Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ruhiy hayajon

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 314-b. — ziyouz.com

    Ruhiy hayajon — şaxsning öz harakatlari ahamiyatini tuşuniş yoki ularni boşqariş qobiliyatini pasaytiradigan holati; jinoyat huquqida jabrlanuvçining noqonuniy harakatlariga sabab bölgan qattiq ruhiy hayajonlaniş yengillaştiruvçi holat hisoblanadi. Hayajonlaniş holati qator öziga xos belgilarga ega. Mazkur alomatlar faqat mutaxassislar tomonidangina aniqlanişi lozim. Şu bois, aybdor şaxsga berilgan psixologik ekspertiza xulosasi işga oid isbotlar b-n birga sud tomonidan inobatga olinadi (yana q. Affekt).

    Q.: Affekt

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    РУҲИЙ ҲАЯЖОН — шахснинг ўз ҳаракатлари аҳамиятини тушуниш ёки уларни бошқариш қобилиятини пасайтирадиган ҳолати; жиноят ҳуқуқида жабрланувчининг ноқонуний ҳаракатларига сабаб бўлган қаттиқ руҳий ҳаяжонланиш енгиллаштирувчи ҳолат ҳисобланади. Ҳаяжонланиш ҳолати қатор ўзига хос белгиларга эга. Мазкур аломатлар фақат мутахассислар томонидангина аниқланиши лозим. Шу боис, айбдор шахсга берилган психологик экспертиза хулосаси ишга оид исботлар б-н бирга суд томонидан инобатга олинади (яна қ. Аффект).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.