Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sofistika

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 537-b. — ziyouz.com

    Sofistika (yun. sophistike — hiylagarlik bilan munozara olib boriş) — 1) Yunonistonda sofistlar yaratgan falsafiy oqim. Uning yirik vakillari: Gorgiy (taxminan mil. av. 483—375), Protagor va b.; 2) mantiq qonunlarini atayin buzib, yolğon dalillarga asoslangan holda muhokama yuritiş. S. taşqi tomondan töğri bölib tuyuladigan, aslida esa mantiqiy xato mulohazalarga tayanadi (yana q. Sofizm).

    Q.: Sofizm

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОФИСТИКА (юн. sophistike — ҳийлагарлик билан мунозара олиб бориш) — 1) Юнонистонда софистлар яратган фалсафий оқим. Унинг йирик вакиллари: Горгий (тахминан мил. ав. 483—375), Протагор ва б.; 2) мантиқ қонунларини атайин бузиб, ёлғон далилларга асосланган ҳолда муҳокама юритиш. С. ташқи томондан тўғри бўлиб туюладиган, аслида эса мантиқий хато мулоҳазаларга таянади (яна қ. Софизм).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.