SELLYULYAR PATOLOGIYA (lot. Cellula — xonaça; bu yerda hujayra ma'nosida), hujayra patologiyasi tibbiyot nazariyasi. 1855—58 y.larda R.Virxov yaratgan. Uning asosi hujayra nazariyasitr. Uning asosiy kridalari quyidagiça: 1) hujayra butun tirik mavjudotning birlamçi morfologik elementi bölib, usiz na normal, na patologik hayotiy faoliyat yöq; 2) har qanday hujayra hujayradan hosil böladi; 3) har qanday tirik mavjudot hayot uçun muhim elementlarni özida mujassamlaştirgan hujayra tarkibiy qismlari majmuidan iborat; 4) organizmda alohida elementlar faoliyatini boşqarib turadigan anatomik-fiziologik markaz yöq, faqat hujayraning muntazam tiklanib turişi organizmning bir butunligini ta'minlaydi; 5) har bir hujayra ozmi-köpmi öziga mustaqil bölib, özgarişlar bir hujayra doirasidagina röy berişi mumkin; 6) butun patologiya hujayra patologiyasidir; kasallik — organizmning muayyan joyiga tegişli jarayon; agar vraç kasallangan joyni aniq bilolmasa, u kasallik haqida töğri xulosaga kelolmaydi.
S.p.ga asos bölgan juda köp daliliy manbalar tibbiyotning rivojlanişida, ya'ni kasallangan organizmda röy bergan morfologik özgarişlarni örganiş, ular patogenezini aniqlaş, diagnostikani takomillaştirişda muhim rol öynaydi. S.p. gumoral patologiya, şuningdek, barça kasalliklarning kelib çiqişiga organizmdagi ziç zarraçalar va nerv sistemasining buzilişigina sabab böladi, deb bilgan bir tomonlamalik va xatoliklarni bartaraf etdi. Biroq Virxov, ayniqsa, uning izdoşlari bu qaraşlarga qarşi çiqiş b-n birga hamma patologik jarayonlarni faqat hujayrada böladigan özgarişlarning oqibati deb bilişdi; şuningdek, kasallikning avj olişida nerv va gormonal omillarning ahamiyatini hisobga olmay bir tomonlikka yöl qöydilar. Ular tomonidan organizmning bir butunligi b-n içki va taşqi muhitning özgarib turuvçi şaroiti örtasidagi boğliklikning inkor etilişi öşa davr rus olimlari I.M. Seçenov va b.larning haqqoniy tanqidiga uçradi. Fanning keyingi yutuqlari, ayniqsa, neyro gumoral omillar, subhujayra va molekulyar strukturalarning örganilişi S.p.ning xatoliklariga barham beriş va sellyulyarizm, gumoralizm, nervizmning barça foydali tomonlarini birlaştiriş, yaxlitlaşga imkon berdi (yana q. Patologiya).
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 6–7-b. — ziyouz.com