Retsessivlik
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 183-b. — ziyouz.com
Retsessivlik (lot. recessus — çekiniş, olib taşlaş) — geterozigota, ya'ni 1 genning 2 ta har xil alleliga ega bölgan organizmlarda gen allellaridan birining fenotipik namoyon bölmasligi. Retsessiv allellar yozma kiçik harflar: a, v, s va b. b-n belgilanadi. Retsessiv allel gomozigota (aa) yoki gemizigota (a) holatga ötganida fenotipik namoyon böladi (yana q. Dominantlik).
Q.: Dominantlik
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
РЕЦЕССИВЛИК (лот. recessus — чекиниш, олиб ташлаш) — гетерозигота, яъни 1 геннинг 2 та ҳар хил аллелига эга бўлган организмларда ген аллелларидан бирининг фенотипик намоён бўлмаслиги. Рецессив аллеллар ёзма кичик ҳарфлар: а, в, с ва б. б-н белгиланади. Рецессив аллел гомозигота (аа) ёки гемизигота (а) ҳолатга ўтганида фенотипик намоён бўлади (яна қ. Доминантлик).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.