Sitoplazma
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 31-b. — ziyouz.com
Sitoplazma (sito... va yun. plasma — şakllangan) — hujayraning yadro b-n plazmatik membrana oraliğida joylaşgan asosiy tarkibiy qismi (q. Hujayra). S. kolloid sistema — gialoplazma, organoidlar va kiritmalardan taşkil topgan. S.dagi kolloid zarraçalar va b. tarkibiy qismlar doim harakatda böladi. Mikrofibrilla, mikronayçalar va b. tolasimon tuzilmalar hujayraning harakat-tayanç sistemasi hisoblanadigan sitoskeletni hosil qiladi. Hayvon hujayralari S.si organoidlari kam bölgan, plazmatik membranaga yaqin taşqi qismini ektoplazma, içki, yadroga yaqin joylaşgan organoidlarga boy qismini endoplazma deyiladi. Ösimlik hujayralari sitoplazmasi hayvon hujayralaridan maxsus organoidlar — plastidalar va yirik vakuolalarning bölişi b-n farq qiladi.
Q.: Hujayra
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЦИТОПЛАЗМА (цито... ва юн. plasma — шаклланган) — ҳужайранинг ядро б-н плазматик мембрана оралиғида жойлашган асосий таркибий қисми (қ. Ҳужайра). Ц. коллоид система — гиалоплазма, органоидлар ва киритмалардан ташкил топган. Ц.даги коллоид заррачалар ва б. таркибий қисмлар доим ҳаракатда бўлади. Микрофибрилла, микронайчалар ва б. толасимон тузилмалар ҳужайранинг ҳаракат-таянч системаси ҳисобланадиган цитоскелетни ҳосил қилади. Ҳайвон ҳужайралари Ц.си органоидлари кам бўлган, плазматик мембранага яқин ташқи қисмини эктоплазма, ички, ядрога яқин жойлашган органоидларга бой қисмини эндоплазма дейилади. Ўсимлик ҳужайралари цитоплазмаси ҳайвон ҳужайраларидан махсус органоидлар — пластидалар ва йирик вакуолаларнинг бўлиши б-н фарқ қилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.