Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Solfatarlar

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 510-b. — ziyouz.com

    Solfatarlar (ital. solfo — oltingugurt) — Yer pöstining vulkanli r-nlarida, vulkan kraterlari va ularning yon bağirlaridagi mayda böşliq va yoriklardan, qotgan lava oqimlaridan ajralib çiquvçi köp miqdordagi issiq (100—300°) oltingugurt gazi, suv buği va karbonat angidridi aralaşgan vodorod sulfidi gazlari. S sönmagan vulkanlar atrofida uçraydi. Astasekin, ammo uzoq vakt muttasil ravişda gazlar ajratuvçi vulkanlarga Neapol yaqinidagi Solfatara vulkani misol böladi. Ba'zi S. sanoat miqyosida oltingugurt ajratadi (yana q. Fumarollar).

    Q.: Fumarollar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОЛЬФАТАРЛАР (итал. solfo — олтингугурт) — Ер пўстининг вулканли р-нларида, вулкан кратерлари ва уларнинг ён бағирларидаги майда бўшлиқ ва ёриклардан, қотган лава оқимларидан ажралиб чиқувчи кўп миқдордаги иссиқ (100—300°) олтингугурт гази, сув буғи ва карбонат ангидриди аралашган водород сульфиди газлари. С сўнмаган вулканлар атрофида учрайди. Астасекин, аммо узоқ вакт муттасил равишда газлар ажратувчи вулканларга Неаполь яқинидаги Сольфатара вулкани мисол бўлади. Баъзи С. саноат миқёсида олтингугурт ажратади (яна қ. Фумароллар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.