Zardob
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 52-b. — ziyouz.com
Zardob ZARDOB, zardoblar — yuqumli kasalliklarning yoki mikroblar va hayvonlar zaharidan zaharlanişning oldini oliş va davolaş maqsadida organizmga yuboriladigan modda. Z.ni ilon, qoraqurt, çayon, şuningdek, boşqa zaharli hayvonlar zahariga qarşi qöllaş muhim ahamiyatga ega. Bunday hollarda 3. birdanbir şifobaxş vosita hisoblanadi. Viruslar va bakteriyalar keltirib çiqaradigan infeksion kasalliklar diagnostikasida 3. keng qöllaniladi (yana q. Immun zardoblar, Qon zardobi).
Q.: Immun zardoblar
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЗАРДОБ, зардоблар — юқумли касалликларнинг ёки микроблар ва ҳайвонлар заҳаридан заҳарланишнинг олдини олиш ва даволаш мақсадида организмга юбориладиган модда. З.ни илон, қорақурт, чаён, шунингдек, бошқа заҳарли ҳайвонлар заҳарига қарши қўллаш муҳим аҳамиятга эга. Бундай ҳолларда 3. бирданбир шифобахш восита ҳисобланади. Вируслар ва бактериялар келтириб чиқарадиган инфекцион касалликлар диагностикасида 3. кенг қўлланилади (яна қ. Иммун зардоблар, Қон зардоби).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.