Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tozalik sinflari

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 459-b. — ziyouz.com

    Tozalik sinflari - metallarga işlov berişda ularning sirti tozaligi (silliq va ğadirbudirlik darajasi)ni hisobga oliş uçun belgilanadigan meyorlar; işlov berilgan sirtlarning sifat körsatkiçi. Işlov berilgan sirtlarning relyefi (qiyofasi)ni hosil qiluvçi notekisliklar majmui sirt ğadirbudirligi deb ataladi. T.ye. metallar sirtidagi mikronotekisliklarning ğadirbudirlik örta çiziğidan oğişi va notekisliklar balandligi bilan ifodalanadi. Özbekistonda 14 T.ye. belgilangan. T. s. standartlaştiriladi (q. Standart, Standartlaştiriş).

    Q.: Standart

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТОЗАЛИК СИНФЛАРИ - металларга ишлов беришда уларнинг сирти тозалиги (силлиқ ва ғадирбудирлик даражаси)ни ҳисобга олиш учун белгиланадиган меъёрлар; ишлов берилган сиртларнинг сифат кўрсаткичи. Ишлов берилган сиртларнинг рельефи (қиёфаси)ни ҳосил қилувчи нотекисликлар мажмуи сирт ғадирбудирлиги деб аталади. Т.е. металлар сиртидаги микронотекисликларнинг ғадирбудирлик ўрта чизиғидан оғиши ва нотекисликлар баландлиги билан ифодаланади. Ўзбекистонда 14 Т.е. белгиланган. Т. с. стандартлаштирилади (қ. Стандарт, Стандартлаштириш).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.