Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Soqovlik

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 549-b. — ziyouz.com

    Soqovlik — tuğma yoki ilk bolalik davrida röy bergan karlik oqibatida kelib çiqadigan nuqson. Eşitiş qobiliyati saqlanib qolganda esa S.ka nutq markazi yoki markaziy nerv sistemasining zararlanişi sabab böladi. Agar markaziy nerv sistemasi yengil zararlangan yoki unga vaqtida tegişli davo qilingan bölsa, unda ayrim hollarda nutq faoliyatini tiklaş mumkin (yana q. Alaliya, Afaziya). SOQÇI (harbiy işda) — postni qöriklaş va mudofaa qiliş bilan jangovar topşiriqni bajaruvçi qurolli qöriqçi, posbon (q. Krrovullik xizmati).

    Q.: Alaliya, Afaziya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОҚОВЛИК — туғма ёки илк болалик даврида рўй берган карлик оқибатида келиб чиқадиган нуқсон. Эшитиш қобилияти сақланиб қолганда эса С.ка нутқ маркази ёки марказий нерв системасининг зарарланиши сабаб бўлади. Агар марказий нерв системаси енгил зарарланган ёки унга вақтида тегишли даво қилинган бўлса, унда айрим ҳолларда нутқ фаолиятини тиклаш мумкин (яна қ. Алалия, Афазия). СОҚЧИ (ҳарбий ишда) — постни қўриклаш ва мудофаа қилиш билан жанговар топшириқни бажарувчи қуролли қўриқчи, посбон (қ. Крровуллик хизмати).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.