Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Zirvak

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 111-b. — ziyouz.com

    Zirvak — palovning guruç solişdan oldin qovurib, suv solib qaynatib qöyilgan masalliği. 3. palov tayyorlaşdagi eng muxim jarayonlardan biri. Doglangan yoğda avval piyoz, söng göşt, sabzi qovuriladi. Qovuriş meyoriga yetgaç, yuzi b-n barobar suv quyib, olov pastlatiladi va hilhil pişgunça mildiratib qaynatiladi. Tuz va ziravorlar ham Z.ga solinadi (yana q. Palov).

    Q.: Palov

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЗИРВАК — паловнинг гуруч солишдан олдин қовуриб, сув солиб қайнатиб қўйилган масаллиғи. 3. палов тайёрлашдаги энг мухим жараёнлардан бири. Догланган ёғда аввал пиёз, сўнг гўшт, сабзи қовурилади. Қовуриш меъёрига етгач, юзи б-н баробар сув қуйиб, олов пастлатилади ва ҳилҳил пишгунча милдиратиб қайнатилади. Туз ва зираворлар ҳам З.га солинади (яна қ. Палов).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.