация сабаб бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.