SUVAYŞ KANALI - Misrning şim.şarqiy qismidagi kema qatnaydigan şlyuzsiz dengiz kanali. Örta dengizni Qizil dengiz bilan birlaştirib turadi. Atlantika va Hind okeanlari örtasidagi eng qisqa suv yöli (Afrikani aylanib ötişni 8—15 ming km ga qisqartiradi). S.k. xududi Osiyo bilan Afrika oraliğidagi şartli geografik çegara deb qabul qilingan. Kanal kema qatnovi uçun 1869 y. 17 noyab. da rasmiy oçilgan. Uz. 161 km (kanalning çikişdagi davomi bilan esa 173 km). Kengligi 120—150 m, özanining tubida 45—60 m. Çukurligi farvaterida 12,5— 13 m. Kemalar kanalni örtaça 11—12 soatda suzib, ötadi. Kanalga kiraverişdagi eng yirik portlar: Örta dengizda Port Sayd va Qizil dengizda Suvayş. S.k. trassasi Suvayş buyninnng eng tor va past qismidan, qator köl (Timsoh köli, Katta va Kiçik Şör köllar) hamda Manzala lagunasi orqali ötgan. Kanal zonasini içişga yaroqdi suv bilan ta'minlaş uçun Nil daryosidan uz. 180 km çuçuk suvli Ismoiliya va Port Sayd yönalişida Abbosiya kanallari qazilgan (Qadimgi Misrda mil. av. 2 ming yillikda Nil daryosini Qizil dengiz bilan boğlagan kanal — Fir'avnlar kanali qazilgan). S.k. neftga boy Yaqin va Örta Şarq mamlakatlarini hamda Osiyo, Avstraliya va Şarqiy Afrikani Ğarbiy Yevropa bilan boğlovçi xalqaro dengiz yölida joylaşgan. Kanalda taşilayotgan jami yuklarning 70% dan köproği neft va neft mahsulotlariga töğri keladi. Kanal qurilişi 1859 y. 25 apr.da fransuz (Linan va Mujel) va italyan (Negrelli) muhandislari loyihasi böyiça boşlangan. Kanal qazişda har oyda Misr dehqon (falloh) laridan 60 ming kişi majburan jalb qilingan. 1882 y.da Angliya Misrni bosib olgaç, S.k. Buyuk Britaniyaning yaqin Şarqdagi eng katta harbiystrategik bazasi bölib qoldi. S.k.ni 1956 y.ga qadar, asosan, Angliya va Fransiyaga qaraşli kompaniyalar boşqarib kelgan. 1956 y. 26 iyulda Misr hukumati kanalni natsionalizatsiya kildi. Kanal orqali ötadigan kemalardan olinadigan boj haqi MAP iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 662-b. — ziyouz.com