Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Proteidlar

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 407-b. — ziyouz.com

    Proteidlar (yun. protos — birinçi), oddiy oqsil — protein va oqsil bölmagan komponentlardan ibo-rat murakkab oqsillar. Köpinça pros-tetik guruh deb ataladi. Oqsil bölmagan komponentlarning tabiatiga köra, P. quyidagi guruhga: glikoproteidlar, lipoproteidlar, nukleoproteidlar, metalloproteidlar, fosfoproteidlar, xromoproteidlarga bölinadi. Organizmning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Köpinça fermentlar, oqsillar, töqimalar, hujayralar, qon zardobi, sut, tuxum, viruslarning ançagina qismi, köpgina gormonlar va b. P.ga mansub (yana q. Oqsillar).

    Q.: Oqsillar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПРОТЕИДЛАР (юн. protos — биринчи), оддий оқсил — протеин ва оқсил бўлмаган компонентлардан ибо-рат мураккаб оқсиллар. Кўпинча прос-тетик гуруҳ деб аталади. Оқсил бўлмаган компонентларнинг табиатига кўра, П. қуйидаги гуруҳга: гликопротеидлар, липопротеидлар, нуклеопротеидлар, металлопротеидлар, фосфопротеидлар, хромопротеидларга бўлинади. Организмнинг ҳаёт фаолиятида муҳим аҳамиятга эга. Кўпинча ферментлар, оқсиллар, тўқималар, ҳужайралар, қон зардоби, сут, тухум, вирусларнинг анчагина қисми, кўпгина гормонлар ва б. П.га мансуб (яна қ. Оқсиллар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.