Oqim
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 311-b. — ziyouz.com
Oqim — 1) suv va havo massasining muayyan yönalişda harakatlanişi, köçişi. Yer yuzasining nişabi, bosim, bir tomonga qarab esuvçi şamollar, suv t-rasi hamda şörligidagi tafovut va b. omillar O.ga sabab bölişi mumkin. Dengiz, daryo, böğoz, yer osti suvi va boşqa O.lar böladi (q. Dengiz oqimlari); 2) fizikada — nurlaniş oqimi, nurlaniş quvvati — berilgan sirtdan vaqt birligi içida ötayotgan töliq energiya miqdori; magnit oqimi, magnit induksiya oqimi — biror sirtdan ötayotgan magnit induksiya vektori oqimi.
Q.: Dengiz oqimlari
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОҚИМ — 1) сув ва ҳаво массасининг муайян йўналишда ҳаракатланиши, кўчиши. Ер юзасининг нишаби, босим, бир томонга қараб эсувчи шамоллар, сув т-раси ҳамда шўрлигидаги тафовут ва б. омиллар О.га сабаб бўлиши мумкин. Денгиз, дарё, бўғоз, ер ости суви ва бошқа О.лар бўлади (қ. Денгиз оқимлари); 2) физикада — нурланиш оқими, нурланиш қуввати — берилган сиртдан вақт бирлиги ичида ўтаётган тўлиқ энергия миқдори; магнит оқими, магнит индукция оқими — бирор сиртдан ўтаётган магнит индукция вектори оқими.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.