Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tavhid

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 31–32-b. — ziyouz.com

    Tavhid (arab. — yakkaxudolik) — umumiy ma'noda — yakkaxudolik haqidagi ta'limot (q. Vahdoniyat). Şar'iy istiloxda esa, T. — islomda Allohga şirk keltirişning turli körinişlaridan voz keçiş va Allohning birligiga e'tiqod qiliş.

    T. islomda (sunniylikda ham, şialikda ham) rasman e'tirof etilgan aqidalarning birinçisi, mohiyatan, asosiy va markaziy aqida. Mazmunan şunday tasavvurni ifoda etgani uçun Qur'onning 112«Ixlos» surasi ham ba'zan T. surasi deb yuritiladi.

    Q.: Vahdoniyat

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТАВҲИД (араб. — яккахудолик) — умумий маънода — яккахудолик ҳақидаги таълимот (қ. Ваҳдоният). Шаръий истилохда эса, Т. — исломда Аллоҳга ширк келтиришнинг турли кўринишларидан воз кечиш ва Аллоҳнинг бирлигига эътиқод қилиш.

    Т. исломда (суннийликда ҳам, шиаликда ҳам) расман эътироф этилган ақидаларнинг биринчиси, моҳиятан, асосий ва марказий ақида. Мазмунан шундай тасаввурни ифода этгани учун Қуръоннинг 112«Ихлос» сураси ҳам баъзан Т. сураси деб юритилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.