Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ösimliklarni himoya qiliş

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 189–191-b. — ziyouz.com

    Ösimliklarni himoya qiliş ÖSIMLIKLARNI HIMOYA QILIŞ, ösimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qiliş — 1) q.x. fanlarining bir sohasi; ösimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona ötlar yetkazadigan zararni örganadi va uning oldini oliş hamda bartaraf qiliş tadbirlarini işlab çiqadi; 2) q.x. va örmon xöjaligida zararkunandalar, ösimliklar kasalliklari hamda begona ötlarni yöq qiliş uçun işlab çiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yöq qiliş yoki ular faoliyatini çegaralab qöyişdangina emas, balki ularning paydo böliş muddatlari va tarqaliş kölamini oldindan aniqlaş, şuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boşqasiga tarqalişining oldini olişdan ham iborat (q. Karantin). Ö.h.q. qişloq xöjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va ösimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boşqalar fanlar ma'lumotlariga asoslanadi. Ösimliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona ötlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi. Şu sababli q.x. mahsulotlarini yetiştirişda, ularni saqlab qolişda Ö.h.q. muhim rol öynaydi. Zararkunanda va kasalliklarning ösimliklarga yetkazadigan zarari qadimdan ma'lum. 18-asr boşlarida ösimlik kasalliklarini tasniflaşga fransuz botaniki J.Turnefor urinib kördi. 18-asrning 2-yarmida köpçilik kasalliklarning yuqumliligi tajribalar asosida isbotlandi (Rossiyada A.T.Bolotov, Fransiyada A.Tillet, Italiyada F.Fontana, Daniyada Ya.Fabritsius va boşqalar). 18-asrning 2-yarmida nemis olimi A. de Bari, rus olimi M.S.Voronin va boşqalar tomonidan fitopatogen zamburuğlarning yangi turlari, ularning morfologiyasi, rivojlaniş xususiyatlari aniqlanadi. 19-asrning 2-yarmida ösimlik zararkunandalari hamda kasalliklarining bir qança mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazgan zarari ularni örganiş va ularga qarşi quraş tadbirlarini işlab çiqişni taqozo etdi.

    19-asr oxiri — 20-asr boşlarida fitopatogen zamburuğlar, bakteriyalar, viruslar, nematodalarning minglab turlari kaşf qilindi. Asosiy zararkunandalarning turlari biologiyasi va fiziologiyasi örganildi; zararli organizmlarga qarşi kuraş çoralari takomillaştirildi.

    Turkistonda Ö.h.q. böyiça dastlabki ilmiy asoslangan usullar 1898 yilda Çigirtkaga qarşi kuraş qömitasining taklifiga köra işlab çiqilgan. 1911 yilda Toşkentda Turkiston entomologiya st-yasi taşkil etildi, ğöza, qand lavlagi zararkunandalarini örganiş va ularga qarşi kuraş çoralari qöllanildi.

    1925 yilda Turkiston entomologiya st-yasi Özbekiston ösimliklarni himoya qiliş st-yasiga aylantirildi va şu bilan bir vaqtda Şirabudin (Buxoro viloyati) va Xiva q.x. tajriba st-yalarida Ö.h.q. bölimlari oçildi. 1929 yilda Boş paxta komiteti Özbekiston Ö.h.q. st-yasining bir neça bölimlarini birlaştirib, ğöza zararkunandalarini örganiş uçun maxsus st-ya barpo etdi; keyinçalik bu st-ya Butunittifoq paxtaçilik ilmiy tekşiriş instituti (SoyuzNIXI)ning Ö.h.q. markaziy st-yasiga aylantirildi. 1957 yilda SoyuzNIXI markaziy st-yasi asosida hoz. Özbekiston ösimliklarni himoya kiliş instituti taşkil qilindi.

