Silikagel
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 354-b. — ziyouz.com
Silikagel (lot. silex — çaqmoqtoş va gelo — iviq) — polisilikat kislotaning quritilgan angidridi (geli); qattiq gidrofil sorbent (q. Sorbentlar) S. natriy yoki kaliy silikat eritmasiga sulfat yoki xlorid kislota qöşib hosil qilinadi. Ortosilikat kislotaning ortoefirlarini gidrolitik parçalaş yöli b-n yuqori sifatli S. olinadi. S. mineral moylarni tozalaşda, katalizator sifatida, yoğlar, yonilğilar, organik suyuqliklarni quritişda işlatiladi.
Q.: Sorbentlar
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СИЛИКАГЕЛЬ (лот. silex — чақмоқтош ва gelo — ивиқ) — полисиликат кислотанинг қуритилган ангидриди (гели); қаттиқ гидрофил сорбент (қ. Сорбентлар) С. натрий ёки калий силикат эритмасига сульфат ёки хлорид кислота қўшиб ҳосил қилинади. Ортосиликат кислотанинг ортоэфирларини гидролитик парчалаш йўли б-н юқори сифатли С. олинади. С. минерал мойларни тозалашда, катализатор сифатида, ёғлар, ёнилғилар, органик суюқликларни қуритишда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.