Tösiq riflari
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 851-b. — ziyouz.com
Tösiq riflari — marjonlarning ohak qoldiklaridan tuzilgan va ustini ösayotgan marjonlar qoplagan suv osti qoyalari. T.r. Tinç, Hind va Atlantika okeanlarining iliq suvli qirğoq yaqinidagi sayozliklarida bir neça km dan önlab km ga çözilgan. Eni yuzlab m ga teng. T.r. bn qirğoq örtasi laguna (sayoz qöltiq)dan iborat. Suv qaytganda alohida orollar körinişida suv yuzasiga çiqib qoladi. Eng katta T.r. — Katta Avstraliya tösiq rifi (yana q. Riflar, Marjon riflari).
Q.: Marjon riflari, Riflar, Riflar
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ТЎСИҚ РИФЛАРИ — маржонларнинг оҳак қолдикларидан тузилган ва устини ўсаётган маржонлар қоплаган сув ости қоялари. Т.р. Тинч, Ҳинд ва Атлантика океанларининг илиқ сувли қирғоқ яқинидаги саёзликларида бир неча км дан ўнлаб км га чўзилган. Эни юзлаб м га тенг. Т.р. бн қирғоқ ўртаси лагуна (саёз қўлтиқ)дан иборат. Сув қайтганда алоҳида ороллар кўринишида сув юзасига чиқиб қолади. Энг катта Т.р. — Катта Австралия тўсиқ рифи (яна қ. Рифлар, Маржон рифлари).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.