    Hosilni samarali himoya qilişga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanişi hamda köpayişi prognozini tuziş, zararkunandalar miqsori hamda kasalliklar öçoğini öz vaqtida aniqlaş maqsadida ekin, köçatlarni, şuningdek, begona ötlarni tekşiruvdan ötkaziş, turli usul va vositalar qöllab ösimliklarga işlov beriş kabi çoratadbirlar sistemasini rejali ravişda qöllab erişiladi. Zararkunanda, kasalliklar va begona ötlarga qarşi bir qança kuraş usullari qöllanadi. Ösimliklarni agrotexnik himoya usuli taşkiliyxöjalik va ekinlar parvarişining texnik usullari, şuningdek, q.x. mahsulotlarini saqlaş yöllari, ya'ni zararkunandalarning köpayişi va töplanişi, kasalliklarning rivojlanişiga qarşi kuraş usullari (ekiş muddati va usullari, tuproqqa işlov beriş, öğit soliş normalari, begona ötlarga qarşi kuraş, almaşlab ekiş, melioratsiya)ni öz içiga oladi. Mexanik va fizik himoya usullarita zararkunandaning q.x. ösimliklari içiga kirişiga qarşilik qiluvçi usullar (zararkunandani tutib oliş, kuydiriş, muzlatiş, suv bostiriş, elektr toki ta'sirida yöq qiliş va şu kabilar) kiradi. Zararkunandalarni jalb etib, söngra nobud qiliş uçun yoruğlik tutqiçlari, şuningdek, organik birikmalar — attraktantlardai foydalaniladi. Ösimliklarni kimyoviy himoya usuli turli kimyoviy dorilardan foydalanişga asoslangan; salbiy tomonlari köpligiga qaramay bu usul hozirda Ö.h.q.da yetakçi usullardan biridir. Özbekistonda 2005 yilda faqatgina ösimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona ötlarga qarşi 200 ga yaqin kimyoviy vositalar qöllanilgan. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kimyolaştiriş va ösimliklarni himoya qiliş vositalari Davlat komissiyasi kimyoviy va biologik preparatlardan foydalanişga ruxsat beradi va ularni qöllaş qoidalariga qat'iy amal qilişni nazorat qiladi. Ösimliklarni biologik himoya usulit zararkunandalarga qarşi parazitlar, yirtqiç haşarotlar, mikroorganizmlar va antibiotiklardan foydalaniladi.

    Ösimliklarni genetik himoya usuli ikki organizm: parazit bilan ösimlikxöjayinning özaro ta'siriga asoslangan. Ösimlikning kasallik va zararkunandalarga nisbatan immuniteti (çidamligi) muhim ahamiyatga ega. Ösimliklarni mikrobiologik himoya usulida kasallik hamda zararkunandalarga qarşi kuraşiş uçun mikroorganizmlardan foydalaniladi. Ösimliklarni uyğunlaşgan — integral himoya usulida zararkunanda haşarotlar hamda kanalarga qarşi kuraşiş uçun kimyoviy va biologik kuraş usullari birgalikda olib boriladi. Bunda odam tomonidan buzilgan agrobitsenozdagi turlar nisbatan tiklanadi, bu esa biosferani muhofaza qilişning muhim omillaridan biridir.

    Ö.h.q. nazariyasini yaratişda S.N. Lgimuhamedov, N. G. Zaprometov, V. A. Znamenskiy, K.I.Mirpölatov, M.N. Narziqulov, R.O. Olimjonov, T.D.Straxov, V.N.Şçegolev, V.V.Yaxontov va boşqalar ning işlari katta ahamiyatga ega böldi. Özbekistonda Ö.h.q. böyiça amaliy tadbirlarni Qişloq va suv xöjaligi vazirligi Ösimliklarni himoya qiliş markazi rejalaştiradi, uyuştiradi va bajarilişini nazorat qiladi. U.ning huzuridagi Ö.h.q. st-yalari, kasallik, zararkunandalarning tarqalişi va köpayişidan ogohlantiriş punktlari (156 ta) da bevosita Ö.h.q. tadbirlari bajariladi. Özbekiston ösimliklarni himoya qiliş in-tida, oliy öquv yurtlari, tajriba st-yalarida şu sohaga oid ilmiy işlar olib boriladi.

    Özbekiston Respublikasida Ö.h.q. sohasidagi davlat boşqaruvi va nazorati Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi va boşqalar davlat boşqaruvi organlari tomonidan amalga oşiriladi. Özbekiston Respublikasining «Qişloq xöjaligi ösimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona ötlardan himoya qiliş töğrisida» Qonuni (2000 yil 31 avg.) Ö.h.q.ni ta'minlaş, Ö.h.q. vositalarining inson soğligiga, atrof muhitga zararli ta'sirining oldini oliş bilan boğliq munosabatlarni tartibga soladi.

    Ad.: Yaxontov V . V ., Örta Osiyo qişloq xöjaligi ösimliklari va mahsulotlari zararkunandalari va ularga qarşi kuraş, T., 1953; Selskoxozyaystvennaya entomologiya, M., 1976; Pospelov S.M., Ösimliklarni himoya qiliş, T., 1978; Özbekiston Respublikasida işlatiş uçun ruxsat etilgan ösimliklarni himoya qiliş vositalari röyxati, T, 2003.

    Sulton Alimuhamedov, Murodjon Raşidov.

