Seroprofilaktika
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 323-b. — ziyouz.com
Seroprofilaktika (lot. serum zardob va profilaktika) — yuqumli kasalliklarning oldini oliş maqsadida organizmga normal va immun zardoblar yuboriş usuli. Bunda 1—4 hafta davom etadigan passiv immunitet hosil böladi. Tibbiyot amaliyotida S. uçun gammaglobulin keng qullaniladi. S. epidemik kasalliklar (mas, qizamiq, kökyötal)ga çalingan bemorlar b-n muloqotda bölganlar, şikastlanganda (qoqşolning oldini oliş uçun), hayvonlar tişlaganda (quturişning oldini oliş uçun) va h.k.da ötkaziladi. Infeksion gepatitga qarşi kuraşişda rejali S. olib boriladi (yana q. Immunoprofilaktika, Immunoterapiya, Immun zardoblar).
Q.: Immun zardoblar, Immunoprofilaktika, Immunoterapiya
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СЕРОПРОФИЛАКТИКА (лот. serum зардоб ва профилактика) — юқумли касалликларнинг олдини олиш мақсадида организмга нормал ва иммун зардоблар юбориш усули. Бунда 1—4 ҳафта давом этадиган пассив иммунитет ҳосил бўлади. Тиббиёт амалиётида С. учун гаммаглобулин кенг қулланилади. С. эпидемик касалликлар (мас, қизамиқ, кўкйўтал)га чалинган беморлар б-н мулоқотда бўлганлар, шикастланганда (қоқшолнинг олдини олиш учун), ҳайвонлар тишлаганда (қутуришнинг олдини олиш учун) ва ҳ.к.да ўтказилади. Инфекцион гепатитга қарши курашишда режали С. олиб борилади (яна қ. Иммунопрофилактика, Иммунотерапия, Иммун зардоблар).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.