SEKRETSIYA (lot. secretio — ajratiş) — bez hujayralarida organizmning hayot faoliyati uçun zarur bölgan maxsus mahsulotlar — sekretlar hosil bölişi va çiqarilişi. Organizm hayot faoliyati davomida har bir hujayrada içki yoki taşqi muhitga ajratiladigan metabolizm mahsuloti hosil böladi. Agar sekret ajratiş maxsus hujayraning asosiy funksiyasi bölsa, bu funksiya S. deb ataladi. Taşki yoki ekzokrin S. (bez hosil qilgan mahsulot taşqariga çiqariladi), içki yoki endokrin S, yoxud inkretsiya (sintezlangan moddalar qon yoki limfaga ajratiladi) böladi. Har qanday bezning sekretor siklida ikki: sekret biosintezi va sekret ajratilişi fazalari bor. Ba'zi bezlarda ikkala faza bir vaqtda, ayrimlarida esa boşka paytda sodir bölişi mumkin. S. — hujayra içida sintez qilingan mahsulotning astasekin yetilib, ketma-ket bir organoiddan boşqasiga ötkazilib turadigan izçil jarayondir. Boşlanğiç mahsulotlar (aminokislotalar, monosaxaridlar, yoğ kislotalari, tuzlar) qon va töqima suyuqligidan bez hujayralariga yutiladi. Sekret biosintezi (ayniqsa, oqsil mahsulotlari) endoplazmatik törda boşlanadi. Bunda hujayra membranasida adsorblangan aminokislotalar (ribosoma) ribonuklein kislota (RNK)si belgilangan ketma-ketlik asosida birbiri b-n birikadi. Sintezlangan boşlanğiç mahsulot endoplazmatik tör tirqişlari va lakunalarda yiğiladi, söng Golji komteksta ötib, u yerda yetiladi. Bez hujayralaridagi juda köp mitoxondriyalar bu jarayon uçun energiya beradi.
Sekretor siklning ikkala fazasi regulyatsiyasi ham bir neça boşkaruvçi (nerv va gumoral) omillarning hamkorlikda yoki birinketin ta'siri b-n belgilanadi (q. Neyrogumoral regulyatsiya) S. neyrogormonlarni işlab çiqaradigan ba'zi neyron (neyrosekretor)lar va maxsus moddalar — mediatorlarni hosil qiladigan oddiy nerv hujayralari uçun ham xos.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 277-b. — ziyouz.com