Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Plazmatik membrana

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 245-b. — ziyouz.com

    Plazmatik membrana PLAZMATIK MEMBRANA, plaz molemma — hujayra sitoplazmasini taşqi muhitdan yoki uning qobiğidan (ösimlik hujayralarida) ajratib turuvçi membrana. P.m.ga kimyoviy tarkibiga köra, yoglar, oqsillar, uglevodlar va juda oz mikdorda boşqa organik birikmalar kiradi. Suyuklikmozaika modeliga köra, P.m.ning asosiy qismi fosfolipid qöş qavatdan iborat. Bu qavatning içkariga qaragan qismi gidrofob (suvda erimaydigan), taşqi qis-mi esa gidrofil (suvda eruvçan) xusu-siyatga ega. Fosfolipid qavatda oqsil molekulalari suzib yuradi. Fosfolipid qavati sirtida esa murakkab organik birikmalardan hosil bölgan glikopro-teinlar joylaşgan. Ular retseptorlar tarkibiga kiradi. P.m. baryer (tösiq), moddalarni taşiş (transport), regulyator (boşqariş) va katalitik funksiyalarni bajaradi (yana q. Hujayra).

    Q.: Hujayra

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПЛАЗМАТИК МЕМБРАНА, плаз молемма — ҳужайра цитоплазмасини ташқи муҳитдан ёки унинг қобиғидан (ўсимлик ҳужайраларида) ажратиб турувчи мембрана. П.м.га кимёвий таркибига кўра, ёглар, оқсиллар, углеводлар ва жуда оз микдорда бошқа органик бирикмалар киради. Суюкликмозаика моделига кўра, П.м.нинг асосий қисми фосфолипид қўш қаватдан иборат. Бу қаватнинг ичкарига қараган қисми гидрофоб (сувда эримайдиган), ташқи қис-ми эса гидрофил (сувда эрувчан) хусу-сиятга эга. Фосфолипид қаватда оқсил молекулалари сузиб юради. Фосфолипид қавати сиртида эса мураккаб органик бирикмалардан ҳосил бўлган гликопро-теинлар жойлашган. Улар рецепторлар таркибига киради. П.м. барьер (тўсиқ), моддаларни ташиш (транспорт), регулятор (бошқариш) ва каталитик функцияларни бажаради (яна қ. Ҳужайра).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.