TRASOLOGIYA (frans. trace — iz va ...logiya) — kriminalistika bölimi, izlarni örganiş va ularni aniklaş, qayd qiliş, oliş va tekşiriş usullari, yöllari, ilmiy-texnikaviy vositalarini işlab çiqiş bilan şugullanadi. Inson, jinoyat qurollari, asbobuskunalari, i. ç. mexanizmlari, transport vositalari kabilarning izlari farklanadi. Obyektni trasologak identifikatsiyalaş uning umumiy va xususiy belgilarini izda hosil bölgan belgilari bilan qiyoslaş orqali amalga oşiriladi. Agar bevosita qiyoslaşning imkoni bölmasa, eksperimental izlar yasaladi. T.da modellaştiriş, ya'ni obyektni va izni ularning modellari (tabiiy, optik va h.k.) böyiça taqqoslaşdan foydalaniladi. Trasologik ekspertiza odamni — qöl, oyoq, tiş izlari böyiça, poyabzalni — uning izlari böyiça; jinoyat vositalari va qur°llaRni — buziş, kesiş, çopiş va b. izlari böyiça; i. ç. mexanizmlarini — ommaviy ravişda işlab çiqarilgan tayyor mahsulotlardagi izlar böyiça; transport vositasini yuriş qismi, çiqib turgan detallaridan qolgan izlar böyiça identifikatsiyalaşga imkon beradi. Trasologik identifikatsiya tadqiqotining turlaridan biri butunni uning qismlari böyiça aniqlahdir. Mac, yöltransport hodisasi sodir bölgan joyda topilgan fara qismi tekşirilayotgan transport vositasi farasidan topilgan parçalar bilan kiyoslanadi. Identifikatsiya tadqiqotlaridan farkli ravişda trasologik diagnostika tadqiqotlari izlar xrsil bölişi mexanizmi (şaroitlari)ni aniklaş uçun ötkaziladi. Bu tadqiqotlar tekşirilayotgan obyektning holatini (mas., voqea joyidan topilgan qulfning işlaşişlamasligini); harakat va kuzatilayotgan natija töğrisidagi sababiy boğliqlikni (mas., transport vositasida izlar paydo bölişi sabablari; töqnaşuv, ağdariliş, yölovçini urib ketiş va h.k. ni); jinoyatini kanday qilib sodir etiş mumkin bölgan (mas., omborxona qanday qilib buzilgan, izlarga qaraganda jinoyatçi kanday ketma-ketlikda harakat qilgan)ligini anikdaşga imkon beradi.
Ğafur Abdumajidov.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 636-b. — ziyouz.com