    Q.: Karantin

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ, ўсимликларни зараркунанда ва касалликлардан ҳимоя қилиш — 1) қ.х. фанларининг бир соҳаси; ўсимликларга зараркунанда, касалликлар, бегона ўтлар етказадиган зарарни ўрганади ва унинг олдини олиш ҳамда бартараф қилиш тадбирларини ишлаб чиқади; 2) қ.х. ва ўрмон хўжалигида зараркунандалар, ўсимликлар касалликлари ҳамда бегона ўтларни йўқ қилиш учун ишлаб чиқиладиган тадбирлар тизими. Унинг вазифаси фақатгина зараркунанда организмларни йўқ қилиш ёки улар фаолиятини чегаралаб қўйишдангина эмас, балки уларнинг пайдо бўлиш муддатлари ва тарқалиш кўламини олдиндан аниқлаш, шунингдек, энг хавфли зараркунандаларнинг бир ҳудуддан бошқасига тарқалишининг олдини олишдан ҳам иборат (қ. Карантин). Ў.ҳ.қ. қишлоқ хўжалиги энтомологияси, фитопатология, ботаника, микология, бактериология, вирусология, экология, биоценология, кимё, биокимё, ҳайвонлар ва ўсимликлар физиологияси, физика, биофизика, генетика, селекция, токсикология ва бошқалар фанлар маълумотларига асосланади. Ўсимликларнинг зараркунанда ва касалликлари, бегона ўтлар экинларга, хусусан, ҳосилга катта зарар етказади. Шу сабабли қ.х. маҳсулотларини етиштиришда, уларни сақлаб қолишда Ў.ҳ.қ. муҳим роль ўйнайди. Зараркунанда ва касалликларнинг ўсимликларга етказадиган зарари қадимдан маълум. 18-аср бошларида ўсимлик касалликларини таснифлашга француз ботаники Ж.Турнефор уриниб кўрди. 18-асрнинг 2-ярмида кўпчилик касалликларнинг юқумлилиги тажрибалар асосида исботланди (Россияда А.Т.Болотов, Францияда А.Тиллет, Италияда Ф.Фонтана, Данияда Я.Фабрициус ва бошқалар). 18-асрнинг 2-ярмида немис олими А. де Бари, рус олими М.С.Воронин ва бошқалар томонидан фитопатоген замбуруғларнинг янги турлари, уларнинг морфологияси, ривожланиш хусусиятлари аниқланади. 19-асрнинг 2-ярмида ўсимлик зараркунандалари ҳамда касалликларининг бир қанча мамлакатлар иқтисодиётига етказган зарари уларни ўрганиш ва уларга қарши қураш тадбирларини ишлаб чиқишни тақозо этди.

    19-аср охири — 20-аср бошларида фитопатоген замбуруғлар, бактериялар, вируслар, нематодаларнинг минглаб турлари кашф қилинди. Асосий зараркунандаларнинг турлари биологияси ва физиологияси ўрганилди; зарарли организмларга қарши кураш чоралари такомиллаштирилди.

    Туркистонда Ў.ҳ.қ. бўйича дастлабки илмий асосланган усуллар 1898 йилда Чигирткага қарши кураш қўмитасининг таклифига кўра ишлаб чиқилган. 1911 йилда Тошкентда Туркистон энтомология ст-яси ташкил этилди, ғўза, қанд лавлаги зараркунандаларини ўрганиш ва уларга қарши кураш чоралари қўлланилди.

    1925 йилда Туркистон энтомология ст-яси Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш ст-ясига айлантирилди ва шу билан бир вақтда Ширабудин (Бухоро вилояти) ва Хива қ.х. тажриба ст-яларида Ў.ҳ.қ. бўлимлари очилди. 1929 йилда Бош пахта комитети Ўзбекистон Ў.ҳ.қ. ст-ясининг бир неча бўлимларини бирлаштириб, ғўза зараркунандаларини ўрганиш учун махсус ст-я барпо этди; кейинчалик бу ст-я Бутуниттифоқ пахтачилик илмий текшириш институти (СоюзНИХИ)нинг Ў.ҳ.қ. марказий ст-ясига айлантирилди. 1957 йилда СоюзНИХИ марказий ст-яси асосида ҳоз. Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя килиш институти ташкил қилинди.

