Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Selenit

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 286-b. — ziyouz.com

    Selenit (yun. selene — Oy) — gips turi, mineral. Odatda, toğ jinslari yoriklarida devorlarga perpendikulyar joylaşgan ingiçka tolasimon mineral agregatlar hosil qiladi. Uz. 10—15 sm gaça bölib, yoruğlik nurlarini ipak singari çiroyli aks ettiradi. Turli aralaşmalariga qarab rangi oq, zangori oqdan sariq va puşti ranggaça böladi. S. bezaktoş sifatida keng qöllaniladi (yana q. Gips).

    Q.: Gips

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СЕЛЕНИТ (юн. selene — Ой) — гипс тури, минерал. Одатда, тоғ жинслари ёрикларида деворларга перпендикуляр жойлашган ингичка толасимон минерал агрегатлар ҳосил қилади. Уз. 10—15 см гача бўлиб, ёруғлик нурларини ипак сингари чиройли акс эттиради. Турли аралашмаларига қараб ранги оқ, зангори оқдан сариқ ва пушти ранггача бўлади. С. безактош сифатида кенг қўлланилади (яна қ. Гипс).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.