    Ҳосилни самарали ҳимоя қилишга зараркунанда ва касалликларнинг ривожланиши ҳамда кўпайиши прогнозини тузиш, зараркунандалар миқцори ҳамда касалликлар ўчоғини ўз вақтида аниқлаш мақсадида экин, кўчатларни, шунингдек, бегона ўтларни текширувдан ўтказиш, турли усул ва воситалар қўллаб ўсимликларга ишлов бериш каби чоратадбирлар системасини режали равишда қўллаб эришилади. Зараркунанда, касалликлар ва бегона ўтларга қарши бир қанча кураш усуллари қўлланади. Ўсимликларни агротехник ҳимоя усули ташкилийхўжалик ва экинлар парваришининг техник усуллари, шунингдек, қ.х. маҳсулотларини сақлаш йўллари, яъни зараркунандаларнинг кўпайиши ва тўпланиши, касалликларнинг ривожланишига қарши кураш усуллари (экиш муддати ва усуллари, тупроққа ишлов бериш, ўғит солиш нормалари, бегона ўтларга қарши кураш, алмашлаб экиш, мелиорация)ни ўз ичига олади. Механик ва физик ҳимоя усулларита зараркунанданинг қ.х. ўсимликлари ичига киришига қаршилик қилувчи усуллар (зараркунандани тутиб олиш, куйдириш, музлатиш, сув бостириш, электр токи таъсирида йўқ қилиш ва шу кабилар) киради. Зараркунандаларни жалб этиб, сўнгра нобуд қилиш учун ёруғлик тутқичлари, шунингдек, органик бирикмалар — аттрактантлардаи фойдаланилади. Ўсимликларни кимёвий ҳимоя усули турли кимёвий дорилардан фойдаланишга асосланган; салбий томонлари кўплигига қарамай бу усул ҳозирда Ў.ҳ.қ.да етакчи усуллардан биридир. Ўзбекистонда 2005 йилда фақатгина ўсимликлар зараркунандалари, касалликлари ва бегона ўтларга қарши 200 га яқин кимёвий воситалар қўлланилган. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Кимёлаштириш ва ўсимликларни ҳимоя қилиш воситалари Давлат комиссияси кимёвий ва биологик препаратлардан фойдаланишга рухсат беради ва уларни қўллаш қоидаларига қатъий амал қилишни назорат қилади. Ўсимликларни биологик ҳимоя усулит зараркунандаларга қарши паразитлар, йиртқич ҳашаротлар, микроорганизмлар ва антибиотиклардан фойдаланилади.

    Ўсимликларни генетик ҳимоя усули икки организм: паразит билан ўсимликхўжайиннинг ўзаро таъсирига асосланган. Ўсимликнинг касаллик ва зараркунандаларга нисбатан иммунитети (чидамлиги) муҳим аҳамиятга эга. Ўсимликларни микробиологик ҳимоя усулида касаллик ҳамда зараркунандаларга қарши курашиш учун микроорганизмлардан фойдаланилади. Ўсимликларни уйғунлашган — интеграл ҳимоя усулида зараркунанда ҳашаротлар ҳамда каналарга қарши курашиш учун кимёвий ва биологик кураш усуллари биргаликда олиб борилади. Бунда одам томонидан бузилган агробиценоздаги турлар нисбатан тикланади, бу эса биосферани муҳофаза қилишнинг муҳим омилларидан биридир.

    Ў.ҳ.қ. назариясини яратишда С.Н. Лгимуҳамедов, Н. Г. Запрометов, В. А. Знаменский, К.И.Мирпўлатов, М.Н. Нарзиқулов, Р.О. Олимжонов, Т.Д.Страхов, В.Н.Шчеголев, В.В.Яхонтов ва бошқалар нинг ишлари катта аҳамиятга эга бўлди. Ўзбекистонда Ў.ҳ.қ. бўйича амалий тадбирларни Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги Ўсимликларни ҳимоя қилиш маркази режалаштиради, уюштиради ва бажарилишини назорат қилади. У.нинг ҳузуридаги Ў.ҳ.қ. ст-ялари, касаллик, зараркунандаларнинг тарқалиши ва кўпайишидан огоҳлантириш пунктлари (156 та) да бевосита Ў.ҳ.қ. тадбирлари бажарилади. Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш ин-тида, олий ўқув юртлари, тажриба ст-яларида шу соҳага оид илмий ишлар олиб борилади.

    Ўзбекистон Республикасида Ў.ҳ.қ. соҳасидаги давлат бошқаруви ва назорати Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлигининг Давлат санитарияэпидемиология хизмати, Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси ва бошқалар давлат бошқаруви органлари томонидан амалга оширилади. Ўзбекистон Республикасининг «Қишлоқ хўжалиги ўсимликларини зараркунандалар, касалликлар ва бегона ўтлардан ҳимоя қилиш тўғрисида» Қонуни (2000 йил 31 авг.) Ў.ҳ.қ.ни таъминлаш, Ў.ҳ.қ. воситаларининг инсон соғлигига, атроф муҳитга зарарли таъсирининг олдини олиш билан боғлиқ муносабатларни тартибга солади.

    Ад.: Яхонтов В . В ., Ўрта Осиё қишлоқ хўжалиги ўсимликлари ва маҳсулотлари зараркунандалари ва уларга қарши кураш, Т., 1953; Сельскохозяйственная энтомология, М., 1976; Поспелов С.М., Ўсимликларни ҳимоя қилиш, Т., 1978; Ўзбекистон Республикасида ишлатиш учун рухсат этилган ўсимликларни ҳимоя қилиш воситалари рўйхати, Т, 2003.

    Султон Алимуҳамедов, Муроджон Рашидов.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.